NDU_NSU_NGU
387 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
Forwarded from Edu.uz
#qabul2023
#yangi_yo‘nalishlar

⚡️2023/2024-o‘quv yilida YANGI TASHKIL ETILGAN BAKALAVRIAT TA’LIM YO‘NALISHLARI ro‘yxati va ularga mos test sinovi (kasbiy/ijodiy imtihon) topshiriladigan FANLAR MAJMUASI

💾
PDF shaklda yuklash

Qabulga doir foydali bot:
👉
@eduuzuniversalbot

Bizni kuzating
👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#Dayjest

⚡️Navoiy davlat pedagogika institutida 2022/2023 oʻquv yili davomida ma’naviy-ma’rifiy sohasidagi yangiliklar hamda sportdagi yutuqlar xronologiyasi bilan tanishing:

🔗Jismoniy madaniyat fakulteti 2-bosqich talabasi Xayotbek G’aybullayev Kurash bo‘yicha Osiyo chempioni bo‘ldi.

🔗1-oktyabr — Ustoz va murabbiylar bayrami munosabati bilan institutda tantanali bayram tadbiri o‘tkazildi.

🔗Talaba Hasanali Rahmonov Osiyo chempionatida kumush medal sohibi bo‘ldi.

🔗Shaxnoza Bozorova Jahon chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritdi.

🔗“Shuhrating porlasin toki bor jahon!” tanlovi gʻoliblari aniqlandi.

🔗Talaba Lobarxon Jalolova o‘rta osiyoning eng kuchli notiqlari top beshtaligidan joy oldi.

🔗Talabalarga 1 milliard soʻmdan ziyod ijara va kompensatsiya pullari toʻlab berildi.

🔗Ozarbayjon Respublikasining "SUMQAYIT" gazetasida filologiya fanlari doktori Gulsanam Maxsutovnaning sheʼri Ilk bor ilm ahli tomonidan nashr etildi.

🔗Talaba Sultanova Diana Bahodir qizi “Ta’lim fidoyisi“ ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

🔗Dzyudo sport turi bo‘yicha “Universiada” musobaqasining respublika bosqichi yakunlandi.

🔗 Alisher Navoiy tavalludining 582-yilligiga bagʻishlangan “Ey soʻz, ne balo ajab guharsen...” nomli ilmiy-amaliy anjuman.

🔗Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi munosabati bilan adabiy-badiiy kecha o‘tkazildi.

🔗 “XXI asr ilm fani va taʼlim sohasida ayollar: yutuqlar va muammolar“ mavzuida Respublika ilmiy-amaliy anjuman.

🔗Mahallada kutubxona tashkil etgan talaba Ilhom Toshpoʻlatov haqida maxsus koʻrsatuv.

🔗“Talabalar teatr studiyasi” tanlovining viloyat bosqichi yakunlandi.

🔗8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tantanali bayram tadbiri va konsert dasturi tashkil etildi.

🔗“Universiada-2023” respublika musobaqasida NavDPI jamoasi 3-oʻrinni egalladi.

🔗Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga 17 nafar oliy taʼlim vakili sazovor boʻldi.

🔗Talabamiz xorij matbuoti e’tiborida.

🔗“Asriy qadriyatlar beshigisan, Navroʻz” nomli maʼnaviy-maʼrifiy bayram sayli.

🔗Navoiylik talabalar peshqadam.

🔗Oliy Majlis Senati raisi Navoiy davlat pedagogika instituti faoliyati bilan tanishdi.

🔗Talaba Isroilov Nurshohruh Sunnat o‘g’li Jahon kubogida oltin medalni qo‘lga kiritdi.

🔗Rektor kubogi uchun “zakovat“ o'yinlari nihoyasiga yetdi.

🔗“Quvnoqlar va Zukkolar“ tanlovining 2023-yil mavsumi yakunlandi.

🔗Oʻzbekiston xalq hofizi Orolmirzo Safarov bilan ijodiy uchrashuv.

🔗Xalqaro madaniyat festivali oʻtkazildi.

🔗“Rektor kubogi” g‘oliblari taqdirlandi.

🔗Mirzo Ulug‘bek vorislari tanlovining Respublika bosqichida talabalar sovrindorlar qatoridan o‘rin egalladi.

🔗Talaba Kamoliddin Axtamov qilichbozlik bo‘yicha O‘zbekiston chempioni bo‘ldi.

🔗 NavDPI parasportchi talabalari — O‘zbekiston chempionlari.

🔗Talaba Gulina Oblaqulova Sambo bo‘yicha Osiyo chempioni bo‘ldi.

🔗“Talant shou“ yosh iqtidorlarni kashf qildi.

🔗Talaba Mahliyo Rahmonova Fargʻona viloyati hokimligining 15 mln so‘m pul mukofoti sovrindori bo‘ldi.

🔗Yengil atletika bo‘yicha Otabek Eshmurodov xalqaro marafonda sovrindor bo‘ldi.

🔗“Munozara“ bellashuvining respublika bosqichida institutning “Edison“ jamoasi birinchi o‘rinni egalladi.

🔗Talaba Normurodov Olimjon Obidjon oʻgʻli “Mard o‘g’lon“ davlat mukofoti bilan taqdirlandi.

©️NAVDPI MATBUOT BO‘LIMI
⚡️Rasman: Texnikumni tugatatganlar imtihonsiz 2-kursdan OTMlarga qabul qilinadi

➡️ Hozir ayni shu toifaga kiruvchi abituriyentlar uchun qabul davom etyapti. Bu toifadagi abituriyentlar hujjatlarini 5-iyuldan 25-iyulgacha my.edu.uz portali orqali topshirishi mumkin.

❓ Kimlar suhbat asosida o‘qishga kira oladi?
Texnikum bitiruvchisi bu imtiyozdan foydalanish uchun uning baholari "4", "5" bo‘lishi, kamida 50 foizi faqat "5" bo‘lishi lozim. Tibbiyot texnikumlarini tugatadiganlarning esa kamida 85 foiz bahosi "5" bo‘lishi kerak.

📄 5-avgustgacha talabgorlarning hujjatlari ko‘rib chiqilib, ularga shaxsiy kabinetdan javob beriladi. 10-avgustdan 25-avgustgacha esa suhbat bo‘lib o‘tadi.

🧑‍🎓Suhbatdan o‘tganlar to‘lov-shartnoma asosida 2-kursdan boshlab o‘qishga qabul qilinadi.

MANBA

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
#TABRIKLAYMIZ

Dilafro‘z Xamroyeva fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

#NavDPI Informatika kafedrasi katta o‘qituvchisi Xamroyeva Dilafro‘z Namozovna “Berilganlarning interval aniqmaslik shartida algebraik xos qiymat muammolarini yechish algoritmlari” mavzusidagi fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.FM.01.02 raqamli Ilmiy kengashida muvaffaqiyatli himoya qildi.

💐D. Xamroyevani ilmiy yutug’i bilan institut jamoasi samimiy tabriklaydi. Kelgusi ilmiy faoliyatingizda ham omad yor bo‘lsin!

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
👍5
Forwarded from Edu.uz
#qabul_2023
#infografika

13-iyul soat 09:00 holatiga ko‘ra, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga 484 ming 098 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi.

Shundan, 247 ming 852 nafari avvalgi yil bitiruvchilari, 236 ming 246 nafari joriy yilgi bitiruvchilardir (batafsil infografikada).

❗️Eslatma: hujjatlar my.uzbmb.uz yoki my.gov.uz elektron platformalari orqali 20-iyul (shu kuni ham) kuniga qadar onlayn qabul qilinadi.

Kvotalar to‘liq
@eduuzuniversalbot’da

Bizni kuzating👇🏻
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#qabul_2023
#infografika

13-iyul soat 09:00 holatiga ko‘ra, magistratura mutaxassisliklari uchun 4 ming 152 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi (batafsil infografikada👆).

Ma’lumot uchun, qo‘shimcha imtiyozga ega talabgorlar o‘qishga tanlovdan tashqari alohida tavsiya etiladi.

❗️Eslatma: hujjatlar magistr.edu.uz elektron platformasi orqali 30-iyul (shu kuni ham) kuniga qadar onlayn qabul qilinadi.

Kvotalar to‘liq
@eduuzuniversalbot’da

Bizni kuzating👇🏻
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Navoiy davlat pedagogika instituti talabalari Qo‘qon shahrida “Turkiy tilli yoshlar” xalqaro festivalida ishtirok etmoqda.

Fargʻona viloyati Qoʻqon shaharida bo‘lib o‘tayotgan xalqaro festivalda respublikamizning turli viloyatlaridan, shuningdek Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon davlatlaridan ham mehmonlar tashrif buyurdi.

🏓Festival doirasida talabalarimiz minifutbol, voleybol, badminton, stol tennisi, basketbol kabi sportning bir qancha turlari boʻyicha yakkalik va jamoaviy bahslarda faol bo‘lishmoqda.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
❓Nodavlat oliygohlarning diplomi o‘tadimi?

✅ JAVOB: Oʻzbekiston Respublikasi “Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonunining 31-moddasiga muvofiq, Davlat taʼlim standartlari va davlat taʼlim talablariga muvofiq taʼlim xizmatlarini koʻrsatuvchi nodavlat taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarni beradi.

☝️ Yaʼni, tegishli litsenziyaga ega nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari tomonidan berilgan diplomlar davlat oliy taʼlim muassasalari diplomlari bilan teng darajada qabul qilinadi.

Asos

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
Forwarded from Navoiy teleradiokanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
«Интервью+» | Аброр Давлатов – НДПИ тарих факультети тютери
@Navoiy_vtrk
#Xushxabar

NAVDPI TALABASI PARIJ-2024 PARALIMPIYA O‘YINLARIGA LITSENZIYANI QO‘LGA KIRITDI

Ayni kunlarda (8-17-iyul kunlari) Fransiyada para-yengil atletika bo‘yicha jahon chempionati bahslari bo‘lib o‘tmoqda.

🏅Parij shahri mezbonlik qilayotgan nufuzli musobaqada 3 nafar hamyurtimiz sovrindorga aylandi. Quvonarlisi, F12 klassida yadro uloqtirish musobaqasida #Jismoniy_madaniyat fakulteti talabasi Elbek Sultonov 🥉bronza medalini qo‘lga kiritdi va “PARIS-2024“ Paralimpiya o‘yinlariga ishtirok etish uchun yo‘llanmani naqd qildi.

🖇Eslatib o‘tamiz, Elbek Sultonov “Jasorat“ medali hamda Tokioda bo‘lib o‘tgan XVI Paralimpiya o‘yinlari kumush medali sohibi.

Sportchi talabamizni qo‘lga kiritgan yutug‘i bilan tabriklaymiz. Kelgusi nufuzli musobaqalarda ham oliy o‘rinlarni egallashida tilakdoshmiz!

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
👍2
Navoiy davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Sobirov boshchiligida yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Unda talabalar turar joylari va ijarada yashovchi talabalarning yashash sharoitlari, institutda faoliyat olib borayotgan toʻgaraklar holati va talabalarni toʻgaraklarga keng jalb qilish borasida bajarilgan ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, oʻtkaziladigan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarda boy madaniyatimizni keng targ‘ib qilish, iqtidorli talabalar bilan ishlash, talabalar bilan sayyor qabullarni jadallashtirish, o‘quv binolarini buyuk allomalarimizning tarbiyaviy ahamiyatga ega iqtiboslaridan keltirilgan namunalar bilan boyitish masalalari boʻyicha tegishli koʻrsatmalar berildi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy