NDU_NSU_NGU
387 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
Forwarded from Edu.uz
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida navbatdagi kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Videokonferensaloqa shaklida o‘tkazilgan tadbirda vazirlik mutasaddilari, oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, mas’ullar ishtirok etdi.

Vazir I.Abdurahmonov kun tartibidagi masalalarga to‘xtalib, mutasaddilarga ko‘rsatmalar berdi.

Yig‘ilishda vazirning Farg‘ona vodiysiga xizmat safari davomida ta’lim muassasalarida olib borilayotgan qurilish ishlarining holati, kamchiliklar va muammolar, OTMlarga tegishli bino va inshootlarda quyosh panellarini o‘rnatish ishlarining borishi, hududlarda turizm salohiyatini oshirish bo‘yicha OTMlar tomonidan qilinayotgan ishlar hamda 2023/2024-o‘quv yili uchun qabul jarayonlariga tayyorgarlik holati muhokama qilindi.

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan vazir o‘rinbosarlari va agentlik rahbarining axborotlari tinglandi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍1
Respublika ishchi guruhi rahbari oʻrinbosari Adxam Bekmurodov Navoiyda

🔹Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2023-yil 19-maydagi “Muddatidan ilgari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazuvchi saylov komissiyalari aʼzolarining malakasini oshirishni tashkil etish toʻgʻrisida”gi 1261-sonli qaroriga muvofiq Navoiy viloyatida USK raisi, rais oʻrinbosari va kotiblari uchun oʻquv amaliy mashgʻulotlar boʻlib oʻtmoqda.

〽️Navoiy shahridagi 16-umumtaʼlim maktabi, Karmana tumanidagi 2-umumtaʼlim maktabi, Navbahor tumanidagi kasb-hunar maktabi, Konimex tumanidagi 4-son Bolalar musiqa va sanʼat maktabi va Qiziltepa tumanidagi 4-son ixtisoslashtirilgan maktab binolarida boʻlib oʻtayotgan oʻquv mashgʻulotlariga Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori A.Bekmurodov tashrif buyurdi. Saylov qonunchiligi toʻgʻrisida uchastka saylov komissiyasi raisi, rais oʻrinbosari hamda kotiblariga tegishli tasviyalar berildi.

Telegram | Web | Facebook | Instagram | You tube
👍1
Forwarded from Navoiy teleradiokanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
«Диёр 24» | Навоий давлат педагогика институти илмий кенгашининг йиғилиши бўлиб ўтди
@Navoiy_vtrk
👍1👏1
Forwarded from Navoiy teleradiokanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
«Диёр 24» | Навоий давлат Педагогика институтида илмий-амалий конференция ташкил этилди
@Navoiy_vtrk
👍1
Uralboy Mirsanov Pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini muvaffaqiyatli himoya qildi

#NavDPI jamoasi Matematika-informatika fakulteti “Informatika” kafedrasi mudiri Mirsanov Uralboy Muxammadiyevichni (13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika)) pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan “Uzluksiz ta’lim tizimida dasturlash texnologiyalarini o‘qitish metodikasini takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilganligi bilan samimiy muborakbod etadi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#INNOVATSION_LOYIHALAR

Navoiy viloyati hokimligi tomonidan moliyalashtirilgan ilmiy innovatsion loyihalar amalga oshirilmoqda.

Ilm-fan va ilmiy faoliyatni har tomonlama qo’llab quvvatlash hamda natijadorligini oshirish bo’yicha aniq chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Innovatsion loyihalarni hayotga taqdim etish natijasida yoshlarni ilmiy va innovatsion faoliyatga jalb etishning samarali mexanizmlari shakllanmoqda.

Muhimi bugun ilmiy-innovatsion loyihalarni jadal suratlarda amalga oshirilishi atrof-muhitni musaffoligini ta’minlashga ham hissa qo’shmoqda.

Kanalimizni kuzatib boring.
Forwarded from Edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#qabul2023
#so‘ragan_edingiz

❓SAVOL: Abituriyentlar orasida “bu yil sirtqi (“zaochniy”)ga qabul bo‘lmaydi” degan mish-mishlar tarqalmoqda. Shunga aniqlik kiritolasizmi?

✅ JAVOB: yo‘q, bu noto‘g‘ri talqin.
Prezident qaroriga muvofiq 2023/2024-o‘quv yili qabulidan boshlab pedagogik kadrlar tayyorlovchi OTMlarning faqat 14 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha sirtqi ta’lim shakliga qabul amalga oshirilmaydi (RO‘YXAT). Qolgan pedagogik ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshirish uchun kamida 5 yil ish staji talab etiladi.

Asos: 👉https://lex.uz/uz/docs/-6079561
Shu kabi savollarga javoblar: 👉
https://youtu.be/t90Nn86FfVk
Qabulga doir foydali bot 👉
@eduuzuniversalbot

Bizni kuzating
👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#Professional_ta’lim

Navoiy davlat pedagogika instituti tomonidan professional taʼlim muassasalariga oʻquv-amaliy hamda metodik yordam koʻrsatilmoqda

🔰Professional taʼlim muassasalarida taʼlimning jozibadorligini oshirish va oʻquvchilarga xorijiy tillarni chuqur oʻrgatishni tashkil etish hamda tayyorlanayotgan oʻrta boʻgʻin kadrlarning ichki va tashqi mehnat bozorida raqobatbardoshligini taʼminlash maqsadida respublikamizdagi kasb-hunar maktablari, kollej va texnikumlarda bosqichma bosqich xorijiy tillarga oʻqitish boʻyicha maxsus kurslar tashkil etilmoqda.

🏛Xususan, NavDPIning mahoratli pedagoglari tomonidan Navoiy shahar kasb-hunar maktabining 1- 2-bosqich oʻquvchilariga hamda Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi oʻquvchilariga ingliz va nemis tillari boʻyicha oʻquv kurslari olib borilmoqda.

🔗Batafsil: havolada

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
👏1