NDU_NSU_NGU
387 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
Bilim va tafakkurimiz - shu el uchun, shu yurt uchun!

Mamlakatimizda “Yoshlar oyligi“ doirasida “Bilim va tafakkurimiz - shu el uchun, shu yurt uchun!“ shiorida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, tanlovlar o‘tkazilib kelinmoqda. Xususan, Navoiy davlat pedagogika institutida ham “Kitoblar yarmarkasi“ va “Zukko kitobxon“  tanlovlari  bo‘lib o‘tdi. 

Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkilot kengashi hamda Axborot-resurs markazi hamkorligida o‘tkazilgan tanlovda:
🥇1-o‘rinni Ingliz tili va adabiyoti fakultetining “O‘zbek qizlari“;
🥈2-o‘rinni Tibbiyot fakultetining “Gippokrat“;
🥉3-o‘rinni O‘zbek tili va adabiyoti fakultetining “Sarafroz“ jamoalari qo‘lga kiritdi.

📚Ishtirokchilar diplom, tashakkurnoma va kitoblar to‘plami bilan taqdirlandilar.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
👍2
Forwarded from Edu.uz
#Jonli_efir
#qabul_2023

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov bilan suhbat!

📚2023/2024-o‘quv yili uchun OTM larga 1 mln 260 ming abiturient hujjat topshirishi kutilmoqda.

✅
Bu yilgi qabul jarayonlari borasidagi qiziqtirgan barcha savollaringizga javobni JONLI EFIR orqali olasiz!

📲 Mavzu yuzasidan savol/takliflaringizni bizning @xalqaropressklubbot rasmiy telegram botimizga yo’llashingiz mumkin!

🖥️ Jonli efirni, 9-iyun kuni soat 10:00 da “Renessans” telekanali orqali tomosha qiling!

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
👌2
Forwarded from Navoiy teleradiokanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
«Диёр 24» | «Ёшлар ойлиги» доирасида «Зукко китобхон» кўрик-танлови ташкил этилди
@Navoiy_vtrk
👍1
👩‍🏫 Рус тили фани ўқитувчиси керак!

Талаблар:

✅ 20-30 ёш атрофида бўлиши керак (видео дарслик съёмка қилинади);

✅ Рус тилини ўз она тилидек мукаммал билиши керак;

✅ Ўзининг рус тилини ўргатадиган методикаси (услубий қўлланмаси) ва маълумот базаси бўлиши керак;

✅ Компьютер ва телефонни яхши тушуниши лозим. (Дарслар онлайн ўтилади)

💰Ойлик маош: Келишилади (Лойиҳага қараб берилади)

📩 Мурожаат учун: @Shahzod_Sheraliyevich
👍1
⚡️“Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz” gʻoyasidagi profilaktik tadbirlar davom etmoqda

#NavDPI Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi boshlig’i A.Xoliqov Ingliz tili va adabiyoti, Rus va qozoq filologiyasi, Tarix, San’atshunoslik hamda Matematika-informatika fakultetlari professor-oʻqituvchilari, ishchi xodim va tyutorlari bilan oʻtkazgan profilaktik suhbatda yakuniy nazorat imtihonlarida va yaqinlashib kelayotgan qabul jarayonlarida shaffoflik, halollikka amal qilish; korrupsiya, ta’magirlik, fuqarolardan noqonuniy manfaat ko‘rishga harakat qilish kabi holatlarning oldini olishga chaqirdi.

➡️Shuningdek, korrupsiya va uning salbiy oqibatlari, bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar, profilaktik targʻibot-tashviqot ishlari toʻgʻrisida tushuntirishlar berildi.

📲NavDPI rasmiy sahifalariga obuna bo‘ling va yangiliklardan xabardor bo‘ling👇

Telegram | Web | Facebook | Instagram | You tube
👍1
Forwarded from Edu.uz
#E’LON

⚡️Oliy ta’lim muassasalarida “Kimyo”, “Biologiya”, “Fizika” hamda “Informatika va axborot texnologiyalari” fanlaridan o‘tkaziladigan respublika fan olimpiadasini o‘tkazish vaqti va joylari belgilandi.

Olimpiada bakalavriat bosqichining tegishli ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan bitiruvchi (4-bosqich) talabalar o‘rtasida 2023-yil 20-iyun kuni o‘tkaziladi. Imtihonlar soat 10:00 da boshlanadi.

Olimpiada o‘tkaziladigan joylar:

🔹Kimyo va Biologiya fanlari bo‘yicha – O‘zbekiston milliy universiteti;
🔸Fizika fani bo‘yicha – Samarqand davlat universiteti;
🔹Informatika va axborot texnologiyalari” fani bo‘yicha - Toshkent axborot texnologiyalar universiteti.

❗️Ishtirok etish uchun olimpiada.edu.uz platformasida ro‘yxatdan o‘tiladi. Ro‘yxatdan o‘tish Nizomga muvofiq olimpiada o‘tkazish kunidan ikki kun oldin, ya’ni 2023-yil 17-iyun kuni soat 00:00 da to‘xtatiladi.

☝️Eslatma: Olimpiada bo‘yicha ma’lumotlar bilan olimpiada.edu.uz platformasi orqali tanishib borishingiz mumkin.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
👍1
🚴‍♀️Navoiy davlat pedagogika instituti xotin-qizlari velosport musobaqasida g’olib bo‘lishdi

Bugun, 10-iyun kuni Navoiy viloyat hokimligi tashabbusi bilan “Ayol - jamiyat ko‘zgusi“ mavzusida “Sportni sev, sport bilan yasha“ shiori ostida xotin-qizlar o‘rtasida velosport musobaqasi tashkil etildi.

Unda 45 yoshdan kattalar o‘rtasida ishtirok etgan #NavDPI Jismoniy madaniyat fakulteti o‘qituvchilari Zaripova Farida Abdullayevna 1-o‘rinni, Aslanova Malohat Akramovna 2-o‘rinni egalladi. 30 yoshgacha qizlar o‘rtasida Jismoniy madaniyat fakulteti 3-bosqich talabalari Shahzoda Toyirova 1-o‘rinni, Shahlo Muhammadiyeva 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

G’oliblar diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

📲NavDPI rasmiy sahifalariga obuna bo‘ling va yangiliklardan xabardor bo‘ling👇

Telegram | Web | Facebook | Instagram | You tube
👌1