NDU_NSU_NGU
387 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
#Jarayon

🎓Magistrlik dissertatsiya himoyalari davom etmoqda

⚡️Navoiy davlat pedagogika institutida bitiruvchi magistrlarning magistrlik dissertatsiyasi himoyalari davom etmoqda.

Xususan, Pedagogika nazariyasi va tarixi (faoliyat turlari bo‘yicha), Ta’lim muassasalarining boshqaruvi, Tasviriy san’at va amaliy bezak san’ati, Musiqa ta’limi va san’ati, Ijtimoiy-gumanitar fanlar o’qitish metodikasi (tarix), Aniq va tabiiy fanlarni o’qitish metodikasi (fizika va astronomiya), Matematika (yo’nalishlar bo’yicha), Ta’limda axborot texnologiyalari, Aniq va tabiiy fanlarni o’qitish metodikasi (biologiya), Geografiya (o’rganish obyekti bo’yicha) mutaxassisliklarida dissertatsiya himoyalari yakunlandi.

Jarayonlar shaffofligini ta’minlash maqsadida institut rahbariyati, ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, o‘quv-uslubiy hamda magistratura bo‘limlari tomonidan nazorat olib borilmoqda.

👉
https://t.me/NavDPI_Rasmiy
👍1
Forwarded from Edu.uz
#qabul2023
#yangi_yo‘nalishlar

Bu yil 16 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va 23 ta magistratura mutaxassisligi ochildi

Ma’lumki, Prezident farmoyishi bilan 2023/2024-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga davlat granti kvotalari tasdiqlandi.

Farmoyish bilan joriy yildan 16 ta bakalavriyat yo‘nalishi va 23 ta magistratura mutaxassisligiga yangidan qabul tashkil etilmoqda.

Oliy ta’lim muassasalari kesimida ro‘yxat ilovada 👆

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
❤1
Hurmatli magistrant va talabalar!

🏛Navoiy davlat pedagogika institutida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda nomdor davlat stipendiyalari, shuningdek, Hokim va rektor stipendiyalari uchun hujjatlar qabul qilish boshlandi.

Talabgorlar tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar:

➡️Sinov daftarchasidan ko'chirma (fakultet dekani tomonidan tasdiqlangan holatda);
➡️Dekanat tavsiyanomasi;
➡️Ilmiy (ijodiy) ish rahbarining tavsiyanomasi;
➡️Ilmiy ishlar ro‘yxati va ularning asl nusxalari;
➡️Viloyat, respublika va xalqaro darajadagi tanlovlar, ko‘razmalarda sovrinli o‘rin olganligi to‘g‘risida hujjatlar nusxalari;
➡️Pasport nusxasi;
➡️Ma’lumotnoma (obyektivka)
.

📁Barcha hujjatlar elektron shaklda jildga (papkaga) joylangan holda, pdf variantda taqdim etiladi.

📥Hujjatlarni qabul qilishning oxirgi kuni: 03.07.2023 y.

Ⓜ️urojaat uchun: @xasimova_a

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
👍1
Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Қурбон ҳайитини нишонлаш тўғрисида"ги қарори

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Maxsus reportaj | Muqobil energiyadan foydalanish ommalashmoqda

➖Shu oyning ohiriga qadar Navoiy davlat pedagogika instituti to‘liq muqobil energiya tizimiga o‘tadi. O‘quv bino va talabalar turar joylariga quyosh panellari o‘rnatildi.

👉
https://t.me/NavDPI_Rasmiy
👍1
Forwarded from "YUKSALIŞ" HARAKATI
😷 Changli havodan uy sharoitida himoyalanish bo‘yicha tavsiyalar

YUKSALISH HARAKATI
👍1
Forwarded from Edu.uz
#qabul2023

⚡️ Abituriyentlarni ro‘yxatga olish bugun, kunning ikkinchi yarmida boshlanadi

Ma’lumki, oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni ro‘yxatga olish har yili 20-iyundan 20-iyulga qadar amalga oshirilishi belgilangan.

Ayni vaqtda 2023/2024-o‘quv yili uchun maqsadli qabul parametrlari va qabul parametrlarining tillar kesimidagi taqsimotini my.uzbmb.uz saytiga joylashtirish ishlari yakunlanmoqda.

2023/2024-o‘quv yili uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz sayti orqali kunning ikkinchi yarmida boshlanadi.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
👍1
Forwarded from Edu.uz
#qabul2023
#videoqo‘llanma

Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma

📹 Youtube orqali ko‘rish (HD formatda)
➖➖➖
#прием2023

Видеопособие по онлайн-регистрации для поступления в высшие образовательные учреждения (на русском языке)

📹 Просмотр на YouTube (в формате HD)

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
👍1
Forwarded from Edu.uz
Ayni damda O‘zbekiston Milliy axborot agentligining @uza_uz telegram kanali orqali Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Axborot xizmati bosh mutaxassisi Zafar Amirqulov ishtirokida “Oliy taʼlim muassasalariga bu yilgi o‘qishga qabul qilish tartibi” mavzusida ovozli chat bo‘lib o‘tadi.

Mavzu yuzasidan savollaringizni quyidagi manzilga yuborishingiz mumkin! 👉 https://t.me/uzauzmuloqot

➖➖➖

Начался голосовой чат на тему «Порядок приема в высшие образовательные учреждения в новом учебном году» с участием главного специалиста пресс-службы Министерства высшего образования, науки и инноваций Зафара Амиркулова, через Телеграм-канал Национального информационного агентства Узбекистана @uza_uz.

Вопросы по теме можно направлять на Телеграм-бот 👉 https://t.me/uzauzmuloqot

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
👍1
TALABAMIZ FAN OLIMPIADASIDA BIRINCHI O‘RIN OLDI

Samarqand davlat universitetida fizika fani bo‘yicha o‘tkazilgan Respublika fan olimpiadasida #NavDPI Fizika-texnologiya fakulteti 4-bosqich talabasi Mirzaqandova Sohibjamol Xolmo‘min qizi munosib qatnashib, faxrli🥇1-o‘rinni egalladi.

Bungacha Sohibjamol O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Navoiy nomidagi Davlat stipendiyalari sovrindori hamda 2020-yilda Respublika fan olimpiadasi g’olibasi bo‘lgan.

Talabamizni keyingi ilmiy-ijodiy faoliyatida ham muvaffaqiyatlar tilaymiz!

👉
https://t.me/NavDPI_Rasmiy
👍5
NAVDPI TALABASI XALQARO MARAFONDA SOVRINDOR BO‘LDI

Jizzax viloyati Zomin tumanida YENGIL ATLETIKA bo‘yicha “ULTRA 50 KM“ XALQARO MARAFONI bo‘lib o‘tdi.

🏃34 davlatdan 60 nafar ishtirokchi qatnashgan musobaqada Jismoniy madaniyat fakulteti 3-bosqich talabasi Otabek Eshmurodov 50 km masofani 4,20 daqiqada bosib o‘tdi va 🥉bronza medalini qo‘lga kiritdi.

📝Shuningdek, Keniya, Xitoy, Rossiya, Janubiy Koreya, Eron davlatlari sportchilari bilan birgalikda Buyuk Britaniyada o‘tkaziladigan jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

👏Ushbu muvaffaqiyat bilan talabamizni tabriklab, o‘qish va sport faoliyatida yangi marralar tilaymiz!

👉
https://t.me/NavDPI_Rasmiy
👍5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Shavkat Mirziyoyev: Navoiy davlat pedagogika instituti negizida Navoiy davlat universiteti tashkil etiladi

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oʻzbekiston Liberal Demokratik partiyasi (O‘zLiDeP)dan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyevning navoiylik saylovchilar bilan uchrashuvida Navoiy davlat pedagogika instituti Tabiiy fanlar fakulteti talabasi Perdegul Nurpayzova qatnashib, yoshlar uchun berilayotgan keng imkoniyatlar xususida fikrlarini bildirdi.

👉
https://t.me/NavDPI_Rasmiy