NDU_NSU_NGU
387 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
Tashabbusimiz, iqtidorimiz, kuch-qudratimiz — Vatan uchun!

🇺🇿 Navoiy viloyatidagi Oliy ta'lim muassasalari talabalari ishtirokida "Talabalar shou" konsert dasturi bo'lib o'tdi.

📋Tadbir davomida "Munozara" intellektual o‘yini viloyat bosqichida 1-o‘rinni egallab, Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan Navoiy davlat pedagogika institutining "Edison" jamoasi va murabbiy Nodirbek Umarovlar 1-darajali DIPLOM, esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

💳Shuningdek, muddatli harbiy xizmatni o‘tab harbiy qism qo‘mondonining tavsiyanomasi bilan to‘lov-shartnoma asosida o‘qishga qabul qilingan institutimiz talabalariga shartnoma so‘mmasining 35 % qismini O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan to‘lab berilganligi to‘g'risida 47 mln 893 ming so‘mlik SERTIFIKAT topshirildi.

💥 Tadbir yuqori atmosfera ostida tashkil etildi. Unda San'atshunoslik fakulteti talabalari barcha qatnashchilarga bayramona kayfiyat ulashdi.

Telegram | Web🌎 | Facebook | Instagram | You tube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥“Tashabbusimiz, iqtidorimiz, kuch qudratimiz - Vatan uchun!” shiori ostida oʻtkazilgan “Talabalar shou“ konsert dasturidan videolavha

Tadbirda San'atshunoslik fakulteti talabalari ijro etgan kuy va qo‘shiqlari, harbiy orkestr jamoasining chiqishlari yig‘ilgan yoshlarga o‘zgacha zavq bag‘ishladi.

Telegram | Web🌎 | Facebook | Instagram | You tube
#Sport

NavDPI parasportchi talabalari — Oʻzbekiston chempionlari!

🏃‍♂️Shu yilning 19-22-may kunlari Toshkent viloyatida bo‘lib o‘tgan para yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida respublikamizning 500 nafar parasporchilari ishtirok etdi.

🏅Quvonarli tomoni, Jismoniy madaniyat fakulteti talabalari — Jamoliddin Akobirov 1 ta oltin, 2 ta kumush, Bektemir Xasanov, Suxrob Karimov, Shahboz Rajabov va Mashrab Roʻziyevlar har biri 1 tadan oltin medal olishdi. Jami hisobda sportchi talabalarimiz 5 ta oltin, 2 ta kumush medallarini qo‘lga kiritishdi va “O‘zbekiston chempionlari“ degan nomga sazovor bo‘ldilar.

🎗Shuningdek, Shahboz Rajabov “Xalqaro toifadagi sport ustasi“ boʻldi.

Sportchilarning ota-onalariga Navoiy davlat pedagogika instituti rektori B.Sobirovning Tashakkurnomalari yuborildi.

📲NavDPI rasmiy sahifalariga obuna bo‘ling va yangiliklardan xabardor bo‘ling👇

Telegram | Web🌎 | Facebook | Instagram | You tube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_nigohi

⚡️Navoiy davlat pedagogika institutida “Rektor kubogi” uchun oʻtkazilgan futbol musobaqasi gʻoliblari aniqlandi

🎞Tafsilotlar “Diyor 24“ axborot dasturida

📲NavDPI rasmiy sahifalariga obuna bo‘ling va yangiliklardan xabardor bo‘ling👇

Telegram | Web🌎 | Facebook | Instagram | You tube
Bolalarning begonasi bo‘lmaydi

⚡️Navoiy davlat pedagogika instituti Sanʼatshunoslik fakultetida “Bolalarning begonasi bo‘lmaydi" nomli psixologik seminar-trening o‘tkazildi.

Seminarda fakultet hamda pedagogika va psixologiya kafedrasi o‘qituvchilari tomonidan “Sogʻlom avlod – sogʻlom kelajak”, “Taʼlim hamma uchun“, “Bolalarning begonasi bo‘lmaydi“ mavzularida maʼruzalar qilindi.

Shuningdek, Defektologiya (logopediya) taʼlim yo‘nalishi talabalari ishtirokida konsert dasturi taqdim etildi.

📲NavDPI rasmiy sahifalariga obuna bo‘ling va yangiliklardan xabardor bo‘ling👇

Telegram | Web | Facebook | Instagram | You tube
Forwarded from Nodirbek UMAROV (NavDPI)
Navoiy davlat pedagogika instituti "Voleybol" jamoasi xotira turnirida zafar quchishdi.

Joriy yilning 28-may kuni Buxoro viloyatida Turob Aslonov xotirasiga bag'ishlab Respublika turniri bo'lib o'tdi. Unda jami 16 ta jamoa ishtirok etdi. Yakunda jismoniy madaniyat fakulteti o'qituvchisi Cho'liyev Avaz Qo'ldoshevich murabbiyligidagi Navoiy davlat pedagogika instituti jamoasi finalda Buxoro davlat universiteti jamoasini mag'lub etib, faxrli 1-o'rinni qo'lga kiritdi va musobaqa oltin medallariga ega bo'lishdi.

Sportchilarimizni ushbu muvaffaqiyat bilan samimiy tabriklaymiz!

@NavDPI_YI
DIQQAT
KASTING!!!

🎙"ZO‘R TV" telekanali "BU KUN" informatsion dasturiga Navoiy viloyati muxbiri sifatida faoliyat yuritish istagida bo‘lgan qizlar diqqatiga!!!

Havaskor jurnalistlarga qo‘yiladigan talablar mavjud.

📞Buning uchun: 90 233-23-63 telegram raqamiga, har bir ishtirokchidan o‘zi haqida ma'lumot qoldirishi so‘raladi.

Shoshiling, imkoniyatni boy bermang!!!

————————-
👉
https://t.me/NavDPI_Rasmiy