NDU_NSU_NGU
387 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
Forwarded from Yoşlar.edu.uz
🏆 NavDPI “Rektor kubogi” g‘oliblari taqdirlandi!

🇺🇿Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus doirasida Navoiy davlat pedagogika institutida turli xil tadbirlar, tanlovlar, teatr jamoalari chiqishlari, sport musobaqalari kabi tadbirlar doimiy tashkil qilib kelinmoqda. Jumladan, sportning Mini-futbol turi bo‘yicha “Rektor kubogi” bellashuvi shular jumlasidandir.

⚽️ Joriy mavsumda ham professor-oʻqituvchi va ishchi-xodimlar, talaba yigitlar hamda talaba qizlar o‘rtasida turnir tashkil qilindi va g‘oliblar pul mukofotlari va maxsus kubok bilan taqdirlandi.

🥇Professor-o‘qituvchi va ishchi-xodimlar o‘rtasidagi musobaqalarda 3-o‘rin egalari 5 million so‘m, 2-o‘rin 7 million so‘m va turnir g‘olibi Matematika-informatika fakulteti jamoasi 10 million so‘m bilan taqdirlandi. Talaba-yigitlar hamda talaba-qizlar o‘rtasidagi turnirlarning ikkalasida ham Jismoniy madaniyat fakulteti tengsiz deb topildi va jamoalarning har biri 5 milliondan pul mukofotiga ega bo‘ldi. Ikkinchi va uchinchi o‘rin egalari ham mos ravishda 4 va 3 million so‘m miqdorida mukotor bilan taqdirlandi.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Ⓜ️unozara“ bellashuvining hududiy, viloyat bosqichida NavDPI talabalari g'alaba qozondi

Viloyat bosqichi Tarix fakultetining “Edison“ hamda NDKTUning "Konchilar" jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.

Fikr va mulohazalarga boy bo‘lgan bellashuvda Navoiy davlat pedagogika institutining "Edison" jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi va Respublika bosqichiga yo‘llanmaga ega bo‘ldi.

Munozarada O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyat Kengashi bo‘lim boshliqlari Sh.Qahhorov, Sh.Rashidov, koordinator R.Rasulovlar hakamlik qilishdi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
⛹️‍♀️Etnosport turlari bo‘yicha musobaqa tashkil etildi

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-maydagi PQ-259-sonli qarori ijrosini ta'minlash, talaba-yoshlarning jismoniy hamda aqliy yetukligini yanada shakllantirish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, "Uzbekistan Ethno Games" Respublika festivali doirasida Maktabgacha va boshlang'ich ta'lim fakulteti talaba-qizlari o‘rtasida “Etnosport” bo‘yicha bellashuv o‘tkazildi.

Unda Oq terakmi – ko‘k terak, Arqon tortish, Kim oladiyo shuginani kabi milliy o‘yinlarimiz talabalarga yanada ko‘tarinki ruh va bir olam taassurot bag'ishladi.

📋Tadbir so'nggida ishtirokchilar diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi

————————-
👉
https://t.me/NavDPI_Rasmiy