NDU_NSU_NGU
387 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
Bugun NavDPI Xotin-qizlar kengashi raisi, filologiya fanlari boʼyicha falsafa doktori, dotsent Tursunova Nasiba Hamroyevna tavallud topgan.

Nasiba Tursunova 1970-yil 29-iyul sanasida Navoiy viloyati, Karmana tumanida tugʻilgan. 2004-yil Navoiy davlat pedagogika instituti bakalavr, 2006-yil magistratura bosqichlarini tamomlagan. 2020-yil filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori ilmiy darajasini, 2022-yil dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan .

2007-2022-yillar oraligʻida Oʻzbek tili va adabiyoti fakultetida kafedra oʻqituvchisi, katta oʻqituvchi, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha dekan muovini, Iqtidorli talabalar bilan ishlash boʻlim boshligʻi bo‘lib ishlagan.

2022-yil noyabr oyidan Navoiy davlat pedagogika instituti rektorining Xotin-qizlar masalalari boʻyicha maslahatchisi - xotin-qizlar kengashi raisi lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

💐Institut rahbariyati Nasiba Hamroyevnaga mustahkam sog’lik, ilmiy va ijodiy faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
👍1🎉1
#ijodiy_imtihon_natijalari

⚡️NavDPIda 2023/2024 o‘quv yilida bakalavriatga kirish uchun o‘tkazilgan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari

🗂Ta’lim yo‘nalishi: Vokal san’ati (kunduzgi)

📲rasmiy kanalimizga obuna bo'ling va kunlik yangiliklardan xabardor bo'ling

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
#ijodiy_imtihon_natijalari

⚡️NavDPIda 2023/2024 o‘quv yilida bakalavriatga kirish uchun o‘tkazilgan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari

🗂Ta’lim yo‘nalishi: Cholg’u ijrochiligi (turlari bo‘yicha)

📲rasmiy kanalimizga obuna bo'ling va kunlik yangiliklardan xabardor bo'ling

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
#Test_2023

TEST JАRАYONLАRIDA АBITURIYENTLАRNING OTА-ONАLАRI HАMDА YAQINLАRI UCHUN MUNOSIB SHAROITLAR YARАTILADI

⚡️Navoiy davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Sobirov 2023-2024-o‘quv yilida bakalavriatga kirish uchun test sinovlarini yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha institut rahbariyati, fakultet dekanlari, dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar va boshqa masʼullar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi.

Unda 1-13-avgust kunlari bo‘lib o‘tadigan test sinovlari davomida har bir mas’ul xodimga belgilangan vazifalar tushuntirildi. Masʼullar o‘ziga biriktirilgan test o‘tkazish binosidagi jarayonlarda ota-onalardan qabul bo‘yicha fikrlar, ijtimoiy so‘rovnomalar, mavjud muammo va takliflarni o‘rganadi, savollarga batafsil javob berishadi.

Bu jarayonlar OAVda yoritib boriladi.

Telegram | Web | Facebook | Instagram | You tube
#diplom_topshirish

NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTINING BIR GURUH BITIRUVCHILARIGA DIPLOMLAR TOPSHIRILDI

🔰Institutning faollar zalida “Oq yo‘l sizga, Аziz bitiruvchilar!“ nomli tantanali diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Marosimda NavDPI rahbariyati, professor-o‘qituvchilari, bitiruvchi talaba-yoshlar va ularning ota-onalari ishtirok etdilar.

Tadbirni institut rektori Bahodir Sobirov tabrik so‘zi bilan ochib berdi. Yakunlangan o‘quv yilini sarhisob qilib, yoshlarimizning ko‘pgina yo‘nalishlarda o‘zlarining bor qobiliyat va intellektual salohiyatlarini namoyon etib, katta yutuqlarni qo‘lga kiritganliklarini mamnuniyat ila eʼtirof etdi.

🎓Shundan so‘ng, 2022-2023-o‘quv yilining bir guruh bitiruvchi magistrlariga, bakalavriat bosqichini imtiyozli tugatgan talabalarga diplomlar tantanali topshirildi.

Bu yil institutni 418 nafar magistr va 3890 nafar bakalavr talabalari tamomladi.

📸Fotokolleksiya

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy