NDU_NSU_NGU
387 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
NavDPI kasbiy (ijodiy) imtihonlarga tayyor

Ayni kunlarda yurtimizdagi oliy ta’lim muassasalarida kasbiy (ijodiy) imtihon jarayonlari boshlanish arafasida. Navoiy davlat pedagogika institutida ham ijodiy imtihonlar munosabati bilan puxta tayyorgarlik ishlari amalga oshirilmoqda.

Jumladan, xolislik va shaffoflikni ta’minlash maqsadida har bir imtihon o‘tkazish joyi kuzatuv kameralari bilan to‘liq jihozlangan. Shuningdek, ota-onalar, keng jamoatchilik vakillari uchun imtihon topshirish jarayonini onlayn kuzatish imkoniyati yaratiladi.

19-iyul holatiga ko‘ra kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan 8 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 833 nafar abituriyent hujjat rasmiylashtirdi.

Imtihon kunlari institutning rasmiy sahifalari orqali xabar beriladi.

📲rasmiy kanalimizga obuna bo'ling va kunlik yangiliklardan xabardor bo'ling

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
#Bugun

Navoiy davlat pedagogika instituti San’atshunoslik fakulteti dekani, dotsent Raximov Otabek Davlatovich 1984-yil 20-iyulda Navoiy viloyati, Navbahor tumanida tavallud topgan.

O.Raximov 2006-yil Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutini bakalavr bosqichi, 2008-yilda magistraturasini tamomlagan.

2009-2015 yillarda NavDPI Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi kafedrasida o‘qituvchi, o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari, kafedra mudiri vazifalarida faoliyat ko‘rsatgan.

2015-yildan buyon San’atshunoslik fakulteti dekani lavozimida ishlab kelmoqda.

Institut rahbariyati va jamoasi nomidan Otabek Davlatovichni samimiy qutlaymiz.
U kishiga oilaviy baxt, ilmiy va ijodiy faoliyatida ulkan yutuqlar tilaymiz
.

📲rasmiy kanalimizga obuna bo'ling va kunlik yangiliklardan xabardor bo'ling

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
#tarqating

⚡️NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA KASBIY (IJODIY) IMTIHONLAR 2023-YIL 24-IYUL, DUSHANBA KUNIDAN BOSHLANADI.

Quyida ta’lim yo‘nalishlari kesimida imtihon kunlari bilan tanishishingiz mumkin:

👉Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi (kunduzgi);
👉Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi (sirtqi);
👉Kasb ta’limi: Rangtasvir (dastgohli);
👉Kasb ta’limi: Dizayn (libos va gazlamalar);
👉Jismoniy madaniyat: kurash (kunduzgi);
👉Musiqa ta’limi (kunduzgi);
👉Musiqa ta’limi (sirtqi);
👉Vokal san’ati (kunduzgi);
👉Cholg’u ijrochiligi (turlari bo‘yicha, kunduzgi);
👉Jismoniy madaniyat: o‘zbek, rus, xotin-qizlar sporti (kunduzgi/sirtqi).

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun telefonlar:
(79) 225-19-68;
(79) 225-19-23;
(79) 225-08-14;
(79) 225-19-37;
(79) 225-19-27.

📲rasmiy kanalimizga obuna bo'ling va kunlik yangiliklardan xabardor bo'ling

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sarhisob

⚡️Navoiy davlat pedagogika institutida 2022-2023-oʼquv yili davomida Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy sohada amalga oshirilgan ishlar haqida maxsus rolik

📝Matn shaklida o‘qish

Telegram | Web | Facebook | Instagram | You tube
👍2
Forwarded from Edu.uz
“Innovatsiyalar va bilimlarni tijoratlashtirish, oliy ta’lim muassasalarda tadbirkorlik ekotizimini yaratish” mavzusida seminar trening o'tkaziladi.

Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligida Belgiya Ta’lim Kengashi direktori Oksana Pozdnyakova tomonidan “Innovatsiyalar va bilimlarni tijoratlashtirish, oliy ta’lim muassasalarda tadbirkorlik ekotizimini yaratish” mavzusida seminar va davra suhbatlari tashkil etiladi.

Seminar ishtirokchilari Yevropada ta’lim tizimi va innovatsiyalar uzviy integratsiyasi bo‘yicha ko‘nikmaga ega bo‘lishadi.

Tadbirda ta’lim, fan va innovatsiya vakillari (rektor, prorektor, olimlar va boshqalar) ishtirok etishlari mumkin.


🗓Sana: 25-iyul kuni
⏰Soat: 11:00
📍Manzil: Olmazor tumani, Universitet ko‘chasi, 7-uy (Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi binosi)
☎️Murojaat uchun: +998977084644


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Biz korrupsiyaga qarshimiz

⚡️Navoiy davlat pedagogika instituti Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat“ tizimini boshqarish boʼlimi hamda Jinoyat ishlari boʼyicha Navoiy shahar sudi bilan hamkorlikda “Biz korrupsiyaga qarshimiz“ mavzusida profilaktik-targʼibot uchrasuvi boʼlib oʼtdi.

Navoiy shahar sudi sudyasi M.Kamolov soʼzga chiqib, korrupsion holatlar natijasida vujudga kelishi mumkin boʼlgan huquqiy holatlar, qonun oldida barcha barobar ekanligiga alohida toʼxtalib oʼtdi.

➡️Ushrashuv soʼnggida qatnashchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga soha mutaxassislaridan batafsil javob olishdi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
⚡️2023/2024-o‘quv yili uchun Navoiy davlat pedagogika institutida kasbiy (ijodiy) imtihonlarni o‘tkazish jadvali

👉
https://t.me/NavDPI_Rasmiy
👍2
#live

Navoiy davlat pedagogika institutida kasbiy (ijodiy) imtihon jarayonlarini onlayn kuzatish yoʼlga qoʼyildi

Bugundan Navoiy davlat pedagogika institutida kasbiy (ijodiy) imtihonlar boshlandi.

Imtihon jarayonlarini internet tarmogʼi orqali jonli efirda tomosha qilish xizmati yoʼlga qoʼyildi.

https://nspi.uz/?page_id=21127

📲rasmiy kanalimizga obuna bo'ling va kunlik yangiliklardan xabardor bo'ling

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
#LIVE
#kasbiy_ijodiy_imtihon

⚡️ Navoiy davlat pedagogika institutida kasbiy (ijodiy) imtihonlar boshlandi.

🗓Аyni paytda 8 ta taʼlim yoʼnalishlari boʼyicha ijodiy imtihonlar boʼlib oʼtmoqda.

🌎 Imtihon jarayonlarini internet tarmogʼi orqali jonli efirda tomosha qilish xizmati yoʼlga qoʼyildi.

Quyidagi havola orqali imtihonlarni jonli efirda kuzatib borishingiz mumkin

👉
https://nspi.uz/?page_id=21127

📲rasmiy kanalimizga obuna bo'ling va kunlik yangiliklardan xabardor bo'ling

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy