NDU_NSU_NGU
387 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
#Xalqaro_hamkorlik

TOP-1000 OTMlar ro‘yxatiga kirgan Belarus Milliy Texnika Universitetining bir guruh pedagoglari NavDPIga tashrif buyurdi

🔰NavDPI hamda Belarus milliy texnika universiteti Xalqaro masofaviy ta’lim instituti o‘rtasida tuzilgan hamkorlik shartnomaga asosan mehmonlar dastlab o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor G’.Yodgorov hamda bo‘lim boshlig’i T.Utapov bilan uchrashib, amaliy dars mashg’ulotlari olib birilishi yuzasidan fikr almashdilar.

Shundan so‘ng Xalqaro masofaviy ta’lim instituti direktori Sednina Marina Aleksandrovna, Axborot tizimlari va texnologiyalari kafedrasi mudiri Rusak Leonid Vladimirovichlar boshchiligidagi bir guruh professor-o‘qituvchilar tomonidan Matematika-informatika fakulteti talabalariga ma’ruza mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

📲rasmiy kanalimizga obuna bo'ling va kunlik yangiliklardan xabardor bo'ling

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
#Talaba_minbari

🗞“Doʻstlik bayrogʻi“ va “Знамя дружбы“ gazetalarining 2023-yil 5-oktyabr, №40-soni nashrdan chiqdi

✍️Gazetaning ushbu sonida Navoiy davlat pedagogika instituti O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti 4-bosqich talabasi, Alisher Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sohibasi Umeda Rahmonovaning O‘zbek tilshunosligi kafedrasi mudiri Botir Zaripovga bag’ishlangan “Shogirdlar qalbini chamanzorga aylantirgan ustoz“ sarlavhali publitsistik maqolasi chop etildi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
Forwarded from "YUKSALIŞ" HARAKATI
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#munosabat

Bobur Bekmurodov, "Yuksalish" umummilliy harakati raisi:

"Alohida mansabdor shaxslar va ayrim hokimlar tomonidan odamlarni ommaviy ravishda paxta yigʻim-terimiga jalb qilish harakatlari bugungi Oʻzbekistonning progressiv siyosatiga zid.

Bunday harakatlarga toʻlaqonli barham berish, eskicha boshqaruv yondashuvlaridan batamom voz kechish zarur".

YUKSALISH HARAKATI
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_NIGOHI

🎞“Maktabgacha taʼlim rivojlanishining yangi impulslari: ilmiy tadqiqotlar, tijoratlashtirish, raqamlashtirish masalalari” mavzusida o‘tkazilgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya Navoiy VTRKning “Diyor 24“ axborot dasturida xabar qilindi.

📲NavDPI rasmiy sahifalariga obuna bo‘ling va yangiliklardan xabardor bo‘ling:

Telegram|nspi.uz |Facebook |Instagram
#Tanlov

Navoiy davlat pedagogika institutida “Ideaton – Uzbekistan 2030“ loyihalar tanlovi eʼlon qilinadi

Ushbu tanlovda:
• ilmiy-innovatsion;
• ijtimoiy;
• iqtisodiy;
• huquqiy
yoʻnalishlar doirasidagi startap loyihalar qabul qilinadi.

• Tanlovda ishtirok etish istagida boʻlganlar joriy yilning 5-oktyabrdan 30-oktabrga qadar ariza qoldirishlari mumkin.

• Savol va murojaatlar uchun: @oybek_abduraimov

Ro’yxatdan o’tish uchun: https://forms.yandex.com/u/651ea4ae43f74f39c977b4d0/

Bizni kuzating:
Telegram | nspi.uz | Facebook | Instagram | You tube
👍1
#akademik_litsey

⚡️2022/2023-oʻquv yilida NavDPI Akademik litseyini 205 nafar oʻquvchi tamomladi. Quvonarli tomoni shundaki, jami 202 nafar oʻquvchi oliygohlarga oʻqishga kirib, shundan 109 nafari davlat granti, qolgan 93 nafari esa toʻlov-shartnoma asosida talabalikka qabul qilindilar.

Maʼlumot uchun, 2020/2021- oʻquv yilida bu koʻrsatkich 95 foizni tashkil qilgan edi.

Albatta, bu yutuq nafaqat litsey oʻquvchisi, ularning yaqinlari hamda litsey jamoasiniki, balki butun Navoiy viloyati aholisi uchun ham chinakam xushxabardir. Bu natija bilan litsey taʼlim tizimi boʻyicha respublikada oʻz oʻrniga ekanligini yana bir karra isbotladi.

Buning sababi litseyda salohiyatli, jonkuyar va fidoiy professor-oʻqituvchilar soni koʻpligi, shu bilan birga ichki maʼnaviy muhit barqarorligi natijasi desak, mubolagʻa emas.

🇺🇿BATAFSIL
🇷🇺ПОДРОБНО
🇬🇧ALL INFORMATION

📲rasmiy kanalimizga obuna bo'ling va kunlik yangiliklardan xabardor bo'ling

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
Tibbiy bilim — sog’lom turmush tarzi kafolati

⚡️O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti talaba qizlari uchun “Xotin-qizlar salomatligini muhofaza qilish — asosiy burchimiz“ nomli davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Unda Navoiy viloyat Aholi reproduktiv salomatligi markazi akusher-ginekologi G.X.Aliyeva, Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi N.Tursunova, fakultet professor-o‘qituvchilari va tyutorlar ishtirok etdilar.

Talabalarni tibbiy sohada qiziqtirgan barcha savollariga mutaxassis tomonidan keng qamrovli javoblar berildi.

📲rasmiy kanalimizga obuna bo'ling va kunlik yangiliklardan xabardor bo'ling

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
NavDPI talaba-qizlari o‘rtasida “ZAKOVAT“ bellashuvi

⚡️Tibbiyot fakultetida 11-oktabr — “Xalqaro qizlar kuni" munosabati bilan, institut Xotin-qizlar maslahat Kengashi hamda viloyat Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida “Sening tashabbusing — sening kelajaging“ shiori ostida “Zakovat“ intellektual musobaqasi o‘tkazildi.

O‘yin yakunida talabalar taqdirlanishdi.

Bizni kuzating:
Telegram | nspi.uz | Facebook | Instagram | You tube
⚡️Talabalar turar joylarida talabalarning yashash sharoitlari va boʻsh vaqtlari qanday oʻtayotganligi o‘rganildi.

👉
https://t.me/NavDPI_Rasmiy