NDU_NSU_NGU
387 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
Forwarded from Edu.uz
#qabul_2023
#infografika

13-iyul soat 09:00 holatiga ko‘ra, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga 484 ming 098 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi.

Shundan, 247 ming 852 nafari avvalgi yil bitiruvchilari, 236 ming 246 nafari joriy yilgi bitiruvchilardir (batafsil infografikada).

❗️Eslatma: hujjatlar my.uzbmb.uz yoki my.gov.uz elektron platformalari orqali 20-iyul (shu kuni ham) kuniga qadar onlayn qabul qilinadi.

Kvotalar to‘liq
@eduuzuniversalbot’da

Bizni kuzating👇🏻
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#qabul_2023
#infografika

13-iyul soat 09:00 holatiga ko‘ra, magistratura mutaxassisliklari uchun 4 ming 152 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi (batafsil infografikada👆).

Ma’lumot uchun, qo‘shimcha imtiyozga ega talabgorlar o‘qishga tanlovdan tashqari alohida tavsiya etiladi.

❗️Eslatma: hujjatlar magistr.edu.uz elektron platformasi orqali 30-iyul (shu kuni ham) kuniga qadar onlayn qabul qilinadi.

Kvotalar to‘liq
@eduuzuniversalbot’da

Bizni kuzating👇🏻
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Navoiy davlat pedagogika instituti talabalari Qo‘qon shahrida “Turkiy tilli yoshlar” xalqaro festivalida ishtirok etmoqda.

Fargʻona viloyati Qoʻqon shaharida bo‘lib o‘tayotgan xalqaro festivalda respublikamizning turli viloyatlaridan, shuningdek Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon davlatlaridan ham mehmonlar tashrif buyurdi.

🏓Festival doirasida talabalarimiz minifutbol, voleybol, badminton, stol tennisi, basketbol kabi sportning bir qancha turlari boʻyicha yakkalik va jamoaviy bahslarda faol bo‘lishmoqda.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
❓Nodavlat oliygohlarning diplomi o‘tadimi?

✅ JAVOB: Oʻzbekiston Respublikasi “Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonunining 31-moddasiga muvofiq, Davlat taʼlim standartlari va davlat taʼlim talablariga muvofiq taʼlim xizmatlarini koʻrsatuvchi nodavlat taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarni beradi.

☝️ Yaʼni, tegishli litsenziyaga ega nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari tomonidan berilgan diplomlar davlat oliy taʼlim muassasalari diplomlari bilan teng darajada qabul qilinadi.

Asos

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
Forwarded from Navoiy teleradiokanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
«Интервью+» | Аброр Давлатов – НДПИ тарих факультети тютери
@Navoiy_vtrk
#Xushxabar

NAVDPI TALABASI PARIJ-2024 PARALIMPIYA O‘YINLARIGA LITSENZIYANI QO‘LGA KIRITDI

Ayni kunlarda (8-17-iyul kunlari) Fransiyada para-yengil atletika bo‘yicha jahon chempionati bahslari bo‘lib o‘tmoqda.

🏅Parij shahri mezbonlik qilayotgan nufuzli musobaqada 3 nafar hamyurtimiz sovrindorga aylandi. Quvonarlisi, F12 klassida yadro uloqtirish musobaqasida #Jismoniy_madaniyat fakulteti talabasi Elbek Sultonov 🥉bronza medalini qo‘lga kiritdi va “PARIS-2024“ Paralimpiya o‘yinlariga ishtirok etish uchun yo‘llanmani naqd qildi.

🖇Eslatib o‘tamiz, Elbek Sultonov “Jasorat“ medali hamda Tokioda bo‘lib o‘tgan XVI Paralimpiya o‘yinlari kumush medali sohibi.

Sportchi talabamizni qo‘lga kiritgan yutug‘i bilan tabriklaymiz. Kelgusi nufuzli musobaqalarda ham oliy o‘rinlarni egallashida tilakdoshmiz!

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
👍2
Navoiy davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Sobirov boshchiligida yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Unda talabalar turar joylari va ijarada yashovchi talabalarning yashash sharoitlari, institutda faoliyat olib borayotgan toʻgaraklar holati va talabalarni toʻgaraklarga keng jalb qilish borasida bajarilgan ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, oʻtkaziladigan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarda boy madaniyatimizni keng targ‘ib qilish, iqtidorli talabalar bilan ishlash, talabalar bilan sayyor qabullarni jadallashtirish, o‘quv binolarini buyuk allomalarimizning tarbiyaviy ahamiyatga ega iqtiboslaridan keltirilgan namunalar bilan boyitish masalalari boʻyicha tegishli koʻrsatmalar berildi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
#Rektor_va_yoshlar

Navoiy davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Sobirovga Xatirchi va Qiziltepa tumanlari hamda Navoiy shahrida istiqomat qiluvchi jami 37 nafar vaqtincha ishsiz va nogironligi bo‘lgan yoshlar biriktirilgan. Ular bilan mas’ullar tomonidan aloqa o‘rnatilgan va muntazam ravishda xabar olib kelinmoqda.

Xususan, rektor B.Sobirov mahalladagi sog‘ligida muammosi bo‘lgan yoshlar bilan uchrashib, ularning holidan xabar oldi. Yoshlarning muammolaridan kelib chiqib tegishli yordam ko‘rsatilishi belgilandi.

Jumladan, Xatirchi tuman 73-maktab 11-sinf o‘quvchisi, “Xo‘jaqulobod“ mahallasida yashovchi 2005-yilda tug‘ilgan Xolboyeva Durdona Shuxrat qizining holidan xabar olinganda uning orttirilgan bosh kasalligidan aziyat chekishi ma’lum bo‘ldi. D.Xolboyevaning muammosi viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan ijobiy hal qilinishi belgilandi.

👉BATAFSIL:HAVOLADA

Telegram | Web | Facebook | Instagram | You tube
👍1
#DAYJEST

⚡️NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA 2022/2023-OʻQUV YILI DAVOMIDA ILMIY VA INNOVATSION FAOLIYATDA SODIR BO‘LGAN MUHIM XABAR VA YANGILIKLAR:

🔗Oliy taʼlim muassasalarining milliy reytingida Navoiy davlat pedagogika instituti va NavDPI Akademik litseyi sezilarli darajada yuqori pogʻonaga koʻtarildi.

🔗28 ta OTM “World University Rankings – 2023“ xalqaro reytingida “reporter” maqomiga ega bo‘ldi.

🔗“Globallashuv sharoitida oʻzbek tili nufuzini oshirishning nazariy va amaliy masalalariga yangicha yondashuv: muammo, yechim, istiqbollar” mavzusida ilmiy anjuman o‘tkazildi.

🔗“Elsevier“ (xalqaro nashriyot uyi) bilan hamkorlik yo’lga qo’yildi.

🔗64 nafar o‘qituvchilarimiz ilmiy darajali bo‘ldi.

🔗“Times Higher Education“ rasmiy sahifasida Navoiy davlat pedagogika institutining profili yaratildi.

🔗“Zamonaviy oliy taʼlim tizimi: muammo va yechimlar” mavzusida Xalqaro ilmiy anjuman o‘tkazildi.

🔗“Fizika fanini axborot va innovatsion texnologiyalar muhitida oʻqitishning zamonaviy tendensiyalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi.

🔗Qayumova Nodira Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti granti sovrindori bo‘ldi.

🔗Konstitutsiyaning 30 yilligi munosabati bilan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi.

🔗Taʼlim tizimida xalqaro hamkorlik aloqalari kengaymoqda.

🔗“Chogʻishtirma tilshunoslik, qiyosiy adabiyotshunoslik va tarjimashunoslikning dolzarb muammolari“ mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi.

🔗10 nafar talabamiz Prezident va Nomdor davlat stipendiyalari sovrindorlari boʻldi.

🔗“XXI asr ilm fani va taʼlim sohasida ayollar: yutuqlar va muammolar“ mavzuida Respublika ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi.

🔗NavDPI va Yoshlar texnoparki o’rtasida memorandum imzolandi

🔗Qozon federal universiteti bilan hamkorlik memorandumi imzolandi.

🔗“Birinchi renessans: Abu Rayxon Beruniy va tabiiy fanlar evolyutsiyasi“ mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

🔗Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi institutda bo‘ldi.

🔗Mirzo Ulug‘bek vorislari tanlovining Respublika bosqichida 3 nafar talabamiz sovrindorlar qatoridan o‘rin egalladi.

🔗NavDPI “Times higher education” reytingidan joy oldi.

🔗“Boshlangʻich taʼlimning dolzarb masalalari: muammo va yechimlar“ mavzusida Respublika anjumani o‘tkazildi.

🔗Fizika fani bo‘yicha o‘tkazilgan Respublika fan olimpiadasida Mirzaqandova Sohibjamol birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

🔗“Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishoni bilan talaba Shonazarova Nargiza Ulug’bek qizi taqdirlandi.

©️NAVDPI MATBUOT BO‘LIMI
👍3
Forwarded from Edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Davlat oliy taʼlim muassasalariaro hamda xorijiy va nodavlat muassasalaridan talabalar oʻqishini koʻchirish uchun arizalar qabuli boshlandi.

Arizalar 15-iyuldan 5-avgustga qadar transfer.edu.uz (davlat OTMlariaro) hamda my.uzbmb.uz (xorijiy va nodavlat OTMlaridan) platformalari orqali qabul qilinadi.

Davlat oliy taʼlim muassasasining biridan ikkinchisiga koʻchirish ikki holatdagina ruxsat beriladi:

✅talaba oila qurishi munosabati bilan turmush oʻrtogʻi doimiy yashaydigan hududdagi oliy taʼlim muassasasiga oʻqishini koʻchirish uchun murojaat qilganda;

✅davlat organlarining xodimlari ish joyi oʻzgargan taqdirda uning turmush oʻrtogʻi yoki voyaga yetmagan farzandi oʻqishini koʻchirish uchun murojaat qilganda, tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube