NDU_NSU_NGU
387 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🤾‍♂️ YURISH, YUGURISH VA SAKRASH HARAKATLARI JAM BOʻLGAN OʻYIN

🏛 NavDPI talabalar turar joylarida joriy yilning 20-may–20-iyun kunlari oʻtkaziladigan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar va loyihalar reja grafigiga asosan, 3-sonli TTJda yashovchi Fizika-texnologiya va Matematika-informatika fakultetlari talaba-yigitlari o‘rtasida VOLEYBOL musobaqasi oʻtkazildi.

Tadbirda faol ishtirok etgan yoshlarga institut rektori hamda fakultet dekanlarining sovgʻalari topshirildi.

————————-
👉
https://t.me/NavDPI_Rasmiy
Forwarded from Edu.uz
#abituriyentga_qulaylik

⚡️
@eduuzuniversalbot yangilandi

Unda abituriyentlar 2023/2024-oʻquv yili bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga test topshiriladigan fanlar majmuasi hamda test savollari tushadigan darsliklar roʻyxatini oson topishi mumkin.

Shuningdek:

🏛 OTM haqida maʼlumotlar (joylashgan manzili, sayt va ijtimoiy tarmoqlari, undagi mavjud yo‘nalishlar v.h);
✔️Xorijiy hamda nodavlat OTMdan oʻqishni koʻchirish boʻyicha 2022-yil uchun oʻtish ballari.

☝️@eduuzuniversalbot biz sanamagan yana koʻplab qulayliklarga ega.

Bizni kuzating👇🏻
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#talabaga_yengillik

⚡️Toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 10-iyunga qadar uzaytirildi

Davlat komissiyasi tegishli bayoni bilan ko‘pchilik abituriyentlar va ularning ota-onalari hamda oliy taʼlim muassasalari rektorlarining murojaatlarini inobatga olgan holda ayrim toifadagi talabalar oʻqishi uchun toʻlov haqini oʻtkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning soʻnggi muddati 2023-yilning 10-iyun (shu kuni ham) etib belgilandi.

Bu muddat bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarida tahsil olayotgan quyidagilarga taalluqli:

➖to‘lov-kontrakt jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar (1-kurslar);
➖o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan);
➖va qayta tiklangan talabalar uchun.

Shuningdek, kollej va texnikumlarga o‘quvchilikka tavsiya etilgan abituriyentlar (1-bosqich o’quvchilari) uchun ham muddat 10-iyunga qadar uzaytirildi (2023-yil 15-martdan keyin kontraktini toʻlaganlarning toʻlovi ham inobatga olinadi).

❗️Ma’lumot o‘rnida yuqori bosqich (2- va undan yuqori kurs) talabalari uchun kontrakt to’lash muddatini uzaytirish OTM rektor (direktor)larining vakolatiga berilgan.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
⚡️Navoiy davlat pedagogika instituti Times Higher Education (THE) reytingidan joy oldi!

Buyuk Britaniyaning Times Higher Education (Impact Rankings) THE reyting agentligi – dunyo universitetlarining BMT – “Barqaror rivojlanish maqsadlari”ga (SDGs) muvofiqligini baholovchi global reytingda 17 ta yoʻnalish boʻyicha Navoiy davlat pedagogika instituti yuqori koʻrsatkichlar bilan 1001+ natijani qayd etdi.

Quvonarlisi, oliygoh sifatli taʼlim boʻyicha 58.6 ball bilan 401-600 oʻrinda eʼtirof etildi. Shuningdek, “University Impact Ranking-2023” natijalarida institut: ▫️Gender tengligi boʻyicha 43.6 ball bilan 601-800 oʻrinda; ▫️Sanoat innovatsiyasi va infratuzilmasi 50.8 ball bilan 401-600 o‘rinda; ▫️Quruqlikdagi ekotizimlarni asrashda 401+ va qolgan barcha yoʻnalishlar boʻyicha 401+, 601+ oʻrinlarni egallab turgani tahsinga loyiqdir.

Shu oʻrinda, ushbu reytingdan joy olishda yordam bergan fakultetlarga, boʻlimlarga, ayniqsa, Xalqaro reyting bo‘limi xodimlariga institut jamoasi nomidan minnatdorlik bildiramiz.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
Channel name was changed to «@NavDPI_edu_uz matbuot portfolio»
#NavDPIning talabalar turar joylarida joriy yilning 20-may–20-iyun kunlari oʻtkaziladigan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar va loyihalar rejasiga muvofiq 3-sonli TTJda yashovchi Fizika-texnologiya, Matematika-informatika, Rus va qozoq filologiyasi fakultetlari talabalari ishtirokida uchrashuv oʻtkazildi.

Unda Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti soxibasi G.Sayfullayeva hamda Navoiy shahridagi “Zarafshon” MFY faoli Q.Oʻrinovlar ishtirok etib, talabalar uchun mahorat darslari oʻtib berishdi va oʻzlarining hayot yoʻllari, hozirgi darajaga yetishgacha boʻlgan mashaqqatli mehnatlari toʻgʻrisida soʻzlab berishdi.

👉https://t.me/NavDPI_edu_uz
👍2
Forwarded from Akmal Najmiddinovich (Akmal Zokirov)
#NavDPI
#Yoshlar_ittifoqi

📌Navoiy davlat pedagogika instituti talabalari diqqatiga!
"Yangi Òzbekiston - Yoshlar orzulariga makon" shiori ostida oliy talim muassasalari  talaba yoshlari òrtasida NavDPI yoshlar ittifoqi tomonidan "Zukko kitobxon" tanlovi tashkil etiladi.

📖 Tanlovga har bitta fakultetdan 1ta jamoa (6ta ishtirokchi) qatnashadi .Fakultet jamoa sardorlari tomonidan ro‘yxatdan o‘tiladi.
🗓Ro‘yxatdan o‘tish 3-iyundan 5-iyungacha davom etadi. 23:00 gacha qabul davom etadi.

✍🏻Ro‘yxatdan o‘tish uchun:@Munisxon_Abduhalimova
@madina_urazimbetova
Telefon raqam:976689500

✅ Bizni kuzatishda davom eting 👇

@NDPI_YI
👍1
Forwarded from Edu.uz
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida navbatdagi kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Videokonferensaloqa shaklida o‘tkazilgan tadbirda vazirlik mutasaddilari, oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, mas’ullar ishtirok etdi.

Vazir I.Abdurahmonov kun tartibidagi masalalarga to‘xtalib, mutasaddilarga ko‘rsatmalar berdi.

Yig‘ilishda vazirning Farg‘ona vodiysiga xizmat safari davomida ta’lim muassasalarida olib borilayotgan qurilish ishlarining holati, kamchiliklar va muammolar, OTMlarga tegishli bino va inshootlarda quyosh panellarini o‘rnatish ishlarining borishi, hududlarda turizm salohiyatini oshirish bo‘yicha OTMlar tomonidan qilinayotgan ishlar hamda 2023/2024-o‘quv yili uchun qabul jarayonlariga tayyorgarlik holati muhokama qilindi.

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan vazir o‘rinbosarlari va agentlik rahbarining axborotlari tinglandi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍1