NDU_NSU_NGU
387 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
#Sport

"Besh tashabbus olimpiadasi“ doirasida Stritbol hamda voleybol bo‘yicha g’oliblar aniqlandi.

🏀
“Stritbol“ o‘g’il bolalar o‘rtasida quyidagi natija qayd etildi:

🥇1-o'rinni Jismoniy madaniyat fakulteti;
🥈2-o'rinni Matematiika-informatika fakulteti;
🥉3-o'rinni Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti jamoalari qo‘lga kiritdi.

🏐Qizlar o‘rtasida "voleybol" bo‘yicha natijalar:

🥇1-o‘rin Jismoniy madaniyat fakulteti;
🥈2-o‘rin Fizika-texnologiyalar fakulteti;
🥉3-o‘rin Tabiiy fanlar fakulteti.

📲rasmiy kanalimizga obuna bo'ling va kunlik yangiliklardan xabardor bo'ling

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
👍2
#E’LON

⚡️TARIX FAKULTETI SIRTQI BO‘LIM TALABALARI DIQQATIGA

Fakultetning Tarix, Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi hamda Ijtimoiy ish (fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqarish organlari) yo‘nalishlarining sirtqi ta’lim shakli 2-bosqich talabalari uchun o‘quv mashg’ulotlari 2023-yil 6-noyabrdan, ushbu yo‘nalishlarning 3-bosqich talabalari uchun 2024-yil 8-yanvardan, 4-bosqich hamda 2-mutaxassislik talabalari uchun 27-noyabrdan boshlanishi belgilandi.

5-kurs
Tarix o‘qitish metodikasi yo‘nalishi talabalariga esa dars mashg’ulotlari kecha, 9-oktyabrdan boshlandi.

Qo‘shimcha savollar uchun fakultetning o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosariga murojaat qilishingiz mumkin: 97 366-84-89

📲
rasmiy kanalimizga obuna bo'ling va kunlik yangiliklardan xabardor bo'ling

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
Profilaktik va targ’ibot tadbirlari Ingliz tili va adabiyoti hamda Fizika-texnologiya fakultetlarida davom etdi

⚡️NavDPI Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat“ tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi A.Tojiyev tomonidan fakultetlarning talabalari bilan profilaktik uchrashuv o‘tkazildi.

✅Unda o‘quv jarayonlari, oraliq, yakuniy nazorat ishlarini topshirish bilan bog’liq ta’magirlik va poraxo’rlik kabi korrupsion huquqbuzarliklarga yo‘l qo’ymaslik bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

Shuningdek, uchrashuvda talabalarga bo‘lim tuzilmasi va faoliyati yaqindan tanishtirilib, amalga oshirilayotgan ishlar, loyihalar haqida ma’lumotlar berildi. Xususan, bo‘lim tomonidan anonim murojaatlar uchun telegram-bot (@NavDPI_anticor_bot), har bir fakultetga o‘rnatilgan “Adolat“ qutilari hamda bo‘limning “Talaba-yoshlar“ klubi faoliyati to‘g’risida to‘xtalib o‘tildi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
#E’LON

⚡️TABIIY FANLAR FAKULTETI SIRTQI BO‘LIB TALABALARI DIQQATIGA

#NavDPI 2023/2024 o‘quv yili grafigiga asosan, Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya, Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari yo‘nalishlarining 2-bosqich sirtqi ta’lim shakli talabalari hamda ushbu yo‘nalishlarning 4-bosqich 2-mutaxassislik talabalari uchun o‘quv jarayoni 2023-yil 27-noyabrdan boshlanadi.

Biologiya o‘qitish metodikasi yo‘nalishining 3 va 5-bosqich sirtqi ta’lim shakli talabalari uchun o‘quv mashg’ulotlari 2024-yil 8-yanvardan, shu yo‘nalishning 4-bosqich talabalari uchun esa darslar 30-oktyabrdan boshlanishi ma’lum bo‘ldi.

Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari sirtqi ta’lim yo‘nalishi 4-kurs talabalari uchun o‘quv jarayoni 30-oktyabrdan boshlanadi.

Bu yo‘nalishning 3-kurs talabalari uchun darslar 2-oktyabrdan boshlab olib borilmoqda.

Qo‘shimcha savollar uchun fakultetning o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosariga murojaat qilishingiz mumkin: +93 308 96 17.

NAVDPI AXBOROT XIZMATI

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
#XUSHXABAR

⚡️Joriy yilning 8-10-oktabr kunlari Qirg'iziston Respublikasi Bishkek shahrida bo'lib o'tgan "Delfi - 2023" XVII xalqaro o'yinlari bo'lib o'tdi
.  

⚡️MDHga a’zo mamlakatlar yoshlari o‘rtasida madaniyat va san’at yo‘nalishidagi munosabatlarni rivojlantirish, yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan mazkur xalqaro tanlovda O‘zbekiston, Armaniston, Ozarbayjon, Turkmaniston, Tojikiston, Rossiya davlatlaridan kelgan 600 ga yaqin yosh ijodkorlar ishtirok etishdi.

⚡️Ushbu xalqaro  tanlovda Navoiy davlat pedagogika instituti talabasi Shokirjonova  Zarinabonu xalq cholg'ulari yo'nalishida ishtirok etib, faxrli 🥉3 - o‘rinni qo‘lga kiritdi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
#Sport

⚡️"Besh tashabbus olimpiada"si doirasida "Voleybol" sport turidan oʻgʻil bolalar o'rtasida 2-bosqich o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.


Unda 🥇1-o‘rinni Jismoniy madaniyat fakulteti,
🥈2-o'rinni Matematika-informatika fakulteti, 🥉3-o‘rinni Tarix fakulteti talabalari egallashdi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
#TABRIKLAYMIZ

Bugun,11-oktyabr NavDPI o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor, Fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent Yodgorov Gʻayrat Roʻziyevichni tavallud topgan kunlari.

👏Shu munosabat bilan G’ayrat Ro‘ziyevichni institut jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz va sihat-salomatlik, uzoq umr, oilaviy baxt-saodat hamda kasbiy zafarlar tilaymiz!

Gʻayrat Yodgorov 1976-yil Navoiy viloyati Karmana tumanida tug’ilgan.

Mehnat faoliyati: 1998-yildan 2002-yilga qadar Navoiy davlat pedagogika instituti “Matematik analiz va informatika” kafedrasi oʻqituvchisi, 2002-2005-yillarda Oʻzbekiston fanlar akademiyasi Samarqand boʻlimi mintaqaviy muammolar kompleks ilmiy-tadqiqot instituti aspiranti.

2005-yildan 2014-yilga qadar Informatika va axborot texnologiyalari kafedrasi katta oʻqituvchisi, 2014-2021-yillarda Informatika kafedrasi mudiri, 2021-yil sentyabrdan 2023-yil mart oyiga qadar Matematika-informatika fakulteti dekani lavozimlarida faoliyat yuritgan.

NAVDPI AXBOROT XIZMATI

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
👍2