NDU_NSU_NGU
387 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
Viloyat hokimi Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeyida boʻldi

🔰Bugun, 31-avgust — Qatagʻon qurbonlarini yod etish kuni munosabati bilan Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov Navoiy davlat pedagogika instituti tuzilmasidagi Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeyida boʻlib, muzey faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Muzeydagi tarixiy ashyolar, ekspozitsiyalar, qoʻlyozmalar, xalqimiz istiqloli va ilm-u ma’rifati uchun jonlarini fido qilib kurashgan, nohaq tuhmat va ayblovlar bilan qatag‘on qilingan, surgun qilingan ajdodlarimiz haqida muzey direktori Xurshid Qurbonov batafsil maʼlumot berdi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
#marafon

🏃NAVDPI JAMOASI “YANGI NAFAS“ OMMAVIY SPORT TADBIRIDA ISHTIROK ETDI

Respublikamizning 16 hududida “Bir vatanda, bir vaqtda, bir masofaga, bir maqsadda – birga yuguramiz” shiori ostida “Yangi nafas“ yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

🔰Navoiy shahrida o‘tkazilgan ommaviy sport tadbirida 3 ming nafardan ziyod yugurish havaskorlari, sportchilar, talabalar, harbiylar, yoshlar, nuroniylar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Ommaviy sport tadbirida Navoiy davlat pedagogika instituti rahbariyati boshchiligida talabalar, professor-o‘qituvchilar hamda tyutorlar faol qatnashdi.

Musobaqa yakunida bir qator nominatsiyalar bo‘yicha Jismoniy madaniyat fakulteti talabalari 1 ta birinchi va 3 ta uchinchi o‘rinlarni egallab, diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

📲rasmiy kanalimizga obuna bo'ling va kunlik yangiliklardan xabardor bo'ling

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
#BARCHA_TALABALAR_DIQQATIGA

📢Sizda yetakchilik, liderlik qobiliyati bormi?
Yoki siz jonkuyar hamda tashabbuskormisiz?

💥U holda biz sizga O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy davlat pedagogika instituti boshlang‘ich tashkiloti Kengashi a'zolarining quyidagi koordinatorligini taklif qilamiz:

📚 Intelektual loyihalar koordinatori;
🏓Besh tashabbus loyihalari koordinatori;
👨‍✈️Harbiy-vatanparvarlik loyihalari koordinatori;
💻Tadbirkorlik va innovatsion loyihalar koordinatori;
📖Yoshlar daftari va metsenatlik dasturlari koordinatori;
👩‍🏫 Talaba-qizlar koordinatori.
🔰 Fakultet koordinatorlari

💵 Koordinatorlar oʼz mehnatlari uchun har oyda bazaviy stipendiyaning 3 baravari miqdoriga teng bo‘lgan qo‘shimcha moddiy rag‘batlantiriladi.

✅Nomzodlar test sinovlari, esse yozish hamda tanlov komissiyasi suhbati asosida saralab olinadi.

🔹Nomzodlar arizlarini 2023-yil 15-sentyabrga qadar @NavDPI_YI_bot orqali topshirishi mumkin.

Qo‘shimcha savol va murojaatlar uchun: @Akmal_Najmiddinovich

@NavDPI_YI
Salom, yoshlar!

🎓 Navoiy davlat pedagogika instituti 1-bosqich talaba-yoshlarning tezroq oʻquv jarayoniga moslashishiga koʻmak berish, talabalarni Yoshlar ittifoqi va hamkor tashkilotlar tomonidan yoshlar uchun tashkil etilgan loyihalar va tanlovlar, yaratilgan imtiyozlar bilan tanishtirish maqsadida 5-9-sentabr kunlari "Tanishtiruv haftaligi" boʻlib oʻtadi!

📌"Tanishtiruv haftaligi" doirasida siz nafaqat Navoiy davlat pedagogika instituti bilan yaqindan tanishasiz, balki, talabalik davrining ilk kunlaridan bu davrni mazmunli oʻtkazish uchun aniq va maqsadli reja tuzib olasiz.

📊 Yuqoridagi infografika orqali "Tanishtiruv haftaligi" haqida batafsil maʼlumotga ega boʻlishingiz mumkin!