NDU_NSU_NGU
387 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
#Tugʻilgan_kun

Bugun — NavDPI Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti dekani Shamsidinova Gulchehra Do‘stmuradovna tavallud topgan kun.

Gulchehra Shamsidinova 1959-yil 17-iyunda Samarqand viloyati, Paxtachi tumanida tug‘ilgan. 1983-yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan. Biologiya fanlari nomzodi, dotsent ilmiy unvoniga ega.

O‘tgan yillar davomida G.Shamsidinova mamlakat ilm, fan-taʼlim rivoji uchun oʻzining beqiyos hissasini qoʻshgan malakali pedagog-ustozdir.

Mehnat faoliyatini Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi lavozimidan boshlagan. 1983-yildan 2022-yilga qadar NavDPI o‘quv bo‘limi kotibasi, kafedra o‘qituvchisi, kafedra mudiri, Tabiiy fanlar fakulteti dekani lavozimlarida samarali mehnat qilgan. 2022-yildan buyon Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti dekani lavozimida faoliyatini davom ettirib kelmoqda.

💐G.Do‘stmurodovnani institut rahbariyati va jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz! Ilmiy-ijodiy ishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz!

👉
https://t.me/NavDPI_Rasmiy
👍2👏2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥“Talant shou“ — yosh iqtidorlarni kashf qilgan tanlov

Tafsilotlar “Diyor 24“ lavhasida

📲NavDPI rasmiy sahifalariga obuna bo‘ling va yangiliklardan xabardor bo‘ling👇

Telegram | Web | Facebook | Instagram | You tube
🔥1
👩‍🏫 Объявляем ваканцию на учителя русского языка!

Требования:
✅ Возраст от 20-30 лет (будут съёмки для видеоуроков)
✅ Должен знать русский язык так же, как и свой родной язык
✅ Должен иметь собственную методику преподавания русского языка (методическое пособие) и базу данных
✅ Обязательное хорошее знание компьютера и телефона (занятия будут проходится онлайн)

💰Зарплата в месяц: Договорная (в зависимости от проекта)

📩 Для связи: @Shahzod_Sheraliyevich
➖➖➖
👩‍🏫 Рус тили ўқитувчисига вакансия эълон қиламиз!

Талаблар:
✅ 20-30 ёш атрофида бўлиши керак(видео дарслик съёмка қилинади)
✅ Рус тилини ўз она тилидек мукаммал билиши керак
✅ Ўзининг рус тилини ўргатадиган методикаси(услубий қўлланмаси) ва маълумот базаси бўлиши керак
✅ Компьютер ва телефонни яхши тушуниши шарт (Дарслар онлайн ўтилади)

💰Ойлик маош: Келишилади (Лойиҳага қараб берилади)

📩 Мурожаат учун: @Shahzod_Sheraliyevich
👍1
#Qabul_2023

📞Murojaatlar uchun “Call-center“ shay

🏛Navoiy davlat pedagogika institutida abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish, savollariga tezkor javob berish maqsadida Call-center xizmati hamda qabul jarayonlari bilan tanishish, maʼlumot olish uchun Maslahat markazi tayyor holatda.

☎️Quyidagi telefon raqamlar orqali Siz qabul jarayoni bilan bogʻliq oʻzingizni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javob olishingiz mumkin:
(79) 225-19-68;
(79) 225-19-23;
(79) 225-08-14;
(79) 225-19-27;
(79) 225-19-37
.

🌐Shuningdek, qoʻshimcha maʼlumotlar rasmiy platformalarimiz orqali ham berib boriladi:

Telegram | Web| Facebook | Instagram | You tube

📨Eslatma: Qabul jarayonlari 20-iyundan boshlanib, 20-iyulga qadar davom etadi.

👉
https://t.me/NavDPI_Rasmiy
👌1
#Jarayon

🎓Magistrlik dissertatsiya himoyalari davom etmoqda

⚡️Navoiy davlat pedagogika institutida bitiruvchi magistrlarning magistrlik dissertatsiyasi himoyalari davom etmoqda.

Xususan, Pedagogika nazariyasi va tarixi (faoliyat turlari bo‘yicha), Ta’lim muassasalarining boshqaruvi, Tasviriy san’at va amaliy bezak san’ati, Musiqa ta’limi va san’ati, Ijtimoiy-gumanitar fanlar o’qitish metodikasi (tarix), Aniq va tabiiy fanlarni o’qitish metodikasi (fizika va astronomiya), Matematika (yo’nalishlar bo’yicha), Ta’limda axborot texnologiyalari, Aniq va tabiiy fanlarni o’qitish metodikasi (biologiya), Geografiya (o’rganish obyekti bo’yicha) mutaxassisliklarida dissertatsiya himoyalari yakunlandi.

Jarayonlar shaffofligini ta’minlash maqsadida institut rahbariyati, ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, o‘quv-uslubiy hamda magistratura bo‘limlari tomonidan nazorat olib borilmoqda.

👉
https://t.me/NavDPI_Rasmiy
👍1
Forwarded from Edu.uz
#qabul2023
#yangi_yo‘nalishlar

Bu yil 16 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va 23 ta magistratura mutaxassisligi ochildi

Ma’lumki, Prezident farmoyishi bilan 2023/2024-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga davlat granti kvotalari tasdiqlandi.

Farmoyish bilan joriy yildan 16 ta bakalavriyat yo‘nalishi va 23 ta magistratura mutaxassisligiga yangidan qabul tashkil etilmoqda.

Oliy ta’lim muassasalari kesimida ro‘yxat ilovada 👆

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
❤1