NDU_NSU_NGU
387 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
⚡️Talabalar turar joylarida talabalarning yashash sharoitlari va boʻsh vaqtlari qanday oʻtayotganligi o‘rganildi.

👉
https://t.me/NavDPI_Rasmiy
#Xushxabar

NAVDPI TALABASI JAHON CHEMPIONATIDA KUMUSH MEDAL SOHIBASI BO‘LDI

🤼‍♀️Joriy yilning 6-8-oktyabr kunlari Qirg’iziston poytaxti Bishkek shahrida Sambo bo‘yicha Jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.

Quvonarlisi shundaki, dunyoning 30 ga yaqin davlatlari ishtirok etgan musobaqada yurtimiz sharafini munosib himoya qilgan Jismoniy madaniyat fakulteti talabasi Gulina Obloqulova 72 kg vazn toifasida 🥈2-o‘rin kumush medaliga sazovor bo‘ldi.

🖇Bungacha Gulina 3 karra Osiyo chempioni, 3 karra Jahon chempionatida kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritgan, shuningdek, Xalqaro toifadagi sport ustasi hamdir.

📲rasmiy kanalimizga obuna bo'ling va kunlik yangiliklardan xabardor bo'ling

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
#E’LON

TEXNOLOGIK TA’LIM YO‘NALISHINING SIRTQI BO‘LIB TALABALARI DIQQATIGA

⚡️NavDPI 2023/2024 o‘quv yili grafigiga asosan, Texnologik ta’lim yo‘nalishining 2 va 5-kurs sirtqi ta’lim shakli talabalari uchun o‘quv jarayoni 2023-yil 27-noyabrdan, 4-kurs va 2-mutaxassislik 4-kurs (sirtqi) talabalari uchun esa 30-oktyabrdan boshlanishini ma’lum qilamiz.

Qo‘shimcha savollar uchun fakultetning o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari (@sagidat_kanatbayev)ga murojaat qilishingiz mumkin.

📲NavDPI rasmiy sahifalariga obuna bo‘ling va yangiliklardan xabardor bo‘ling:

Telegram|nspi.uz |Facebook |Instagram
#E’LON

JISMONIY MADANIYAT FAKULTETI SIRTQI TA’LIM SHAKLI TALABALARI DIQQATIGA

⚡️NavDPI 2023/2024 o‘quv yili grafigiga asosan, Jismoniy madaniyat fakulteti 2-bosqich sirtqi ta’lim shakli talabalari uchun o‘quv jarayoni 2024-yil 8-yanvardan, 3-bosqich talabalari uchun 2023-yil 27-noyabrdan, 4-bosqich hamda 2-mutaxassislik 4-kurs (sirtqi) talabalari uchun 30-oktyabrdan boshlanishini ma’lum qilamiz.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
#E’LON

⚡️MAKTABGACHA VA BOSHLANG’ICH TA’LIM FAKULTETI SIRTQI BO‘LIM TALABALARI DIQQATIGA

#NavDPI Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim yo‘nalishlarining 2-bosqich sirtqi ta’lim shakli talabalari uchun o‘quv jarayoni 2023-yil 30-oktyabrdan, 4-bosqich talabalari uchun 27-noyabrdan, boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish (2-mutaxassislik) uchun 2024-yil 8-yanvardan boshlanishini ma’lum qilamiz.
Fakultetning 3-bosqich talabalariga o‘quv mashg’ulotlari 2-oktyabrdan boshlab olib borilmoqda.

Qo‘shimcha savollar uchun fakultetning o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosarlariga murojaat qilishingiz mumkin: +93 430-72-05, @abdulla_usmanov0102

©️NAVDPI AXBOROT XIZMATI

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
#E’LON

⚡️MATEMATIKA-INFORMATIKA FAKULTETI SIRTQI BO‘LIM TALABALARI DIQQATIGA

#NavDPI Matematika va informatika ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich sirtqi ta’lim shakli talabalari uchun o‘quv mashg’ulotlari 2024-yil 8-yanvardan, 3-bosqich talabalari uchun 2023-yil 27-noyabrdan, 4-bosqich talabalari uchun 30-oktyabrdan boshlanishini ma’lum qilamiz.

Informatika o‘qitish metodikasi (sirtqi) yo‘nalishi 5-kurs talabalari uchun dars jarayonlari 2-oktyabrdan boshlab davom etmoqda.

Qo‘shimcha savollar uchun fakultetning o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosariga murojaat qilishingiz mumkin.

©️NAVDPI AXBOROT XIZMATI

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
#E’LON

⚡️O‘ZBEK TILI VA ADABIYOTI FAKULTETI SIRTQI BO‘LIM TALABALARI DIQQATIGA

Fakultetning 2 va 3-bosqich sirtqi ta’lim shakli talabalari uchun o‘quv mashg’ulotlari 2023-yil 27-noyabrdan, 4-bosqich talabalari uchun 30-oktyabrdan boshlanadi.

Qo‘shimcha savollar uchun fakultetning o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosariga murojaat qilishingiz mumkin.

©️NAVDPI AXBOROT XIZMATI

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
Vazir I.Abdurahmonov tomonidan belgilangan topshiriqlar institut jamoasiga yetkazildi

🔰Bugun Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Bahodir Sobirov prorektorlar, boʻlim boshliqlari, fakultet dekanlari va dekan muovinlari, kafedra mudirlari bilan yig’ilish oʻtkazdi.

✅Yig’ilishda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov tomonidan belgilangan topshiriqlar yigʻilish ishtirokchilariga yetkazilib, masʼullarga vazifalar belgilandi. Ushbu topshiriqlarni sifatli bajarilishi boʻyicha tegishli koʻrsatmalar berildi.

Shuningdek, kunlik bajarilishi kerak boʻlgan ishlar xususida fikrlar aytib oʻtildi.

Bizni kuzating:
Telegram | nspi.uz | Facebook | Instagram | You tube
#E’LON

⚡️SAN’ATSHUNOSLIK FAKULTETI SIRTQI BO‘LIM TALABALARI DIQQATIGA

Fakultetning Pedagogika va psixologiya, Musiqa ta’limi, Tasviriy san’at va amaliy bezak yo‘nalishlari sirtqi ta’lim shakli 2-bosqich talabalari uchun o‘quv mashg’ulotlari 2023-yil 27-noyabrdan, 3-bosqich talabalari uchun 30-oktyabrdan, 5-bosqich hamda 2-mutaxassislik talabalari uchun 2024-yil 15-yanvardan boshlanishi belgilandi. 4-kurs talabalariga esa dars mashg’ulotlari 2-oktyabrdan olib borilmoqda.

Qo‘shimcha savollar uchun fakultetning o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosariga murojaat qilishingiz mumkin.

©️NAVDPI AXBOROT XIZMATI

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
#Sport

“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida mini-futbol bo‘yicha 2-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 9-oktyabr sanasida Navoiy davlat pedagogika instituti talabalar o‘rtasida mini-futbol sport turning 2-bosqichi, ya’ni fakultetlararo instituti bosqichi 2-tur o’yinlari bo‘lib o’tdi.

Murosasiz va shiddatli kechgan o‘yinda natijalar quyidagicha:

👉San’atshunoslik fakulteti 0-5 Tarix fakulteti;

👉Fizika-texnologiya fakulteti 0-4 Tabiiy fanlar fakulteti;

👉Matematika-informatika fakulteti 6-0 Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti;

👉Rus va qozoq filologiyasi 3-0 Tibbiyot fakulteti;

👉Jismoniy madaniyat fakulteti 2-1 Ingliz tili va adabiyoti fakulteti.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
#LIVE

⏳Ayni paytda “Fizika fanini axborot va innovatsion texnologiyalar muhitida oʻqitishning zamonaviy tendensiyalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika miqyosida anjuman boʻlib oʻtmoqda.

Unda Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Bahodir Sobirov qatnashib, konferensiyani ochib berdi hamda anjuman ishida muvaffaqiyat tiladi.

Bizni kuzating:
Telegram | nspi.uz | Facebook | Instagram | You tube