NDU_NSU_NGU
387 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
#JARAYON
#Kasbiy_ijodiy_imtihon

NАVDPIDА KАSBIY (IJODIY) IMTIHONLАR YAKUNIGА YETMOQDА

⚡️Аyni daqiqalarda Navoiy davlat pedagogika institutida Professional ta’lim: Cholg’u ijrochiligi (turlari bo‘yicha) yo’nalishida 30 nafar abituriyent ijodiy imtihon topshirmoqda.

🖇Bu yo‘nalishda 25 nafar (5 ta davlat granti, 20 ta shartnoma asosida) abituriyent qabul qilinadi.

📲rasmiy kanalimizga obuna bo'ling va kunlik yangiliklardan xabardor bo'ling

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
Bugun NavDPI Xotin-qizlar kengashi raisi, filologiya fanlari boʼyicha falsafa doktori, dotsent Tursunova Nasiba Hamroyevna tavallud topgan.

Nasiba Tursunova 1970-yil 29-iyul sanasida Navoiy viloyati, Karmana tumanida tugʻilgan. 2004-yil Navoiy davlat pedagogika instituti bakalavr, 2006-yil magistratura bosqichlarini tamomlagan. 2020-yil filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori ilmiy darajasini, 2022-yil dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan .

2007-2022-yillar oraligʻida Oʻzbek tili va adabiyoti fakultetida kafedra oʻqituvchisi, katta oʻqituvchi, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha dekan muovini, Iqtidorli talabalar bilan ishlash boʻlim boshligʻi bo‘lib ishlagan.

2022-yil noyabr oyidan Navoiy davlat pedagogika instituti rektorining Xotin-qizlar masalalari boʻyicha maslahatchisi - xotin-qizlar kengashi raisi lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

💐Institut rahbariyati Nasiba Hamroyevnaga mustahkam sog’lik, ilmiy va ijodiy faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
👍1🎉1
#ijodiy_imtihon_natijalari

⚡️NavDPIda 2023/2024 o‘quv yilida bakalavriatga kirish uchun o‘tkazilgan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari

🗂Ta’lim yo‘nalishi: Vokal san’ati (kunduzgi)

📲rasmiy kanalimizga obuna bo'ling va kunlik yangiliklardan xabardor bo'ling

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
#ijodiy_imtihon_natijalari

⚡️NavDPIda 2023/2024 o‘quv yilida bakalavriatga kirish uchun o‘tkazilgan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari

🗂Ta’lim yo‘nalishi: Cholg’u ijrochiligi (turlari bo‘yicha)

📲rasmiy kanalimizga obuna bo'ling va kunlik yangiliklardan xabardor bo'ling

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
#Test_2023

TEST JАRАYONLАRIDA АBITURIYENTLАRNING OTА-ONАLАRI HАMDА YAQINLАRI UCHUN MUNOSIB SHAROITLAR YARАTILADI

⚡️Navoiy davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Sobirov 2023-2024-o‘quv yilida bakalavriatga kirish uchun test sinovlarini yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha institut rahbariyati, fakultet dekanlari, dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar va boshqa masʼullar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi.

Unda 1-13-avgust kunlari bo‘lib o‘tadigan test sinovlari davomida har bir mas’ul xodimga belgilangan vazifalar tushuntirildi. Masʼullar o‘ziga biriktirilgan test o‘tkazish binosidagi jarayonlarda ota-onalardan qabul bo‘yicha fikrlar, ijtimoiy so‘rovnomalar, mavjud muammo va takliflarni o‘rganadi, savollarga batafsil javob berishadi.

Bu jarayonlar OAVda yoritib boriladi.

Telegram | Web | Facebook | Instagram | You tube