NDU_NSU_NGU
387 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
TALABALAR TURAR JOYIDA NAVBATDAGI MA‘NAVIY-MA‘RIFIY TADBIR

🏛Navoiy davlat pedagogika institutiga qarashli 2-sonli talabalar turar joyida Maktabgacha va boshlang'ich ta'lim fakulteti tashkilotchiligida 20022-harbiy qism tasarrufidagi Ma'naviyat va ma'rifat markazi Harbiy orkest jamoasi hamkorligida "Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!" shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida harbiy xizmatchilarning qo'l jangi sahnasi, Faxriy qorovulning saf chiqishlari va Harbiy orkestr jamoalari ishtirokida ijro etilgan Vatanni madh etuvchi kuy-qo'shiqlar ketma-ketligi yoshlarda vatanparvarlik shijoatini oshirib, barchaga ko'tarinki kayfiyat baxsh etdi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
👏2
"Jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurashish - davr talabi"

Joriy yilning 13-iyun kuni NavDPI Jismoniy madaniyat, Tarix, Tabiiy fanlar fakultetlari talabalari uchun "Jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurashish - davr talabi" mavzusida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom al-Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi bo‘lim boshlig‘i Shukrullo Umarov,  Sirojiddin Abduvoitov  hamda  Navoiy viloyati hokimligining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘limi xodimi Nurullayev Maqsud, NavDPI rektor maslahatchisi Bahodir Abdullayev, dekan o‘rinbosarlari hamda tyutorlar ishtirok etishdi. Talabalarga spikerlar tomonidan turli yot g‘oyalar ta'siriga tushib qolmaslik, jaholat ya'ni ilmsizlikka qarshi kurashish, turli mutaassib g‘oyalarga qo‘shilgan yoshlarning ayanchli qismati to‘g‘risida ma'lumotlar berildi.

Targ‘ibot tadbirida faol ishtirok etgan talabalarga kitoblar tuhfa qilindi.

👉
https://t.me/NavDPI_Rasmiy
Gulnoz Sayfulloyeva Fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini himoya qildi!

V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti huzuridagi fizika-matematika fanlari bo‘yicha ilmiy darajalar beruvchi DSc.02/30.12.2019.FM.86.01 raqamli Ilmiy kengashd fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olishga talabgor Sayfulloyeva Gulnoz Sayfulloyevnani “Kats empirik protsesslari umumlashmalari va ularning asimptotik xossalari” mavzusidagi dissertatsiyasini 100% ovoz bilan muvoffaqiyatli himoya qilganligi bilan institut jamoasi nomidan muborakbod etamiz!

📲NavDPI rasmiy sahifalariga obuna bo‘ling va yangiliklardan xabardor bo‘ling:

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
👍1
#LIVE

Ayni vaqtda Navoiy davlat pedagogika institutida Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Navoiy viloyati filiali tomonidan boshqarma va tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan inson resurslarini rivojlantirish bo‘limi rahbarlar va xodimlari uchun qisqa muddatli o‘quv kursi boshlandi.

2 kun davom etadigan o‘quv-seminar davomida ishtirokchilarga soha mutaxassislari tomonidan yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi hamda “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni, HRM.ARGOS.UZ tizimi bilan ishlash, jamoa shartnomasi va boshqa qator ish jarayonida zarur mavzularda ma’lumotlar berib o‘tiladi.

Navoiy viloyati hokimligi
axborot xizmati