NDU_NSU_NGU
387 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
Forwarded from Edu.uz
#amaliyseminar

100 dan ortiq oliy taʼlim muassasasining matbuot kotiblari amaliy seminarda ishtirok etdilar

Seminarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan hamkorlikda oliy taʼlim muassasalarida axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish, axborot xizmatlari xodimlari oʻrtasida tajriba almashish uchun keng maydon yaratish, ular oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, oliy taʼlim sohasidagi islohotlarni aholiga tezkorlik bilan yetkazish, oliy taʼlim muassasalari axborot xizmatlarining tashkiliy-huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

Batafsil: 👉https://edu.uz/uz/news/view/5430

Bizni kuzating
👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#bayram_tabrigi

Hurmatli Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari!

Sizlarni 27-iyun — “Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni” bilan samimiy muborakbod etaman.

Doim kasbingizdan baraka toping. Ezgu ishlar hamrohingiz boʻlib, xalq ishonchidek ulkan maʼsuliyat sizni hech qachon tark etmasin.

Adolat, haqsoʻzlik, halollik kabi fazilat hamroh boʻlsin.

Sizga sihat-salomatlik, yangidan-yangi ijodiy parvozlar tilayman.

Hurmat bilan, NavDPI rektori t.f.d., professor Bahodir Sobirov
#TABRIK

Bugun
#NavDPI Matematika-informatika fakulteti dekani Norbekov Azamat Ostanqulovich tavallud topgan kun.

A.Norbekov 1979-yil 27-iyunda Samarqand viloyati Qo'shrabot tumanida tugʻilgan.
2004-yilda Navoiy davlat pedagogika institutini bakalavr, 2010-yil magistratura bosqichlarini tamomlagan. Pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega.

Institut rahbariyati va jamoasi nomidan Azamat Ostanqulovichni tabriklab, mustahkam sog‘lik, ilm yoʻlida muvaffaqiyat tilaymiz!

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
#OAV_biz_haqimizda

🗞"Do‘stlik bayrog‘i" hamda "Znamya drujbi" gazetalarining 25-soni nashrdan chiqdi.

Tahririyatning bu galgi sonida NavDPI Matbuot kotibining "Talant shou yangi iqtidorlarni kashf qildi" (Талант шоу открыл молодые таланты) sarlavhasida maqolasi chop etildi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
Forwarded from Edu.uz
#Xizmat_safari #Navoiy

Bugun Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov Navoiy shahridagi oliy taʼlim muassasalari faoliyati bilan tanishib, yoshlar bilan muloqotda bo‘ldi.

Vazir dastlab Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Navoiy viloyat Yoshlar texnoparkining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi. Bu yerda yoshlar uchun innovatsion g‘oyalarni amalga oshirish, zamonaviy kasb turlarini egallash uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Marosim ishtirokchilari bino imkoniyatlari bilan tanishar ekan, O‘zbekiston fanlar akademiyasi Navoiy filiali, Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti olimlari tomonidan yaratilgan va bir qator korxonalarning ilmiy-innovatsion mahsulotlarini ham ko‘zdan kechirishdi.

Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/5434

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
❤1
#Qurbon_hayiti_muborak

Hurmatli hamkasblar, aziz talabalar!

Barchangizni "Iyd al-Adho" - Qurbon hayit bayrami bilan chin dildan samimiy muborakbod etaman.


Avvalo ona Yurtimiz tinch, osmonimiz doimo musaffo boʻlsin!

Ushbu saodatli, nurli kunlarda barcha moʻmin-musulmonlarning duo-iltijolarini, savob-u amallarining ijobatini berib, el-u yurtimizni, xonadonlarimizni fayz-u barakaga toʻldirsin!

Yaratganning oʻzi doimo madadkor boʻlsin!

Qurbon hayitining fayz-u barakoti qalblarimizni va xonadonlarimizni munavvar aylasin!

Hurmat va ehtirom ila,
NavDPI rektori B.Sobirov
#Qurbon_hayiti_muborak

Hurmatli hamkasblar, aziz talabalar!

Barchangizni "Iyd al-Adho" - Qurbon hayit bayrami bilan chin dildan samimiy muborakbod etaman.


Avvalo ona Yurtimiz tinch, osmonimiz doimo musaffo boʻlsin!

Ushbu saodatli, nurli kunlarda barcha moʻmin-musulmonlarning duo-iltijolarini, savob-u amallarining ijobatini berib, el-u yurtimizni, xonadonlarimizni fayz-u barakaga toʻldirsin!

Yaratganning oʻzi doimo madadkor boʻlsin!

Qurbon hayitining fayz-u barakoti qalblarimizni va xonadonlarimizni munavvar aylasin!

Hurmat va ehtirom ila,
NavDPI rektori B.Sobirov
Hurmatli kanalimiz kuzatuvchilari!

Sizlarni Navoiy davlat pedagogika instituti Matbuot bo‘limi "Iyd al-Adho" - Qurbon hayit bayrami bilan samimiy muborakbod etadi.

Barchangizga sihat-salomatlik, uzoq umr, oilaviy baxt, xonadoningizga fayzu-baraka tilaymiz.

Qurbon hayiti barchamizga muborak boʻlsin!

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
#MUNOSABAT

“Effect.uz“ saytida “Qoʻynidan toʻkilsa-qoʻnjigami?!“ sarlavhali maqola joylashtirildi.

Tadbirkor Hurmat Toʻrayeva tomonidan keltirilgan vajlar yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Ayni paytda Navoiy davlat pedagogika instituti tomonidan xodimlarga yozilgan ustama haqlarida hech qanday qonunbuzilishiga yoʻl qoʻyilmagan.

Tizimda ichki ishlar organlaridan nafaqaga boʻshatilganlarning faoliyat olib borishi esa mehnat qonunchiligiga zid emas.

Institutda quyosh panellarini oʻrnatuvchi MCHJ elektron tender savdosida gʻolib boʻlgan va uning faoliyati tegishli tashkilotlar nazoratida.

Shuningdek, murojaatchi institutda qarindosh urugʻchilik avj olganini iddao qilgan. Mazkur masala belgilangan tartibda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tuzilgan ishchi guruhi tomonidan tegishliligicha oʻrganilgan.

Shuni ham alohida urgʻulash joizki, institutda moliyaviy hisob-kitoblarni yuritish masalalari viloyat prokuraturasi tomonidan oʻrganish oʻtkazilgan.

Oliy taʼlim muassasalariga kadrlarni ishga qabul qilish ochiq tanlov asosida boʻlib oʻtishini maʼlum qilamiz.

©️NavDPI Axborot xizmati.

Telegram | Web | Facebook | Instagram | You tube
👍1
Forwarded from "YUKSALIŞ" HARAKATI
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
1 июлдан Ўзбекистонда нималар ўзгаради?

«Инсон» ижтимоий хизматлар марказлари, электрон тиббий маълумотномалар, никоҳланувчилар учун генетик тест, талабалар учун янги стипендия — 1 июлдан қонунчиликда нималар ўзгаради?

Батафсил 👉видеода

YUKSALISH HARAKATI
#TABRIKNOMA

🔹NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI REKTORI SOBIROV BAHODIR BOYPO‘LATOVICHNING 30-IYUN “YOSHLAR KUNI“ MUNOSABATI BILAN BAYRAM TABRIGI

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy