NDU_NSU_NGU
387 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
#Jarayon

4-sentyabr kunidan boshlab, barcha oliy taʼlim muassasalari va umumta’lim maktablarida 2023/2024-o‘quv yili boshlandi

Navoiy davlat pedagogika institutida ham yangi oʻquv yilining boshlanishi bayramona kayfiyatda tashkil etildi.

Erta tongdan institut rahbariyati, fakultet dekanlari, professor-o‘qituvchilar va tyutorlar birgalikda talabalar va ularning yaqinlarini milliy kuy-qo‘shiq ohanglari ostida samimiy kutib olishdi.

Xususan, Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakultetida tantanali bayram tadbiri tashkil etildi. Institut rahbariyati ishtirok etgan tadbirda X.Qurbonov so‘zga chiqib, mamlakatimiz taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar to‘g’risida ma’lumot berdi hamda institutimiz rektori B.Sobirovning yangi o‘quv yili munosabati bilan bildirgan bayram tabrigini yetkazdi.

Ma’lumot o‘rnida, 1-kurs talabalariga bir hafta davomida tanishtiruv hamda Mustaqillik darslari oʻtiladi. Qolgan barcha kurs talabalariga esa darslar oʻquv reja asosida olib boriladi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
👍2
NavDPI rektori “birinchi qoʻngʻiroq“ tadbirida ishtirok etdi

✅Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 32 yilligi hamda Bilimlar kuni munosabati bilan “Yangi hayot uchun, Yangi Oʻzbekiston uchun!”, “Sifatli taʼlim – kuchli jamiyat” shiorlari ostida Navbahor tumanidagi 15-umumtaʼlim maktabida boʻlib oʻtgan tadbirda Navoiy davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Sobirov ishtirok etib, birinchi sinfga qabul qilingan 141 nafar oʻquvchilarga Prezidentimizning maxsus sovgʻalarini hamda institut tomonidan maktab kutubxonasi uchun kitoblar jamlanmasi va qimmatbaho esdalik sovgʻalarni topshirdilar.

Shuningdek, Navoiy davlat pedagogika institutining professor-oʻqituvchilari tomonidan maktab oʻqituvchilarining ilmiy salohiyatini oshirish, dars jarayonlarida yangi pedagogik texnologiyalarni qoʻllash, hamkorlikda ilmiy izlanishlar olib borish, darslik, oʻquv qoʻllanma, monografiyalar yaratish bo‘yicha kelishuv amalga oshirildi.

Bizni kuzating👇🏻
Telegram | Web | Facebook | Instagram | You tube
❤1
02-10-2174 иловаси Магистратура.pdf
616.3 KB
#Magistratura_natijalari

📨Ushbu faylda 2023/2024 oʻquv yilida Navoiy davlat pedagogika instituti Magistratura bosqichiga hujjat topshirgan talabgorlarning tanlov natijalari eʼlon qilindi.

📲rasmiy kanalimizga obuna bo'ling va kunlik yangiliklardan xabardor bo'ling

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
#talaba_minbari

TALABAMIZ XORIJ FESTIVALIDA ISHTIROK ETDI

#NavDPI O‘zbek tili va adabiyoti fakultetining 4-bosqich talabasi Umeda Rahmonova 25-31-avgust kunlari Turkiyaning Alanya shahrida Turkiya va O‘zbekiston hamkorligida tashkil etilgan xalqaro festivalda ishtirok etdi.

Festival doirasida chop etilgan xalqaro antologiyada (nisbatan kichik hajmdagi badiiy matnlar toʻplami) Umeda Rahmonovaning ijodiy ishlari chop etildi. Konferensiya davomida so‘zga chiqqan faol talabamiz xalqaro sertifikat bilan taqdirlandi.

Bizni kuzating👇🏻
Telegram | Web | Facebook | Instagram | You tube
Forwarded from Edu.uz
#To‘lov_kontrakt

Davlat oliygohlarining barcha bosqich talabalari uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari oshirilmaydi!

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz ta’lim tizimiga qaratayotgan alohida e’tibori natijasida 2023/2024-o‘quv yili uchun barcha yo‘nalishlar bo‘yicha to‘lov-kontrakt miqdorlari oshirilmaydigan bo‘ldi.

Talabalar va ularning ota-onalariga yengillik yaratish va ularni qo‘llab-quvvatlash hamda aholining to‘lov qobiliyatini inobatga olgan holda, istisno tariqasida, 2023/2024-o‘quv yili uchun barcha bosqichdagi talabalarning to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymati miqdori davlat oliy ta’lim muassasalari, jumladan, moliyaviy mustaqillik berilgan oliygohlarda ham bazaviy to‘lov-kontrakt qiymati 2022/2023-o‘quv yili uchun belgilangan miqdorlarda saqlab qolinadi.

Shu bilan bir qatorda, 2023/2024-o‘quv yili tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorlari o‘tgan o‘quv yili uchun belgilangan miqdorlarda o‘zgarishsiz qoladi.

2023/2024-o‘quv yili qabulida to‘plagan ballari tasdiqlangan qabul parametrlari chegarasiga yetmagan, lekin tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida tahsil olish istagini bildirgan abituriyentlarga, istisno taraqasida yangi o‘quv yili boshlanishidan shartnomalar rasmiylashtirishga, shuningdek bir yillik o‘qitish qiymatining 50 foizini to‘laganlarni talabalar safiga qabul qilishga ruxsat berildi.

Shuningdek, yana bir yengillik – tasdiqlangan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt qiymatini 2023-yil 15-oktabriga qadar to‘liq to‘lagan abituriyentlar uchun 10 foiz miqdorida chegirma berilmoqda.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#VIDEOREPORTAJ

TALABALARNI TALABALAR TURAR JOYI (YOTOQXONA)GA JOYLASHTIRISH ISHLARI QANDAY KETMOQDA❓

Kameramiz obyektivlari ushbu savolga javob olish maqsadida NavDPIning 1-sonli talabalar turar joyiga borib, jarayonlar bilan tanishdi.

🖇Ma’lumot o‘rnida, bugungi kunda NavDPIning 4 ta talabalar turar joyi mavjud va ularga 1280 nafar talaba joylashish imkoniga ega. Birinchi bosqich talabalari my.gov.uz portali orqali onlayn ariza yuborishsa, 2-3-4-kurs talabalari esa kerakli hujjatlar asosida yotoqxonaga joylashishlari mumkin.

Shuni ham ta’kidlash joizki, institutning barcha yotoqxonalarida talabalar turar joyi va ijara xonadonlariga joylashlashtirishga ko‘maklashuvchi “ma’lumotlar markazi“ o‘z faoliyatini olib bormoda.

📲rasmiy kanalimizga obuna bo'ling va kunlik yangiliklardan xabardor bo'ling

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy