NDU_NSU_NGU
387 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
TEST SINOVLARINING O‘N UCHINCHI KUNI: 2023/2024-O‘QUV YILIDA OTMLARGA KIRISH TEST IMTIHONLARI YAKUNLANDI

🔰Bugun, 13-avgust sanasida Respublikamiz bo‘ylab o‘tkazilgan test sinovlarining so‘nggi 13-kuni o‘z nihoyasiga yetdi.

Yurtimizda barcha test sinovlari o‘tkazilgan binolardagi kabi Navoiy shahridagi 4 ta obyektda ham imtihon jarayonlari ochiq va oshkora, shaffof olib borildi.

✔️NavDPI rahbariyati boshchiligidagi “volontyorlar guruhi“ huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari, tibbiyot vakillari, bilim va malakalarni baholash agentligi bilan birgalikda o‘z o‘rnida fidokorona faoliyat ko‘rsatishdi.

Abituriyentlar va ularning barcha yaqinlari uchun esa soya-salqin joylar tayyorlandi.

Endi oldinda yana-da hayajonli va mas’uliyatli jarayon, ya'ni olingan bilimlar natijasi sarhisob qilinadi. Yaqin kunlarda mandat e’lon qilinishi kutilyapti.

📎Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash joizki, bugunga qadar 53 ming 160 nafar abituriyentdan 2386 nafari test imtihonlariga qatnashmadi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
❤1
Forwarded from Edu.uz
⚡️ Xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari 16-avgust kuni o‘tkaziladi

Talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardagi OTMlardan, shuningdek O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari 16-avgust kuni, kasbiy (ijodiy) imtihonlar OTMlar tomonidan belgilangan vaqtda o‘tkaziladi. Imtihon sanasi har bir OTM rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlarida e’lon qilinadi.

Test sinovlari ikki smenada tashkil etilib:

1️⃣-smenada 08:00 dan 11:00 ga qadar;
2️⃣-smenada 15:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

⏳ Test sinovlari 2 ta mutaxassislik va 3 ta majburiy fan bo‘yicha o‘tkaziladi hamda talabgorlarga mutaxassislik fanlarida 30 tadan, majburiy fanlarda 10 tadan jami 90 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 3 soat vaqt beriladi.

👨🏻‍💻 Talabgorlar imtihonlarda ishtirok etish uchun ruxsatnomani vazirlik huzuridagi Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidan olishlari mumkin.

❗️ Imtihon o‘tkaziladigan binoga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin pasport (ID-karta) va ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
⚡️ O‘n ikkinchi kun natijalari e’lon qilindi

12-avgust kuni test sinovida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 3 xil usulda bilishlari mumkin:

1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:

👉 @e_dtm_mandatbot
👉 @e_dtm_mandat1bot
👉 @e_dtm_mandat2bot
👉 @e_dtm_mandat3bot
👉 @e_dtm_mandat4bot

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
#qonunchilik_yangiliklari

Nomli davlat stipendiyalari soni 12 ta bo‘ldi

Prezidentning tegishli farmoniga muvofiq oliy ta’lim muassasalarining iqtidorli talabalari uchun ayrim nomli davlat stipendiyalari joriy etilganligi munosabati bilan 1993-yil 5-fevraldagi PF–555-son Farmonga o‘zgartirish kiritildi.

Unga ko‘ra, mazkur farmon 2-bandi tahrirlanib, nomli davlat stipendiyalarning yo‘nalishlar kesimidagi ro‘yxati yangilandi.

Jumladan, Prezidentning PQ–414-son hamda PQ–20-son qarorlariga muvofiq ro‘yxatga tarix va geografiya yo‘nalishlarida – Bobur, jismoniy madaniyat va sport yo‘nalishlarida – Pahlavon Mahmud nomli stipendiyalari kiritilib, ularning soni 12 taga yetdi.

Nomli davlat stipendiyalarning yo‘nalishlar kesimidagi ro‘yxati:

▪️texnika yo‘nalishlarida – Beruniy;

▫️tibbiyot yo‘nalishlarida – Ibn Sino;

▪️gumanitar yo‘nalishlarda – Navoiy;

▫️tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn yo‘nalishlarida – Kamoliddin Behzod;

▪️tabiiy yo‘nalishlarda – Ulug‘bek;

▫️kinematografiya yo‘nalishida – Xudoybergan Devonov;

▪️tarix va geografiya yo‘nalishlarida – Bobur;

▫️jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishlarida – Pahlavon Mahmud;

▪️O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida – Imom al-Buxoriy;

▫️Qoraqalpog‘istondagi oliygohlarda – To‘lepbergen Qaipbergenov va Ibroyim Yusupov;

▪️barcha yo‘nalishlarda – Islom Karimov nomli davlat stipendiyalari.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#o‘qishni_ko‘chirish

🏛Navoiy davlat pedagogika institutida 2023/2024-oʻquv yilida xorijiy va nodavlat OTMlardan oʻqishni koʻchirish uchun hujjat topshirgan talabalarga kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo‘lib o‘tmoqda.

Korrupsion holatlarni oldini olish maqsadida imtihon jarayonlari Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi mas’ul xodimlari, Institut rahbariyati hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan kuzatib borilmoqda.

🖇Ma’lumot uchun, Jismoniy madaniyat (kunduzgi, sirtqi) - 43 nafar, Kasb ta’limi: Libos va gazlamalar - 3 nafar hamda Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi, Xotin-qizlar sporti, Musiqa ta’limi yo‘nalishlariga esa 1 nafardan, jami 49 nafar talabgor hujjat topshirgan.

📲rasmiy kanalimizga obuna bo'ling va kunlik yangiliklardan xabardor bo'ling

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
Forwarded from Edu.uz
⚡️ So‘nggi kun natijalari e’lon qilindi

13-avgust kuni test sinovida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 3 xil usulda bilishlari mumkin:

1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:

👉 @e_dtm_mandatbot
👉 @e_dtm_mandat1bot
👉 @e_dtm_mandat2bot
👉 @e_dtm_mandat3bot
👉 @e_dtm_mandat4bot

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#o‘qishni_ko‘chirish
#natijalar

⚡️Navoiy davlat pedagogika institutida 2023/2024-o‘quv yilida o‘qishni ko‘chirish uchun o‘tkazilgan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari

Yo‘nalishlar:
👉TASVIRIY SAN’AT VA MUHANDISLIK GRAFIKASI;
👉PROFESSIONAL TA’LIM: DIZAYN (LIBOS VA GAZLAMALAR);
👉JISMONIY MADANIYAT (barcha ta’lim turlari bo‘yicha);
👉MUSIQA TA’LIMI.

📲rasmiy kanalimizga obuna bo'ling va kunlik yangiliklardan xabardor bo'ling

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Talabaga_qulaylik

TALABALAR TURAR JOYLARI YANGI O‘QUV YILIGA TAYYOR

Navoiy davlat pedagogika instituti o‘quv binolari va talabalar turar joylarida ta’mirlash, obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Institut tasarrufidagi 4 ta talabalar turar joyida jami 1280 ta o’rin mavjud. Yotoqxonalarda talabalar yashashi va dars qilishlari, tashabbuslarini ro’yobga chiqarib, innovatsion g’oyalarini namoyon etishlari uchun barcha sharoitlar bor. Sport, to‘garak xonalari, kutubxona, oshxona, tikuv xonalari va boshqalar shular jumlasidan.

2023-2024-o‘quv yili uchun 1-bosqich talabalariga - 500 o’rin, 2-bosqich talabalariga - 370 o’rin, 3-bosqich talabalariga - 265 o’rin, 4- va magistratura bosqichidagi talabalarga esa 145 ta o’rin ajratilgan.

Biz — Navoiy davlat pedagogika instituti talabalarni o‘z xonadoni kabi qulay, sifatli sharoitlarda yashashiga va ta’lim olishiga mas’ulmiz.

📲rasmiy kanalimizga obuna bo'ling va kunlik yangiliklardan xabardor bo'ling

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
Forwarded from Edu.uz
#O‘qishni_ko‘chirish

TEZKOR!

⚡️ O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovi natijalari e’lon qilindi

Talabalar o‘qishini xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha 2023-yil 16-avgust kuni o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi.

Test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini 3 xil usulda bilishlari mumkin:

1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “O‘qishni ko‘chirish (xorijdan) Natijani olish“ bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.uzbmb.uz saytining “O‘qishni ko‘chirish-2023” bo‘limi orqali talabgorning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga talabgorning ID raqamini yuborgan holda (“O‘qishni ko‘chirish 2023” bo‘limidan):

👉 @e_dtm_mandatbot
👉 @e_dtm_mandat1bot
👉 @e_dtm_mandat2bot
👉 @e_dtm_mandat3bot
👉 @e_dtm_mandat4bot

Izoh: mutaxassislik fanlaridan kasbiy (ijodiy) imtihon topshirgan (topshiradigan) talabgorlarning natijalari OTMlar tomonidan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari Bilimni baholash agentligiga taqdim etilgandan soʻng e’lon qilinadi.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube