NDU_NSU_NGU
387 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
#Xushxabar

VOLEYBOL BO‘YICHA BESH TASHABBUS OLIMPIADASI DOIRASIDA O‘TKAZILGAN HUDUDIY MUSOBAQADA NAVDPI TERMA JAMOASI G’OLIB BO‘LDI

🏐Bugun,19-oktyabr kuni Oliy ta’lim muassasalari talabalari (oʻgʻil va qiz bolalar) o‘rtasida “Besh tashabbus olimpiada”si doirasida “Voleybol” sport turidan viloyat bosqichi o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

Murosasiz kechgan musobaqada jamoalar quyidagicha o‘rinlarni egalladi:

O‘g’il bolalar:
1-o‘rin NavDPI;
2-o‘rin NavDKTU;
3-o‘rin NavIU

Qiz bolalar o‘rtasida:
1-o‘rin NavDPI;
2-o‘rin NavDKTU.

Jamoa a’zolariga diplom va esdalik sovg’alari topshirildi

👏Ushbu g’alaba bilan talabalarimizni tabriklaymiz!
Keyingi, Respublika bosqichida ham omad yor bo‘lsin!

Bizni kuzating:
Telegram | nspi.uz | Facebook | Instagram | You tube
👍1
Ona tilim ovozi olam boʻylab taralgay

⚡️Bugun “21-oktabr — Oʻzbek tili bayrami kuni” munosabati bilan NavDPI Oʻzbek tili va adabiyoti fakultetida tahsil olayotgan Qoraqalpoq tili va adabiyoti taʼlim yoʻnalishi talabalari tomonidan “Ona tilim ovozi olam boʻylab taralgay!” nomli adabiy-badiiy tadbir oʻtkazildi.

Ushbu boʻlib oʻtgan tadbirda oʻzbek tilining keng imkoniyatlari, ifoda-uslublari va badiiy koʻlami qoraqalpoq va oʻzbek tillarida mohirona ijrolar orqali namoyish etildi.

Tadbirning yuqori saviyada oʻtkazilishida faollik koʻrsatgan fakultet talaba-yoshlari hamda ularga yaqindan koʻmak bergan katta oʻqituvchi X.Narbayeva, fakultet professor-oʻqituvchilari va tyutorlariga institut rahbariyati tomonidan minnatdorchilik bildirildi.

Bizni kuzating:
👉
https://t.me/NavDPI_Rasmiy
2023-yilning 18-20-oktabr kunlari Toshkent shahrida AQSh universitetlari hamda Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlaridagi “Education USA” dasturining mintaqaviy forumi bo‘lib o‘tmoqda.

Nufuzli forumda Ingliz tili va adabiyoti fakulteti o‘qituvchisi (PhD) Yugay Yevgeniya ham ishtirok etmoqda. Shuningdek, “Ijtimoiy gumanitar yo‘nalishdagi publikatsion faollikni nazorat qilish” mavzusidagi “InnoWeek - 2023” forumida ham qatnashdi.

Bizni kuzating:
👉
https://t.me/NavDPI_Rasmiy
❤1