NDU_NSU_NGU
387 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
Tadbirkor va yoshlar uchrashuvi

🔰
Yoshlar bilan ishlash, ularning qiziqishlarini roʻyobga chiqarish maqsadida oʻz mehnati, irodasi bilan katta yutuqlarga erishgan tadbirkorlar hamda biznes vakillari bilan “Tadbirkor va yoshlar” uchrashuvlari tashkil etib kelinmoqda.

✅Bugun Navoiy davlat pedagogika institutida tadbirkor, “Shuhrat" medali sovrindori, Konimex tumani “Pride Workwear” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari Saidova Dilrabo Alikovna bilan talabalar uchrashuvi tashkil qilindi.

✔️Mazkur uchrashuvda tajribali tadbirkor muvaffaqiyatga erishish sirlari, o‘zining hayot yo‘lida erishgan natijalari hamda ungacha bo‘lgan ayrim qiyinchiliklar haqida so‘zlab berdi.

Uchrashuvda tadbirkor yoshlarni biznes yuritish borasida qiziqtirgan barcha savollariga javob qaytardi, ularni olgʻa intilishga chorladi.

🖇Ma’lumot o‘rnida, Dilrabo Saidova asli kasbi hamshira. Oʻz faoliyatini 2 dona tikuv mashinasida boshlagan ishbilarmon bugun 500 nafar xotin-qizlarni ish bilan ta’minlagan.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
👍1
Yoshlar ittifoqi BT Kengashi tomonidan "Shaxmat" sport musobaqasi hamda “Zakovat“ o‘yini tashkil etildi.

"Shaxmat" musobaqasida ishtirokchilar quyidagicha o‘rin olishdi
:

🥇1-o‘rin Ingliz tili va adabiyoti fakultetining 3-kurs talabasi A.Gʻaybullayev;
🥈2-o‘rin NavDPI Akademik litseyi 2-kurs o‘quvchisi J.Hazratov;
🥉3-o‘rin Akademik litseyning 2-kurs o‘quvchisi N.Esanovlar egalladi.

“Zakovat“ intellektual o‘yinida

🥇1-o‘rin Tibbiyot fakultetining “Oxygen“ jamoasi;
🥈2-oʻrin Oʻzbek tili va adabiyoti fakultetining “Koʻhinur“ jamoasi;
🥉3-oʻrin Matematika-informatika fakultetining “Qalqon“ hamda Ingliz tili va adabiyoti fakultetining “Saturn“ jamoalari egallashdi.

Bizni kuzating:
Telegram | nspi.uz | Facebook | Instagram | You tube
🇺🇿 Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi oʻrinbosari Abdushukur Yangiyev Navoiy davlat pedagogika institutida bo‘lib, yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkilot Kengashi faoliyati bilan tanishdi, fakultet koordinatorlari bilan suhbat qurildi.

Talabalar turar joyidagi shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi hamda Qatag’on qurbonlari xotirasi muzeyi bo‘ylab
sayohat qilindi.

📲rasmiy kanalimizga obuna bo'ling va kunlik yangiliklardan xabardor bo'ling

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
#sayyor_qabul

📣Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining ma'sul xodimi, Navoiy viloyat Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar boshqarma boshlig‘i hamda Navoiy davlat pedagogika instituti rektori ishtirokida sayyor qabul oʻtkaziladi.

Joriy yilning 14-sentabr kuni soat 10:00da Navoiy viloyati Navbahor tumani kasb-hunar maktabida sayyor qabul tashkil etiladi.

Navoiy viloyati yoshlarini ushbu qabulda faol ishtirok etishlarini soʻrab qolamiz.

💬Bog‘lanish uchun: +998 93 464 59 29

Manbaa: https://t.me/OTFIV_Navoiy

Bizni kuzating:
Telegram | nspi.uz | Facebook | Instagram | You tube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Янгиликлар 24 | Ректор ва ёшлар учрашуви
#13sep #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur