NDU_NSU_NGU
387 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
#o‘qishni_ko‘chirish

🏛Navoiy davlat pedagogika institutida 2023/2024-oʻquv yilida xorijiy va nodavlat OTMlardan oʻqishni koʻchirish uchun hujjat topshirgan talabalarga kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo‘lib o‘tmoqda.

Korrupsion holatlarni oldini olish maqsadida imtihon jarayonlari Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi mas’ul xodimlari, Institut rahbariyati hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan kuzatib borilmoqda.

🖇Ma’lumot uchun, Jismoniy madaniyat (kunduzgi, sirtqi) - 43 nafar, Kasb ta’limi: Libos va gazlamalar - 3 nafar hamda Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi, Xotin-qizlar sporti, Musiqa ta’limi yo‘nalishlariga esa 1 nafardan, jami 49 nafar talabgor hujjat topshirgan.

📲rasmiy kanalimizga obuna bo'ling va kunlik yangiliklardan xabardor bo'ling

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
Forwarded from Edu.uz
⚡️ So‘nggi kun natijalari e’lon qilindi

13-avgust kuni test sinovida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 3 xil usulda bilishlari mumkin:

1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:

👉 @e_dtm_mandatbot
👉 @e_dtm_mandat1bot
👉 @e_dtm_mandat2bot
👉 @e_dtm_mandat3bot
👉 @e_dtm_mandat4bot

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#o‘qishni_ko‘chirish
#natijalar

⚡️Navoiy davlat pedagogika institutida 2023/2024-o‘quv yilida o‘qishni ko‘chirish uchun o‘tkazilgan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari

Yo‘nalishlar:
👉TASVIRIY SAN’AT VA MUHANDISLIK GRAFIKASI;
👉PROFESSIONAL TA’LIM: DIZAYN (LIBOS VA GAZLAMALAR);
👉JISMONIY MADANIYAT (barcha ta’lim turlari bo‘yicha);
👉MUSIQA TA’LIMI.

📲rasmiy kanalimizga obuna bo'ling va kunlik yangiliklardan xabardor bo'ling

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Talabaga_qulaylik

TALABALAR TURAR JOYLARI YANGI O‘QUV YILIGA TAYYOR

Navoiy davlat pedagogika instituti o‘quv binolari va talabalar turar joylarida ta’mirlash, obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Institut tasarrufidagi 4 ta talabalar turar joyida jami 1280 ta o’rin mavjud. Yotoqxonalarda talabalar yashashi va dars qilishlari, tashabbuslarini ro’yobga chiqarib, innovatsion g’oyalarini namoyon etishlari uchun barcha sharoitlar bor. Sport, to‘garak xonalari, kutubxona, oshxona, tikuv xonalari va boshqalar shular jumlasidan.

2023-2024-o‘quv yili uchun 1-bosqich talabalariga - 500 o’rin, 2-bosqich talabalariga - 370 o’rin, 3-bosqich talabalariga - 265 o’rin, 4- va magistratura bosqichidagi talabalarga esa 145 ta o’rin ajratilgan.

Biz — Navoiy davlat pedagogika instituti talabalarni o‘z xonadoni kabi qulay, sifatli sharoitlarda yashashiga va ta’lim olishiga mas’ulmiz.

📲rasmiy kanalimizga obuna bo'ling va kunlik yangiliklardan xabardor bo'ling

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
Forwarded from Edu.uz
#O‘qishni_ko‘chirish

TEZKOR!

⚡️ O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovi natijalari e’lon qilindi

Talabalar o‘qishini xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha 2023-yil 16-avgust kuni o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi.

Test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini 3 xil usulda bilishlari mumkin:

1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “O‘qishni ko‘chirish (xorijdan) Natijani olish“ bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.uzbmb.uz saytining “O‘qishni ko‘chirish-2023” bo‘limi orqali talabgorning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga talabgorning ID raqamini yuborgan holda (“O‘qishni ko‘chirish 2023” bo‘limidan):

👉 @e_dtm_mandatbot
👉 @e_dtm_mandat1bot
👉 @e_dtm_mandat2bot
👉 @e_dtm_mandat3bot
👉 @e_dtm_mandat4bot

Izoh: mutaxassislik fanlaridan kasbiy (ijodiy) imtihon topshirgan (topshiradigan) talabgorlarning natijalari OTMlar tomonidan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari Bilimni baholash agentligiga taqdim etilgandan soʻng e’lon qilinadi.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
TEXNIKUMLАRNI MUVАFFАQIYATLI TАMOMLАGАN BITIRUVCHILАR SUHBАT АSOSIDА OLIY TА’LIMGА QАBUL QILINADI

🔰Bugun, 18-avgust sanasida Navoiy davlat pedagogika institutida texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar bilan bakalavriat taʼlim yoʼnalishlariga suhbat asosida oʼqishga qabul qilish jarayoni bo‘lib o‘tdi.

Suhbat avvalida imtihon jarayonida turli xil korrupsiyon holatlarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida komissiya a’zolari bilan institut prorektori G’.Yodgorov hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplayens nazorat“ tizimini boshqarish bo‘limi boshlig’i A.Xalikov yig’ilish o‘tkazdilar.

Institutda pediatriya va davolash ishi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha jami 19 nafar nomzod hujjat topshirgan.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
👍1
#natijalar

⚡️Texnikumlаrni muvаffаqiyatli tаmomlаgаn bitiruvchilаrni suhbаt аsosidа oliy tа’limgа oʼqishgа qаbul qilish bo‘yicha imtihon natijalari e’lon qilindi.

IZOH: Komissiya tomonidan tasdiqlangan “yakuniy natijalarni qayd etish“ varag‘iga asosan Suhbat komissiyasining ishtirok etgan a’zolari tomonidan qo‘yilgan ballarning o‘rtacha 67 ball va undan yuqori bo‘lganda abituriyent suhbatdan o‘tgan hisoblanadi.

📲rasmiy kanalimizga obuna bo'ling va kunlik yangiliklardan xabardor bo'ling

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy