NDU_NSU_NGU
387 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
Ona tilim, iftixorimsan!

⚡️Bugun “21-oktabr — Oʻzbek tili bayrami kuni” munosabati bilan NavDPI Oʻzbek tili va adabiyoti fakultetida yoshlar Kengashi hamda “Qizlarjon” klubi talabalari tomonidan “Ona tilim, iftixorimsan!” nomli adabiy-badiiy tadbir oʻtkazildi.

Tadbirda o‘zbek tilining keng imkoniyatlari va jozibasini ko‘rsatadigan she’rlar, badiiy chiqishlar, tilimiz ravnaqi yo‘lida hissa qo‘shgan ajdodlarimiz siymosi talabalar tomonidan mohirona ijro etildi.

Shuningdek, turli jabhalarda o‘zining faolligi, intiluvchanligi hamda iqtidorini namoyon etib kelayotgan bir guruh fakultet talabalari taqdirlandilar.

Bizni kuzating:
👉
https://t.me/NavDPI_Rasmiy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
21-OKTABR — OʻZBEK TILI BAYRAMI KUNI

Sana munosabati bilan Navoiy davlat pedogogika instituti Oʻzbek tili va adabiyoti fakulteti yoshlar Kengashi talabalari tomonidan “Ona tilim, iftixorimsan!” shiori ostida tayyorlangan #videorolik

Bizni kuzating:
Telegram | nspi.uz | Facebook | Instagram | You tube
BOTULIZM KASALLIGINING RANGI, HIDI, TA’MI BO‘LMAYDI

So‘nggi yillarda uy sharoitida termik ishlov berish yetarli bo‘lmagan holda tayyorlangan konserva mahsulotlarini iste’mol qilish oqibatida aholining oziq-ovqatdan zaharlanish (botulizm) hollari kuzatilmoqda. Bu holat asosan kuz-qish mavsumida ro‘y beradi.

⚡️Shundan kelib chiqib, 2023-yilining 19-oktabr kuni NavDPI Fuqaro va mehnat muhofazasi bo‘limi boshlig‘i X.Tursunov hamda Mehnat muhofazasi muhandisi U.Abdullayev birgalikda Talabalar turar joyida yashayotgan talabalarga “Botulizm” kasaligi va uni oldini olish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berishdi.

👉https://t.me/NavDPI_edu_uz
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
ONA TILIM, KECHIR MENI...

🎤Mirjalol Xoliqov,
O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti 4-kurs talabasi

📲rasmiy kanalimizga obuna bo'ling va kunlik yangiliklardan xabardor bo'ling

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
#Besh_tashabbus

⚡️“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida mini-futbol sport turidan viloyat bosqichi o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

Murosasiz kechgan musobaqada jamoalar quyidagicha o‘rinlarni egalladi:

1-o‘rin — Navoiy davlat pedagogika instituti;
2-o’rin — Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti;
3-o‘rin — Navoiy innovatsiyalar universiteti.

Jamoa a’zolariga diplom va maxsus esdalik sovg’alari topshirildi.

NavDPI terma jamoasi respublika bosqichida ham g’alaba qozonishiga tilakdoshmiz!

Bizni kuzating:
👉
https://t.me/NavDPI_Rasmiy
#DAYJEST

21-OKTABR — OʻZBEK TILI BAYRAMI KUNI

Sana munosabati bilan fakultetlarda oʻtkazilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar:

#Jismoniy_madaniyat. Fakultetda “O‘zbek tili — millat g‘ururi” mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi yo‘lida fidokorlik ko‘rsatgan ziyolilar, bugungi kunda tilimizning nufuzini yanada oshirish borasida olib borilayotgan islohotlar, talaba-yoshlarning o‘zbek tiliga hurmatini har jabhada oshirish yuzasidan foydali ma’lumotlar berildi.

#Matematika_informatika. Fakultetda “Til — millat g’ururi” nomli davra suhbati o’tkazildi. O‘zbek tili xalqimiz uchun milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchilik timsoli, bebaho ma’naviy boylik, buyuk qadriyat ekanligini har bir inson qalbdan his qilmog’i lozimligini aytib o‘tildi.

#Tarix. Abdulla Qodiriy nomidagi axborot-resurs markazida “Til — millat boyligi, el xazinasi” nomli tadbir boʻlib oʻtdi. Unda Tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori D.Roʻziyeva hamda fakultetining iqtidorli talabalari ishtirok etib, tadbir davomida maʼruza va chiqishlar namoyish etildi. “O‘zligimiz timsoli - ona tilim!” shiori ostida “Zakovat” o‘yinlari tashkil etildi. Shuningdek, sana munosabati bilan viloyat Adliya boshqarmasida fakultet hamkorligida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

#Fizika_texnologiya. Sana munosabati bilan fakultetda turli tadbirlar, davra suhbatlari o‘tkazildi.

#Rus_qozoq_filologiyasi. Fakultetda “Ona tilim - g’ururim, faxrim” deb nomlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi. Talabalar tomonidan turli sahnaviy, musiqiy chiqishlar namoyish etildi. “Til yurakning kalitidir” deb nomlangan navbatdagi tadbirda talabalar o‘zlarining sahna ko‘rinishlari bilan qatnashdilar.

#San’atshunoslik. Fakultet talabalari tomonidan “Ona tilim — millatimiz ko‘zgusi” shiorida bayram tadbiri tashkil etildi. Bu tadbirda fakultet talabalarining ota-onalari ishtirok etgani yoshlarga yanada zavq bag‘ishladi.

#O‘zbek_tili_adabiyoti. Sana munosabati bilan fakultetda “Til bilimdonlari” intellektual musobaqasi o‘tkazildi.

#Maktabgacha_boshlang’ich. “Ona tilim - g’ururim, iftixorim”shiori ostida o‘tkazilgan tadbirda fakultet talabalari o‘rtasida qiziqarli savol-javob viktorinasi ham bo‘lib o‘tdi.

#Tabiiy_fanlar. Fakultetda “Ona tilim sarchashmangdan sarhush dilim” mavzusida badiiy-ijodiy tadbir tashkil etildi. Talabalar tomonidan ijro etilgan sahna koʻrinishlari, ona tilimizni ulugʻlovchi she’rlar va shoʻx raqslar tadbir qatnashchilariga xush kayfiyat bagʻishladi.

#TTJ. 3- sonli talabalar yotoqxonasida ARM hamkorligida adabiy-badiiy kecha oʻtkazildi.

#Ingliz_tili_adabiyoti. Fakultetda “Til — millat g’ururi” shiori ostida rasmlar tanlovi o‘tkazildi.

Bu kabi tadbirlar fakultetlarda davom etmoqda.

©️NAVDPI AXBOROT XIZMATI

Bizni kuzating:
Telegram|nspi.uz |Facebook |Instagram
Ҳурматли обуначилар!

Сизларга Навоий давлат педагогика институти “География ва иқтисодий билим асослари” кафедраси ўқитувчиси Нурмуҳаммедов Ойбек томонидан очилган канални тавсия қиламиз!

Ушбу каналда Сиз Дунё мамлакатлари билан яқиндан танишиб боришингиз ва улар хақида кўплаб янги, қизиқарли маълумотларга эга бўлишингиз билан бирга диққатга сазовор жойлари тўғрисида ҳам билиб олишингиз мумкин бўлади.

🌐Ҳавола: @world_geography_uz

👉
https://t.me/NavDPI_edu_uz
👍3