NDU_NSU_NGU
387 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
Forwarded from Edu.uz
#qabul2023

⚡️Alohida iqtidor talab etiladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati

Alohida iqtidor talab etiladigan
bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga qabul qilishda abituriyentlar uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlardan tashqari majburiy uchta fan:

✅ ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili);
✅ matematika;
✅ O‘zbekiston tarixi fanlari bo‘yicha Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan test sinovlari o‘tkaziladi.

📲 Kvotalar to‘liq 👉@eduuzuniversalbot

Bizni kuzating
👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
Harbiy_tavsiyanomaga_ega_bo'lganlar_uchun_5_foizli_kvota_2023.pdf
560.1 KB
#qabul2023

⚡️Harbiy tavsiyanomaga ega bo‘lganlar uchun qo‘shimcha 5 %li qabul ko‘rsatkichlari taqsimoti

Davlat komissiyasining bayoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab, harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomalariga ega bo‘lganlar uchun qo‘shimcha besh foizli qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari va ta’lim shakllari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomalariga ega bo‘lganlar uchun respublika bo‘yicha jami 9 506 ta qo‘shimcha kvota ajratildi. Ta’lim shakllari kesimida:

➡️ kunduzgi ta’lim shakli uchun – 6 356 ta (davlat granti asosida - 1 746 ta, to‘lov-kontrakt asosida - 4 610);
➡️ sirtqi ta’lim shakli uchun – 2 453 ta (to‘lov-kontrakt asosida);
➡️ kechki ta’lim shakli uchun – 556 ta (to‘lov-kontrakt asosida);
➡️ masofaviy ta’lim shakli uchun – 141 ta (to‘lov-kontrakt asosida).

📲 Kvotalar to'liq 👉@eduuzuniversalbot

Bizni kuzating:👉
@eduuz
Forwarded from Edu.uz
#qabul2023

⚡️Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imithon o‘tkaziladigan ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati
tasdiqlandi

Mazkur ta’lim yo‘nalishlariga kirish uchun chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihonlar B1 darajasi formati va baholash mezonlari asosida o‘tkaziladi.

Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon topshirgan abituriyentlarga OTMlarga kirish test sinovlarida chet tili fanidan belgilangan maksimal ballga nisbatan foiz hisobida tabaqalashtirilgan (proporsional) ball beriladi.

Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon topshiriladigan yo‘nalishlarni tanlagan abituriyentlarga faqat yuqorida keltirilgan 8 ta OTMning tegishli ta’lim yo‘nalishlari doirasida beshtagacha ta’lim yo‘nalishlarini tanlash imkoniyati beriladi.

Bunda, chet tili fanidan kasbiy (ijodiy) imtihon topshiradigan abituriyentlarga chet tili fanidan test sinovlari topshiriladigan ta’lim yo‘nalishlarni tanlashga yo‘l qo‘yilmaydi.

📲 Kvotalar to‘liq 👉@eduuzuniversalbot

Bizni kuzating:👉
@eduuz
Forwarded from Edu.uz
Kvota_Magistratura-2023 Lot..pdf
491.6 KB
#qabul_2023
#magistratura_kvota

⚡️Magistratura bo‘yicha qabul kvotasi

Davlat komissiyasi bayoni bilan 2023/2024-o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga oʻqishga qabul qilish parametrlarining mutaxassisliklar va oʻqitish tillari boʻyicha taqsimoti.

📲 Kvotalar to‘liq 👉@eduuzuniversalbot'da

Bizni kuzating
👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#qabul2023

📹
magistr.edu.uz platformasi orqali ariza topshirish bo‘yicha videoyo‘riqnoma

Eslatma: hujjatlarni qabul qilish 30-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

👉
Sertifikatlar ro‘yxati

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#Saylov_2023
#Befarqemasman

🇺🇿 Navoiy davlat pedagogika instituti Ingliz tili va adabiyoti fakulteti yetakchisi Avazboyev Olimjon.

✍️ Men ertangi kunim, porloq kelajagim uchun munosib nomzodga ovoz beraman!

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
Forwarded from Akmal Najmiddinovich (Akmal Zokirov)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yoshlar_oyligi

"Bilim va tafakkurimiz-shu el uchun, shu yurt uchun" shiori ostida yoshlar festivali

OAV biz haqimizda

Navoiy viloyati

Bizni kuzatishda davom eting 👇

@NDPI_YI @NavDPI_YI
#QABUL_2023

⚡️2023/2024 o‘quv yilida Navoiy davlat pedagogika instituti MAGISTRATURA mutaxassisliklariga davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish kvotalari tasdiqlandi.

📨Magistratura uchun 19 ta ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha jami 122 ta (davlat granti 60 ta, kontrakt 62 ta) kvota belgilandi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
#QABUL_2023

⚡️2023/2024 o‘quv yilida Navoiy davlat pedagogika instituti bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish kvotalari tasdiqlandi.

📨Bakalavriatning 30 ta kunduzgi ta’lim shakli uchun jami 1830 ta (davlat granti 525 ta, kontrakt 1305 ta) kvota belgilandi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
👍2
#QABUL_2023

⚡️2023/2024 o‘quv yilida Navoiy davlat pedagogika instituti bakalavriatining sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish kvotalari tasdiqlandi.

📨10 sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha jami 625 ta kvota belgilandi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
👍2
Vazir I.Abdurahmonov: “Vazirlik tomonidan har biringizga zamonaviy planshetlar beriladi“.

🔹Shu yilning 27-iyun sanasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov Navoiy viloyatiga tashrifi chog‘ida NavDPIda bo‘lib, talabalar bilan suhbatlashdi. Samimiy va yuqori kayfiyatda o‘tkazilgan suhbatda vazir “Munozara“ bellashuvida institutning Respublika bosqichida birinchi o‘rinni olgan “Edison“ jamoasiga vazirlik tomonidan planshetlar berilishini ta’kidlagan edi.

Bugun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining mas’ul vakillari tomonidan vazir ta’kidlagan planshetlar hamda zamonaviy quloqchinlar (AirPods), 3D ko‘zoynaklari, telefon quvvatlagich (Power Bank)lar tantanali topshirildi.

Shuningdek, institut yoshlar yetakchisi Akmal Zokirovga vazirning faxriy yorlig‘i yetkazildi.

Bunga javoban iqtidorli talabalar yaratib berilgan sharoit va imkoniyatlar uchun vazirlikka minnatdorchilik izhor qildilar.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy