NDU_NSU_NGU
387 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
OTADEK ULUGʻ, BAGʻRIKENG USTOZ

Ustoz deganda har qaysi insonning ko‘nglida chuqur hurmat-ehtirom va cheksiz minnatdorlik tuyg’ulari paydo bo‘ladi.

🔰Bugun Navoiy davlat pedagogika instituti professor-oʻqituvchilari uchun 1-oktyabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan Navoiy shahridagi “Azamat Fayz“ restoranida bayram dasturxoni yozilib, tantanali tadbir tashkil etildi.

Bayram munosabati bilan oliygohda taʼlim samaradorligini oshirish, yoshlarga taʼlim-tarbiya va zamonaviy fan sohalarini egallashda oʻz xizmatini ayamagan, hozirgi kunda nafaqa gashtini surayotgan, qolaversa, institut ravnaqi yo‘lida oʻz hissasini qoʻshib kelayotgan professor-oʻqituvchilar institutimiz rektori Bahodir Sobirov tomonidan tashakkurnoma hamda qimmatbaho esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

Bayram tadbiri kuy-qo‘shiqlar va unutilmas raqslar hamohangligida davom etdi.

Tadbirni yuqori saviyada tashkil etgan institut rahbariyatiga professor-o‘qituvchilar chuqur minnatdorliklarini izhor qildilar.
#E’TIROF

🔰Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashdagi faoliyati, davlat ilmiy dasturlari doirasida oʻtkazilgan amaliy hamda innovatsion loyihalar ekspertizalaridagi faol ishtiroki va fidokorona mehnati uchun Murodova Nodira Qulliyevna vazir Ibrohim Abdurahmonovning Tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.

Ushbu mukofotni NavDPI rektori Bahodir Sobirov hamda vazirlikning hududiy boshqarmasi masʼul xodimi birgalikda topshirdilar.

Bizni kuzating:
Telegram | nspi.uz | Facebook | Instagram | You tube
#Xushxabar

NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI XALQARO REYTINGDA “REPORTYOR“ MAQOMIDA E’TIROF ETILDI

Buyuk Britaniyaning nufuzli reyting tashkiloti – Times Higher Education agentligi o‘zining World University Rankings – 2024 reyting natijalarini e’lon qildi.

Quvonarli tomoni shundaki, bu yil ham #NavDPI “reporter” maqomida qayd etildi va TOP-1 000 talik reytingdan joy olish uchun davogarlar safidan o‘rin oldi.

Ushbu reytingda universitetlarning 18 ta indikator asosida 5 ta yo‘nalishdagi samaradorlik ko‘rsatkichlari baholandi: o‘qitish, tadqiqot muhiti, tadqiqot sifati, sanoat va xalqaro istiqbollar.

📲rasmiy kanalimizga obuna bo'ling va kunlik yangiliklardan xabardor bo'ling

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
#anjuman

Maktabgacha taʼlim sohasida xorijlik olimlar bilan tajriba almashildi

⚡️Navoiy davlat pedagogika instituti Maktabgacha va boshlangʻich taʼlim fakulteti tashabbusi bilan “Maktabgacha taʼlim rivojlanishining yangi impulslari: ilmiy tadqiqotlar, tijoratlashtirish, raqamlashtirish masalalari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazildi.

Konferensiyada respublikamiz hamda xorij davlatlaridan nufuzli mehmonlar, ilm ahllari, tegishli masʼullar, talaba yoshlar, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Oʻtkazilgan anjumanda maktabgacha taʼlim tizimiga oid muhim masalalar muhokama maydoniga olib chiqildi. Germaniya, Filippin, Finlandiya, Qozogʻiston, Rossiya, Turkiya kabi davlatlardagi olimlar o‘z ma’ruzalari bilan onlayn tarzda ishtirok etishdi.

Kun tartibidagi masalalarga maʼlum yechim va takliflar berildi hamda xorij olimlari bilan tajriba almashildi.

Bizni kuzating:
Telegram | nspi.uz | Facebook | Instagram | You tube
⚡️NavDPI yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti kengashi va fakultet koordinatorlari bilan birinchi prorektor Xurshid Qurbonov uchrashib, yoshlar yetakchilarining asosiy faoliyati hamda vazifalari tushuntirildi, yangi saylangan koordinatorlarga kelgusidagi faoliyatlarida omad tiladi.

📲rasmiy kanalimizga obuna bo'ling va kunlik yangiliklardan xabardor bo'ling

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
TADBIRKORLAR BILAN UCHRASHUVLAR DAVOM ETMOQDA

Vatanimiz nufuzini yanada oshirish yo‘lida tinimsiz mehnat qilib kelayotgan yurtdoshimiz, “El-yurt hurmati” ordeni sohibasi Ra’noxon Valiyeva hamda Fizika-texnologiya fakulteti talabalari ishtirokida “Ayollar biznesiga birinchi qadam” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Bugun R. Valiyeva keksalik gashtini surayotgan bo‘lsa-da, fermerlik va tadbirkorlik bilan shug‘ullanib kelmoqdalar. Viloyatimizda tadbirkorlikka qiziqqan xotin-qizlar hamda yosh avlodni Vatanparvar, komil inson qilib tarbiyalash, oilalar mustahkamligini ta’minlashga o‘zining boy hayotiy tajribalari, maslahat va nasihatlari bilan ko‘mak berib kelmoqda.

“Bugungi tinch, osoyishta, dorilomon kunlarga yetkazganiga shukur. Xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz mana shu tinchlik va to‘kinlikning, hur kunlarning qadriga yetsin. Uning yanada gullab-yashnashi uchun qo‘lidan kelgancha xizmat qilsin”,- dedi Ra’noxon Valiyeva.

Bizni kuzating:
Telegram | nspi.uz | Facebook | Instagram | You tube