NDU_NSU_NGU
387 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
NAVDPIDA MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLLARI UCHUN QISQA MUDDATLI O‘QUV KURSI TASHKIL ETILDI

🔰Unda Navoiy viloyatining besh nafar hududlaridan xotin-qizlar faollari ishtirok etdi. Jumladan, Navoiy va G’azg’on shaharlari, Karmana, Navbahor, Nurota tumanlaridan jami 152 nafar xotin-qizlar qatnashdilar. O‘quv kursiga belgilangan nazariy va amaliy darslarni institut Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchilari hamda institut psixologi D.Abduraimovalar tomonidan batafsil mavzular yoritildi.
Mazkur seminar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi “Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida“gi PQ-146-son qaroriga muvofiq viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamda Navoiy davlat pedagogika instituti bilan hamkorlikda tashkil etildi.
👍3
“Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida oʻquv seminari boshlandi

🏛Navoiy davlat pedagogika institutida yoshlar va voyaga yetmaganlar oʻrtasida sodir etilayotgan jinoyatchiliklarni keskin kamaytirish yuzasidan oʻquv-seminarlarning birinchi kuni o‘tkazildi.

Oʻquvlarda mahalla “beshligi” faoliyati, ijtimoiy profilaktika, yoshlar oʻrtasida jinoyatchiliklar tahlili va kamaytirish masalalari bilan bir qatorda Yangi Oʻzbekiston sharoitida taʼlim, jumladan oliy taʼlim tizimidagi islohotlar va ularda yoshlarning oʻrni masalalariga yetarlicha urgʻu berildi.

Bizni kuzating👇🏻
Telegram | Web | Facebook | Instagram | You tube
👍2
⚡️NAVDPIDA “MIRZO ULUG’BEK VORISLARI“ RESPUBLIKA TANLOVI G’OLIBLARI UCHUN TASHKIL ETILGAN MAQSADLI O‘QUV KURSLARI ISHTIROKCHILARIGA SERTIFIKATLAR TOPSHIRILDI

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan taqdim etilgan dastur asosida o‘tkazilgan o‘quv kurslarida ishtirokchilarga soha mutaxassislari tomonidan ma’ruza va seminarlar o‘qib eshittirildi.

✅Bugun, 25-avgust sanasida mazkur o‘quvlar yakunlanib, qatnashchilarga NavDPI rahbariyati tomonidan sertifikatlar topshirildi.

Bizni kuzating👇🏻
Telegram | Web | Facebook | Instagram | You tube
👍1
NAVDPI PROFESSOR-O‘QITUVCHILARI MAHALLALARDA O‘TKAZILAYOTGAN TADBIRLARDA FAOL ISHTIROK ETMOQDA

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun” shiori ostidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda. 

Xuddi shunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar Uchquduq tumanining barcha mahallalarida, ovullarida tashkil etilmoqda.

“Uchquduqliklar qalbida bayram shukuhi ufurib turganiga ancha bo‘ldi. O‘tkazilayotgan istiqlol tantanalariga Navoiy davlat pedagogika instituti va Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti professor-o‘qituvchilari hamda xodimlari ishtirok etib, tumanimiz ahlini bayram bilan tabriklashlari bizni yanada quvontirdi. Targ‘ibot tadbirlarini yuqori saviyada tashkil etilishida yaqindan yordam berib kelayotganligi uchun NavDPI hamda NavDKTU rektorlariga tuman hokimligi nomidan minnatdorchilik bildiramiz”, - dedi Uchquduq tuman Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi rahbari Janagul BULEKBAYEVA.

👉
https://t.me/NavDPI_Rasmiy
👍2