NDU_NSU_NGU
387 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
Adabiyotga oshno ko‘ngillar

🔰Mamlakatimizda “Yoshlar oyligi“ doirasida bo‘lib o‘tayotgan barcha ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar inson shaxsi kamolotiga ijobiy ta’siri bilan alohida ajralib turadi.

🙋‍♂️Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish va ularni yot g’oyalar ta’siridan himoya etish maqsadida #NavDPI O‘zbek tili va adabiyoti fakultetining 202-guruh talaba-yoshlari tomonidan “Adabiyotga oshno ko‘ngillar“ nomli adabiy-kompozitsion tadbir tashkil etildi.

Bunda vatanparvarlik, nutq odobi, milliy urf-odatlarga sodiqlik kabi ezgu fazilatlar adabiy-musiqiy chiqishlar orqali mahorat bilan ifoda etildi.

Tadbir tashkilotchisi — dots. B. Ashurov.

📲NavDPI rasmiy sahifalariga obuna bo‘ling va yangiliklardan xabardor bo‘ling👇

Telegram | Web | Facebook | Instagram | You tube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#САЙЛОВ_2023

📺Навоий давлат педагогика институтида Ўзбекистон Республикаси Марказий сайлов комиссиясининг 2023 йил 19 майдаги “Муддатидан илгари Ўзбекистон Республикаси Президенти сайловини ўтказувчи сайлов комиссиялари аъзоларининг малакасини оширишни ташкил этиш тўғрисида”ги 1261-сонли қарори билан тасдиқланган “Муддатидан илгари Ўзбекистон Республикаси Президенти сайловини ўтказувчи комиссиялар аъзоларининг малакасини оширишни ташкил этиш Концепцияси”да белгиланган талаблар асосида ҳудудий тренерлар учун ўқув-амалий машғулотлари ўтказилди.
📌📌 Навоий телевидениесида эфирга узатилган ушбу лавҳа шу ҳақида.

————————-
👉
https://t.me/NavDPI_Rasmiy
BOLAJONLAR QUVONCHI CHEKSIZ

⚡️
“1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni“ munosabati bilan #NavDPI Matematika-informatika fakulteti dekan o‘rinbosari, tyutorlari va 1-bosqich talaba-yoshlari hamda 7532-harbiy qism hamkorligida 16-ko’p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotiga borib, bolajonlaga musiqiy bayram dasturi tashkil etildi.

📘Ularga kitoblar, o’yinchoqlar va bayram sovg’alari ulashildi.

————————-
👉
https://t.me/NavDPI_Rasmiy
🗓“1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti dekan o‘rinbosari Q.Umarov, kafedra o‘qituvchisi Sh. O‘tamurodova, tyutorlar hamda fakultet talabalari tomonidan Navoiy viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida davolanayotgan jajji bolajonlar uchun uyushtirilgan bayram dasturi barchaga birdek manzur bo‘ldi.

✔️Talabalar tomonidan “Oltin tarvuz“, “Nonni bosgan qiz“ ertaklar, turli xil chiqishlar, tomoshalar, konsert dasturlari kichkintoylarga bir olam zavq-u shavq bag’ishladi. Shuningdek, bolalarga sovg’alar ulashildi. Tibbiyot markazi mas’ullari tadbir tashkilotchilariga minnatdorchilik izhor etib, ushbu kun barcha uchun birdek esda qolarli bo‘lganligini bildirishdi!

————————-
👉
https://t.me/NavDPI_Rasmiy
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🤾‍♂️ YURISH, YUGURISH VA SAKRASH HARAKATLARI JAM BOʻLGAN OʻYIN

🏛 NavDPI talabalar turar joylarida joriy yilning 20-may–20-iyun kunlari oʻtkaziladigan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar va loyihalar reja grafigiga asosan, 3-sonli TTJda yashovchi Fizika-texnologiya va Matematika-informatika fakultetlari talaba-yigitlari o‘rtasida VOLEYBOL musobaqasi oʻtkazildi.

Tadbirda faol ishtirok etgan yoshlarga institut rektori hamda fakultet dekanlarining sovgʻalari topshirildi.

————————-
👉
https://t.me/NavDPI_Rasmiy
Forwarded from Edu.uz
#abituriyentga_qulaylik

⚡️
@eduuzuniversalbot yangilandi

Unda abituriyentlar 2023/2024-oʻquv yili bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga test topshiriladigan fanlar majmuasi hamda test savollari tushadigan darsliklar roʻyxatini oson topishi mumkin.

Shuningdek:

🏛 OTM haqida maʼlumotlar (joylashgan manzili, sayt va ijtimoiy tarmoqlari, undagi mavjud yo‘nalishlar v.h);
✔️Xorijiy hamda nodavlat OTMdan oʻqishni koʻchirish boʻyicha 2022-yil uchun oʻtish ballari.

☝️@eduuzuniversalbot biz sanamagan yana koʻplab qulayliklarga ega.

Bizni kuzating👇🏻
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#talabaga_yengillik

⚡️Toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 10-iyunga qadar uzaytirildi

Davlat komissiyasi tegishli bayoni bilan ko‘pchilik abituriyentlar va ularning ota-onalari hamda oliy taʼlim muassasalari rektorlarining murojaatlarini inobatga olgan holda ayrim toifadagi talabalar oʻqishi uchun toʻlov haqini oʻtkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning soʻnggi muddati 2023-yilning 10-iyun (shu kuni ham) etib belgilandi.

Bu muddat bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarida tahsil olayotgan quyidagilarga taalluqli:

➖to‘lov-kontrakt jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar (1-kurslar);
➖o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan);
➖va qayta tiklangan talabalar uchun.

Shuningdek, kollej va texnikumlarga o‘quvchilikka tavsiya etilgan abituriyentlar (1-bosqich o’quvchilari) uchun ham muddat 10-iyunga qadar uzaytirildi (2023-yil 15-martdan keyin kontraktini toʻlaganlarning toʻlovi ham inobatga olinadi).

❗️Ma’lumot o‘rnida yuqori bosqich (2- va undan yuqori kurs) talabalari uchun kontrakt to’lash muddatini uzaytirish OTM rektor (direktor)larining vakolatiga berilgan.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
⚡️Navoiy davlat pedagogika instituti Times Higher Education (THE) reytingidan joy oldi!

Buyuk Britaniyaning Times Higher Education (Impact Rankings) THE reyting agentligi – dunyo universitetlarining BMT – “Barqaror rivojlanish maqsadlari”ga (SDGs) muvofiqligini baholovchi global reytingda 17 ta yoʻnalish boʻyicha Navoiy davlat pedagogika instituti yuqori koʻrsatkichlar bilan 1001+ natijani qayd etdi.

Quvonarlisi, oliygoh sifatli taʼlim boʻyicha 58.6 ball bilan 401-600 oʻrinda eʼtirof etildi. Shuningdek, “University Impact Ranking-2023” natijalarida institut: ▫️Gender tengligi boʻyicha 43.6 ball bilan 601-800 oʻrinda; ▫️Sanoat innovatsiyasi va infratuzilmasi 50.8 ball bilan 401-600 o‘rinda; ▫️Quruqlikdagi ekotizimlarni asrashda 401+ va qolgan barcha yoʻnalishlar boʻyicha 401+, 601+ oʻrinlarni egallab turgani tahsinga loyiqdir.

Shu oʻrinda, ushbu reytingdan joy olishda yordam bergan fakultetlarga, boʻlimlarga, ayniqsa, Xalqaro reyting bo‘limi xodimlariga institut jamoasi nomidan minnatdorlik bildiramiz.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy