NDU_NSU_NGU
387 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
OАK BOSH ILMIY KOTIBI BILАN UCHRАSHUV BOʼLIB OʼTDI

🔰Bugun, 4 avgust kuni NavDPI faollar zalida Oʼzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Bosh ilmiy kotibi Аbdulaziz Shermuxammedov bilan fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, professor-oʼqituvchilar, tayanch doktorantlar (PhD) va doktorantlar (DSc), mustaqil izlanuvchilar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Unda Bosh ilmiy kotib tomonidan dissertatsiya ishlari tahlil qilindi. Avtoreferatlarni tayyorlash boʼyicha meʼyoriy hujjatlarga qatʼiy amal qilish, tayyorlangan ishlarni ilmiy kengashlarga topshirish, tegishli xulosalarni olish jarayonlari boʼyicha batafsil tushunchalar berildi.

Uchrashuvda normativ-huquqiy hujjatlar, himoyalar haqida eʼlonlar, ilmiy kengashlar faoliyati xususida ham soʼz bordi.

Ochiq muloqot tarzida oʼtkazilgan uchrashuvda professor-oʼqituvchilar oʼzlarinining qiziqtirgan savollariga atroflicha va batafsil javob oldilar.

Shuningdek, OAKda elektron hujjat almashish tizimi joriy etilganligi va buning natijasida “Inson omili“ aralashuviga yo‘l qo‘yilmasligi, ochiq va shaffof boʻlishi taʼminlanishi ta’kidlandi.

Telegram | Web | Facebook | Instagram | You tube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹Oliy attestatsiya komissiyasi Bosh ilmiy kotibi Аbdulaziz Shermuxammedov NavDPI jamoasi bilan uchrashdi

©️NAVDPI AXBOROT XIZMATI

Telegram | Web | Facebook | Instagram | You tube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#TEST2023_MUNOSABAT

🎤Test sinovlarida 100 nafardan ortiq o‘quvchisi ishtirok etayotgan biologiya fani o‘qituvchisi Rizamat Hayitov imtihon jarayonlari va yaratilgan sharoitlar xususida o‘z fikrlarini bildirdi.

©NavDPI Axborot xizmati

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#TEST_2023_MUNOSABAT

TEST JARAYONLARINI SALQIN JOYDA TOMOSHA QILIB TURGAN OTA-ONALAR FIKRI

🎤Oyimgul Rizaqulova, abituriyentning onasi

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
#TEST_2023

TEST SINOVLАRINING 5-KUNI: NАVDPI VOLONTYORLАRI TONG SAHARDAN BELGILANGAN JOYDA FAOLIYAT OLIB BORMOQDA

Avval xabar berganimizdek, Navoiy shahridagi “Kimyogar“ majmuasida 2023/2024-o‘quv yili uchun bakalavriatga kirish test imtihonlari davom etmoqda.

#NavDPI “volontyorlar guruhi“ abituriyentlarning ota-onalari bilan ijtimoiy so‘rovnomalar, psixologik treninglar o‘tkazmoqda. Institut rahbariyati tomonidan talaba-yoshlar uchun berilgan imkoniyatlar va imtiyozlar xususida ma’lumotlar berilmoqda. Test olinadigan joyda bir guruh institut professor-o‘qituvchilari nazoratga jalb etilgan.

Eslatma: imtihonlar to‘liq videokuzatuv ostida onlayn translyatsiya qilingan holda o‘tkazilyapti va jarayonlarni test2023.uz sayti orqali onlayn kuzatib borish mumkin.

📲rasmiy kanalimizga obuna bo'ling va kunlik yangiliklardan xabardor bo'ling

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy