NDU_NSU_NGU
387 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
NDU - Navoiy davlat universiteti
#Rektor_va_yoshlar_forumi #Fotokolleksiya
Rektor va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Navoiy shahridagi “Kimyogar” o‘yingohida Navoiy davlat pedagogika instituti talabalari bilan “Rektor va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.

Unda 2000 nafardan ziyod talaba-yoshlar ishtirok etdi. Uchrashuv davomida ko‘ngilochar tadbirlar, musiqali chiqishlar, test sinovlari hamda sport sohalarida yaxshi natijalarga erishgan talabalarni taqdirlash marosimi, shuningdek talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Ochiq muloqot davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob oldilar.

Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mas’ullari, viloyat hokimi o‘rinbosari, Yoshlar agentligi mas’ullari ishtirok etib, talabalarga tabrik so‘zlarini yo‘lladilar.

Bizni kuzating:
Telegram | nspi.uz | Facebook | Instagram | You tube
#Диққат

❗️Бухоро давлат тиббиёт институти Бухоро давлат тиббиёт университетига, Навоий давлат педагогика институти Навоий давлат университетига айлантирилади.

Батафсил 👉🏽 Дунё🌐Уз
👍6
Tadbirkor va yoshlar uchrashuvi

🔰
Yoshlar bilan ishlash, ularning qiziqishlarini roʻyobga chiqarish maqsadida oʻz mehnati, irodasi bilan katta yutuqlarga erishgan tadbirkorlar hamda biznes vakillari bilan “Tadbirkor va yoshlar” uchrashuvlari tashkil etib kelinmoqda.

✅Bugun Navoiy davlat pedagogika institutida tadbirkor, “Shuhrat" medali sovrindori, Konimex tumani “Pride Workwear” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari Saidova Dilrabo Alikovna bilan talabalar uchrashuvi tashkil qilindi.

✔️Mazkur uchrashuvda tajribali tadbirkor muvaffaqiyatga erishish sirlari, o‘zining hayot yo‘lida erishgan natijalari hamda ungacha bo‘lgan ayrim qiyinchiliklar haqida so‘zlab berdi.

Uchrashuvda tadbirkor yoshlarni biznes yuritish borasida qiziqtirgan barcha savollariga javob qaytardi, ularni olgʻa intilishga chorladi.

🖇Ma’lumot o‘rnida, Dilrabo Saidova asli kasbi hamshira. Oʻz faoliyatini 2 dona tikuv mashinasida boshlagan ishbilarmon bugun 500 nafar xotin-qizlarni ish bilan ta’minlagan.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
👍1