NDU_NSU_NGU
387 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎼Har kuni erta tongdan Navoiy davlat pedagogika instituti fakultetlarida talabalarni milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash hamda anʼanalarimizga boʻlgan mehr- muhabbatini yanada yuksaltirish maqsadida dars jarayonlari boshlangunga qadar maqom yo‘nalishidagi qoʻshiqlar yangramoqda.

📹Ushbu lavhada Tarix hamda O‘zbek tili va adabiyoti fakultetlarida milliy navolarning kuylanayotgan holati aks etgan.

📲rasmiy kanalimizga obuna bo'ling va kunlik yangiliklardan xabardor bo'ling

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
#Munosabat

Navoiy davlat pedagogika institutining professor-o‘qituvchilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 78-sessiyasidagi nutqida ilgari surgan taklif va tashabbuslari bo‘yicha munosabat bildirishmoqda.

🔹O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 78-sessiyasidagi nutqiga munosabat — Falsafa fanlari doktori, professor Nigora Safarova.

🔸Har bir koʻtarilgan global masalalar boʻyicha takliflar bildirildi — Iqtisodiyot fanlari doktori, professor Nodira Murodova.

🔹Президент Республики Узбекистан Шавкат Миромонович Мирзиёев ёще раз доказал приверженность страны идеям гуманизма, миролюбия, национального равенства — Азиза Аминова, доктор исторических наук.

🔸BMTda ikkinchi bor o‘zbek tilida nutq yangradi — Filologiya fanlari doktori, professor Abdulhamid Xolmurodov.

🔹Ekologik muammo — global muammo — Biologiya fanlari nomzodi, dotsent Gulchexra Shamsidinova.

🔸Prezidentimiz tomonidan konstruktiv takliflar bildirildi — Tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) Abuyev Husan.

🔹Dunyo minbaridan yangragan murojaat — Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent Zarif Quvonov.

Bizni kuzating:
Telegram | nspi.uz | Facebook | Instagram | You tube
Akademik litsey o‘quvchilari qadim va hamisha navqiron Samarqand bo‘ylab sayohat qilishdi.

🇺🇿NavDPI Akademik litseyining bir guruh o‘quvchilari o‘qituvchilari boshchiligida ko‘hna va navqiron Samarqand shahrining tarixiy hamda diqqatga sazovor joylari, yangi barpo etilgan inshootlari bilan tanishib, bir olam taassurotlar olishdi.

➖➖➖
🇷🇺Группа учащихся Академического лицея НавГПИ под руководством преподавателя ознакомились с историческими и интересными местами старого и современного города Самарканда, новыми сооружениями и получили массу впечатлений.

➖➖➖
🇬🇧A group of students of NavSPI Academic Lyceum, led by their teacher, got acquainted with the historical and interesting places of the old and modern city of Samarkand, as well as newly built structures, and got a lot of impressions.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
Tayanch doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar bilan uchrashuv tashkil etildi.

🔰Navoiy davlat pedagogika institutida Innovatsion rivojlanish agentligining 2023-yil 8-sentabrdagi “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimida tahsil olayotgan izlanuvchilar faoliyati samaradorligi monitoringini tashkil etish to‘g‘rsida”gi 168-sonli buyrug‘i asosida tuzilgan ishchi guruh a’zolari, Navoiy viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi mas’ullari, NavDPI rahbariyati tayanch doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar bilan uchrashuv o’tkazildi.

✔️Uchrashuv davomida o‘qish davrida va himoya jarayonlari bo‘yicha muammo va savollarga joyida asosli javoblar, yechimlar ko‘rsatildi. Tayanch doktorantlar, mustaqil izlanuvchilarining xorijda malaka oshirish hamda tajriba almashinuvlari bo‘yicha yaratilgan shart-sharoitlar, grantlar haqida ma’lumotlar berildi. Dissertatsiya ishining mavzulari, himoyaga tayyorlik darajalari haqida suhbat tashkil etilib, tegishli takliflar berildi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
Respublika ishchi guruhi institutda boʻldi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov NavDPIga tashrif buyurdi.

Tashrif avvalida institutda korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar hamda talaba-yoshlarga yaratib berilayotgan shart-sharoitlar, moddiy ragʻbatlantirishlarga oid maxsus videorolik namoyish qilindi. Institut rektori Bahodir Sobirov professor-oʻqituvchilarning ilmiy salohiyati, yangi kampus qurilish jarayonlariga batafsil toʻxtaldi. Akmal Burxanov tomonidan aholi, ayniqsa, talaba-yoshlar orasida korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan targʻibotlarni koʻpaytirish, koʻp yillar institutda faoliyat olib borgan faxriy pedagoglar haqida koʻrsatuvlar tayyorlash kerakligi xususida takliflar berildi.

Shuningdek, yoshlar bilan ishlash sohasida taqdimot qilindi.

Shundan soʻng institut tuzilmasidagi Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeyidagi tarixiy hujjatlar, eksponatlar, qatagʻonga uchragan ajdodlarimiz haqida maʼlumot berildi

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
Forwarded from "YUKSALIŞ" HARAKATI
“Юксалиш” умуммиллий ҳаракати мактабларда янги ўқув йили бошланишидан олдин ўқитувчиларнинг мажбурий меҳнатга жалб қилиниши, ўзларига алоқадор бўлмаган ишларга жалб этилиши ҳолатларини аноним сўров асосида ўрганди.

✍ Сўровномада бутун республика бўйлаб жами 5 745 нафар мактаб ўқитувчи ва мураббийлари иштирок этди.

Натижаларга кўра:
☑️ респондентларнинг 92,3 %и ёзги таътил даврида мактаб раҳбарияти томонидан ишга чақирилмаган
☑️ респондентларнинг 78 %и фаолиятида ўзларига юклатилган расмий мажбуриятидан ташқари вазифалар юклатилмаган.

👆Лекин "Ташаббусли бюджет" лойиҳаларига овоз йиғиш, маҳаллий ҳокимиятлар тадбирларига жалб қилиниш каби ҳолатлар бўлган.

Сўровнома натижалари бизнинг навбатдаги #инфографикамизда акс этган.

Батафсил: 👉 https://yumh.uz/uzc/news_detail/613

YUKSALISH HARAKATI