NDU_NSU_NGU
387 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
#Test

NAVOIY VILOYATIDA TEST SINOVLARI YAKUNLANDI

🏛Navoiy davlat pedagogika institutida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 215-sonli buyrugʻiga binoan Respublika ishchi guruhi tomonidan 12-13 iyun kunlari #NavDPI va #NavDKTU professor-o‘qituvchilarining faoliyati samaradorligini baholash va milliy reytingini aniqlash bo‘yicha chet tillari hamda axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan, shuningdek, tanlangan yo‘nalishlar bo‘yicha bitiruvchi bosqich talabalarining mutaxassislik fanlaridan test topshirish jarayonlari bo‘lib o‘tdi.

🏛Test jarayonlari Axborot kommunikatsiya texnologiyalari bo‘limida o‘tkazilib, belgilangan tartibda institut professor-o‘qituvchilari hamda talabalari faol ishtirok etishdi. Jarayonlar onlayn translyatsiya qilindi.

Telegram | Web | Facebook | Instagram | You tube
“Zukko kitobxon“ tanlovida Kitobxon talabalarimiz munosib ishtirok etib, g’olib bo‘lishdi

Mamlakatimiz bo‘ylab 30-iyun— Yoshlar kuni munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!“ shiori ostida yoshlar festivali o‘tkazib kelinmoqda. Ayniqsa, Navoiy shahrida o‘tkazilgan festivalning “Zukko kitobxon“ tanlovi bayramga o‘zgacha fayz kiritdi.

Unda NavDPI O‘zbek tili va adabiyoti fakultetidan qatnashgan “Ko‘hinur“ jamoasi 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, institut sharafini munosib himoya qildilar.

⌚️Tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho sovg’alar berildi.

📲NavDPI rasmiy sahifalariga obuna bo‘ling va yangiliklardan xabardor bo‘ling:

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
#Magistrlik_dissirtatsiyasi

KUTILGAN ONLAR YETIB KELDI

⚡️Ayni kunlarda Navoiy davlat pedagogika institutida bitiruvchi magistrlarning magistrlik dissertatsiya himoyalari boʻlib oʻtmoqda.

📨Maʼlumot uchun: Ona tili va adabiyoti (Rus tili va adabiyoti), Jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlari nazariyasi va metodikasi, Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (matematika), Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (kimyo) mutaxassisliklarida dissertatsiya himoyalari yakunlandi.

Qolgan mutaxassisliklar boʻyicha jarayonlar hali davom etmoqda.

📲NavDPI rasmiy sahifalariga obuna bo‘ling va yangiliklardan xabardor bo‘ling👇

Telegram | Web | Facebook | Instagram | You tube

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
👍1