NDU_NSU_NGU
387 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
Profilaktik tadbirlar davom etmoqda

Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakultetida Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat“ tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi A.Tojiyev tomonidan 1-bosqich talabalarga profilaktik targ’ibot uchrashuvi o‘tkazildi.

✅Unda o‘quv jarayonlari, oraliq, yakuniy nazorat ishlarini topshirish bilan bog’liq ta’magirlik va poraxo’rlik kabi korrupsion huquqbuzarliklarga yo‘l qo’ymaslik bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

Shuningdek, uchrashuvda talabalarga bo‘lim tuzilmasi va faoliyati yaqindan tanishtirilib, amalga oshirilayotgan ishlar, loyihalar haqida ma’lumotlar berildi. Xususan, bo‘lim tomonidan anonim murojaatlar uchun telegram-bot (@NavDPI_anticor_bot) hamda bo‘limning “Talaba-yoshlar“ klubi faoliyati to‘g’risida to‘xtalib o‘tildi.

Bu kabi profilaktik uchrashuvlar fakultetlar bo‘ylab davom etmoqda.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
MANGULIKKA DAXLDOR UMR

🔰NavDPI faollar zalida taniqli shoira, publitsist, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, “Xalq ta’limi a’lochisi“, 30 dan ortiq kitoblar muallifi Xosiyat Bobomurodova bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etdilar.

Shoiraning “Cho‘l malikasi“ biografik dostoni taqdimoti tadbirning asosiy diqqat markazida bo‘ldi. Qiziltepaning O‘rtacho‘l hududida mashaqqatlarga dosh berib, yuqori hosilli fermerlar safida kelayotgan zamonamiz qahramoni, “El-yurt hurmati“ ordeni sohibasi Ra’no Valiyevaning hayot yo‘li, asarning badiiy xususiyatlari haqida shoir B.Sadriddinov, X.Sa’dinova va professor-o‘qituvchilar A.Xolmurodov, M.Xudoyorova, N.Tursunova, Z.Ahmedovalarning fikr-mulohazalari tinglandi.

Uchrashuv davomida shoira o‘z ijod namunalaridan o‘qib, talabalar tomonidan berilgan savollarga javob berdi.

Telegram | Web | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹1-oktyabr — Ustoz va murabbiylar bayrami munosabati bilan bayram tabrigi

📲
NavDPI rasmiy sahifalariga obuna bo‘ling va yangiliklardan xabardor bo‘ling👇

Telegram | Web | Facebook | Instagram
#Sport

🔰Talaba-yoshlarni jismonan chiniqtirish, sog‘lomlashtirish, ulaning sportga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida Navoiy davlat pedagogika instituti talaba-yoshlari o‘rtasida “Street workout” sport turidan musobaqa o‘tkazildi.

Unda institutda tahsil olayotgan yigitlardan 79 nafar, qizlardan 16 nafar talabalar turnikda tortilish, brus va otjimaniya bo‘yicha o‘zaro kuch sinashdilar.

👉Musobaqa yakunlariga ko‘ra natijalar👈

📲NavDPI rasmiy sahifalariga obuna bo‘ling va yangiliklardan xabardor bo‘ling👇

Telegram | Web | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

🎞Maxsus reportaj: Navoiy davlat pedagogika instituti viloyatdagi malakali kadrlar tayyorlaydigan nufuzli oliygoh (2-qism).
#Uzbekiston_24

Bizni kuzating:
Telegram | nspi.uz | Facebook | Instagram | You tube
TALABALAR TURAR JOYLARIDAGI SHART-SHAROITLAR KO‘ZDAN KECHIRILDI

Talabalarni turar joy bilan taminlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi boʻlim boshligʻi J.Qlichov hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi bosh mutaxassisi A.Tojiyev institutning 2- va 3-sonli talabalar turar joylarida istiqomat qilayotgan 1-bosqich talabalari bilan uchrashishdi.

Shuningdek, yotoqxonalarda yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi, mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish choralari ko‘rildi, korrupsion holatlarni oldini olish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy