NDU_NSU_NGU
387 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
Navoiy davlat pedagogika institutida boshlang'ich tashkilot yig'ilishi bo'lib o'tdi.

📌Yig'ilishda O'zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati Kengashi raisi
J.Jumayev hamda institutning o'quv ishlari bo'yicha prorektori G’.Yodgorov ishtirok etdi.

🔰Shuningdek, O'zbekiston yoshlar ittifoqining boshlang'ich tashkilot yetakchisi hamda fakultet koordinatorlarining bir yillik samarali faoliyati e'tirof etildi.

📝Bundan tashqari, 2023-2024-o'quv yilida NavDPI koordinatorlarini aniqlash maqsadida viloyat OTMlaridan tuzilgan ishchi guruh tomonidan 1-bosqich talabalaridan test jarayonlari olindi. Testdan namunali natija ko'rsatgan yoshlar keyingi bosqichga yo'llanmani qo'lga kiritishdi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
INTERNETDAGI SOXTA ONLAYN SAVDO DO‘KONLARIDAN OGOH BO‘LING

⏳Navoiy viloyatida Ichki ishlar vazirligi Tezkor-qidiruv departamenti Kiberxavfsizlik markazi hamda manfaatdor idora va tashkilotlar bilan hamkorlikda “Kibermakonda sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashish haftaligi” oʻtkazilmoqda.

🎥Yuqorida havola etilgan videorolik Navoiy davlat pedagogika instituti talabalari tomonidan "CYBER WEEK NAVOIY" kompleks targʻibot-tashviqot tadbirlari doirasida oʻtkazilayotgan tanlov uchun tayyorlandi.

KIBERFIRIBGARLARNING TUZOG’IGA TUSHIB QOLMANG!

📲rasmiy kanalimizga obuna bo'ling va kunlik yangiliklardan xabardor bo'ling

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 78-sessiyasidagi nutqida ilgari surgan taklif va tashabbuslarining mazmun-mohiyati bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda NavDPI rektori Bahodir Sobirov hamda professor-o‘qituvchilar Prezidentimiz tomonidan bildirilgan taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlab, o‘z munosabatlarini bildirishdi.

Bizni kuzating:
Telegram | nspi.uz | Facebook | Instagram | You tube
🔰Navoiy davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Sobirov bugun prorektorlar, dekanlar, kafedra mudirlari va ayrim boʻlim boshliqlari bilan yigʻilish oʻtkazdi.

✅Yigʻilishda talabalar bandligini taʼminlash borasidagi ishlar, odob-axloq qoidalarini keng targʻib qilish, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati hamda institutimizning 40 yilligi uchun o‘tkaziladigan anjumanga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
Forwarded from Edu.uz
#talabaga_yengillik

⚡️1-kursga tavsiya etilganlar uchun toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 15-oktabrga qadar uzaytirildi

Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan, ko‘pchilik abituriyentlar va ularning ota-onalari hamda oliy taʼlim muassasalari rektorlarining murojaatlarini inobatga olib, 2023/2024-o‘quv yilida oliy taʼlim muassasalari bakalavriati va magistraturasiga to‘lov-kontrakt, jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar o‘qishi uchun to‘lov haqini o‘tkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati 2023-yilning 15-oktabri etib belgilandi.

Eslatma: amaldagi tartibga ko‘ra, ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalar kontraktini to‘lash muddati OTM rahbarining buyrug‘i bilan uzaytirilishi mumkin.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#BMT_78_sessiya

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SHAVKAT MIRZIYOYEVNING BIRLASHGAN MILLATLAR TASHKILOTI BOSH ASSAMBLEYASINING 78-SESSIYASIDAGI NUTQIGA MUNOSABAT:

— Muhtaram Prezidentimizning BMTning 78-sessiyasida so‘zlagan nutqlarida global va umuminsoniy mohiyat kasb etdi. O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy islohotlar inson qadrini yuksaltirishga qaratilgan muhim strategiya ekanligi, hamda yoshlar siyosati muhim global va mintaqaviy muammolardan ekanligi belgilab berildi.

👉BATAFSIL

Bizni kuzating:
Telegram | nspi.uz | Facebook | Instagram | You tube
👍1
#BMT_78_sessiya

MUNOSABAT: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev shu yilning 19-sentyabr kuni BMT Bosh Аssambleyasining 78-sessiyasida ikkinchi bor oʻzbek tilida nutq soʻzladilar va har bir koʻtarilgan global masalalar boʻyicha takliflar bildirdilar.

👉BATAFSIL

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy