NDU_NSU_NGU
387 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
Profilaktik va targ’ibot tadbirlari davom etmoqda

⚡️NavDPI #Jismoniy_madaniyat hamda #Tabiiy_fanlar fakultetida “Komplayens-nazorat“ tizimini boshqarish bo‘limi xodimi A.Tojiyev fakultetlarning yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari, tyutorlari bilan hamkorlikda talabalarga profilaktik uchrashuv o‘tkazdi.

✅Unda korrupsion holatlar va huquqbuzarliklarga yo‘l qo’ymaslik va boshqa shu kabi masalalar yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilib, talabalardan anonim so‘rovnomalar olindi.

Uchrashuvda talabalarga bo‘lim tuzilmasi va faoliyati yaqindan tanishtirildi. Amalga oshirilayotgan ishlar, loyihalar haqida umumiy ma’lumot berildi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
⚡️Navoiy viloyatida joriy yilning sentyabr oyida o‘tkazilgan “Xorijiy tillar oyligi“ doirasida tashkil etilgan loyiha va  taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

🔰13-oktyabr kuni Navoiy davlat pedagogika instituti Ingliz tili va adabiyoti fakulteti 2-bosqich talaba-yoshlari sentabr oyida viloyat miqyosida o‘tkazilgan “Xorijiy tillar oyligi“ning yakuniy hisoboti va taqdirlash marosimi ishtirok etib, ingliz tilida til bilish darajasini badiy chiqishlar orqali ko‘rsatishdi  

“Ibrat“ filmidan sahna ko‘rinishlari hamda ajoyib kuy va millatlar raqslari tomoshabinlar tomonidan olqishlarga sabab bo‘ldi.

Bundan tashqari iqtidorli talaba-yoshlar turli nominatsiyalar bo‘yicha diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

📲
rasmiy kanalimizga obuna bo'ling va kunlik yangiliklardan xabardor bo'ling

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_NIGOHI

🎞Tabiiy fanlar fakultetida FVV Navoiy viloyat boshqarmasi hamkorligida o‘tkazilgan o‘quv-amaliy seminar Navoiy viloyati TRKsi nigohida

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
MBT fakultetida “Ota-onalar kongressi“ boʻlib oʻtdi

⚡️Maktabgacha va boshlangʻich taʼlim fakulteti birinchi kurs talabalarining ota-onalari bilan uchrashuv oʻtkazildi.

Uchrashuvda fakultet rahbariyati, professor-oʻqituvchi va tyutorlari taʼlim dargohidagi oʻzgarishlar, talaba-yoshlarga berilgan keng imkoniyatlar, imtiyozlar to‘g’risida fakultet misolida faktlar bilan asoslab berishdi. Shuningdek, talabalarning dars mashgʻulotlarida ishtiroki, odob-axloq kodeksi, institut ichki tartib qoidalari, talabalar yotoqxonalaridagi shart-sharoitlar yuzasidan maʼlumotlar berildi.

➡️Shundan so‘ng ota-onalar Maktabgacha ta’lim kafedrasi o’qituvchilari tomonidan tashkil etilgan “Farzandim taqdiriga befarq emasman” nomli psixologik seminar-treningda qatnashishdi. Unda har bir ota-ona bilan individual muloqot olib borilib, o‘quv auditoriyalar holati, yotoqxona sharoitlari bilan ham tanishtirildi.

Kongress yakunida iqtidorli va faol talabalarning ota-onalariga tashakkurnomalar taqdim etildi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
#Zakovat

NavDPIda “Intellektual olimpiada“ doirasida “Zakovat“ o‘yinlari institut bosqichi yakunlandi

🔰Yoshlarning bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etish, ularga iqtidori va qobiliyatlarini namoyon etishlari uchun shart-sharoit yaratish, g‘oya va tashabbuslarini ro‘yobga chiqarishlari uchun qo‘llab-quvvatlash hamda intellektual va salohiyatli kadr qilib tarbiyalash maqsadida Navoiy davlat pedagogika institutida barcha qulayliklar yaratib berilgan. Talaba-yoshlar faqat ilm o‘rganib, shu imkoniyatlardan to‘g’ri va samarali foydalana olishsa, “uchinchi renessans“ poydevori mustahkam bo‘ladi.

Shu maqsadda barcha OTMlar singari NavDPIda ham tashkil etilgan “Zakovat“ musobaqasida 22 ta jamoa aql bahsida o‘zaro bellashishdi.

Qizg’in kechgan o‘yin natijasida 🥇1-o‘rinni “Buxoriy“, 🥈2-o‘rinni “Renessans“, 🥉3-o‘rinni “Status“ jamoalari egallashdi.

Keyingi, viloyat bosqichiga “Buxoriy“ jamoasi yo‘l oldi.

📲rasmiy kanalimizga obuna bo'ling va kunlik yangiliklardan xabardor bo'ling

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
👍1