NDU_NSU_NGU
387 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
MBT fakultetida osh chempionati o‘tkazildi

🏛Navoiy davlat pedagogika instituti Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti tyutorlari tashabbusi bilan fakultetning 1-bosqich talabalari o‘rtasida “OSH CHEMPIONATI” tashkil etildi.

Bunda tayyorlangan milliy taomimiz bo‘lgan palovxonto‘rani institut rahbariyati hamda fakultet professor-o‘qituvchilari baholab, faxrli o‘rinlarni aniqlab berdilar.

Barcha ishtirokchi pazanda qizlarga diplom va kitoblar jamlanmasi taqdim etildi.

Bizni kuzating:
Telegram|nspi.uz |Facebook |Instagram
🏛Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Bahodir Sobirov Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha dekan oʻrinbosarlari bilan yigʻilish oʻtkazdi.

Unda talabalar davomati, ularning darslardagi ishtiroki, shuningdek, fakultetlarda yoshlar oʻrtasida sodir boʻlishi mumkin bo‘lgan huquqbuzarliklar va uning oldini olish borasida olib borilayotgan profilaktik tashviqotlar, ijara va yotoqxona masalalari, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar hamda shu kabi boshqa masalalar haqida fikr yuritilib, bu borada tegishli topshiriqlar berildi.

Bizni kuzating:
™️
@NavDPI_Rasmiy
Forwarded from Nodirbek UMAROV (NavDPI)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Enshteyn muvaffaqiyat formulasi...

Telegram: @Nodirbek_Umarov
Instagram: nodirbek.umarov.395

@Oddiylikdan_qochamiz
Talabalar turar joyidagi sharoitlar oʻrganildi

⚡️Talabalar orasida ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlashga masʼul boʻlgan rektor maslahatchisi Bahodir Abdullayev 1-sonli talabalar yotoqxonasida bo‘lib, talabalarning yashash sharoitlarini ko‘zdan kechirdi.

✔️Shu bilan birga yotoqxonada yashaydigan talabalar bilan suhbat o‘tkazildi. Xususan, har bir qavatdagi yoshlar bilan uchrashib, ularning o‘qish bilan bir qatorda turli tanlovlarda, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda, sport musobaqalarida ham ishtirok etishlari, kasb-hunar o‘rganishlari, ko‘proq kitob mutolaasi bilan band bo‘lishlari kerakligi, xorijiy tillardan birini mukammal o‘rganishlari haqida hamda boshqa shu kabi masalalarda kerakli tavsiyalar va maslahatlar berildi.

Shuningdek, talabalarning muammolari tinglandi. Ba’zi bir kamchiliklar tez fursatda hal etildi.

📲rasmiy kanalimizga obuna bo'ling va kunlik yangiliklardan xabardor bo'ling

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy