NDU_NSU_NGU
387 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
Talabalar turar joyidagi sharoitlar oʻrganildi

⚡️Talabalar orasida ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlashga masʼul boʻlgan rektor maslahatchisi Bahodir Abdullayev 1-sonli talabalar yotoqxonasida bo‘lib, talabalarning yashash sharoitlarini ko‘zdan kechirdi.

✔️Shu bilan birga yotoqxonada yashaydigan talabalar bilan suhbat o‘tkazildi. Xususan, har bir qavatdagi yoshlar bilan uchrashib, ularning o‘qish bilan bir qatorda turli tanlovlarda, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda, sport musobaqalarida ham ishtirok etishlari, kasb-hunar o‘rganishlari, ko‘proq kitob mutolaasi bilan band bo‘lishlari kerakligi, xorijiy tillardan birini mukammal o‘rganishlari haqida hamda boshqa shu kabi masalalarda kerakli tavsiyalar va maslahatlar berildi.

Shuningdek, talabalarning muammolari tinglandi. Ba’zi bir kamchiliklar tez fursatda hal etildi.

📲rasmiy kanalimizga obuna bo'ling va kunlik yangiliklardan xabardor bo'ling

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
Tyutorlar bilan navbatdagi yigʻilish

🏛Bugun Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Bahodir Sobirov tyutorlar bilan yigʻilish oʻtkazdi. Unda rektor maslahatchisi Bahodir Abdullayev hamda birinchi prorektor Xurshid Qurbonovlar ishtirok etdi.

Yig’ilishda tyutorlarning asosiy faoliyatiga doir masalalar koʻrildi.

Jumladan, ijara asosida yashaydigan talabalarning sharoitlarini birma-bir borib oʻrganish, bunda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati birinchi vazifa ekanligi tushuntirildi. Shu bilan birga talabalar turar joylaridagi talabalar holidan ham muntazam xabardor boʻlish, yotoqxonalardagi kamchiliklarni masʼullarga yetkazish choralarini koʻrish masalasi tanqid qilindi. Shuningdek, institut tashkil topganining 40 yilligi munosabati bilan oʻtkaziladigan anjumanga munosib tayyorgarlik koʻrilayotganligi va bunda tyutorlarning ham alohida mehnati eʼtirof etilishi taʼkidlandi.

Yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarga, “besh tashabbus“, “talabalar ligasi“ hamda “Rektor kubogi“ kabi sport musobaqalariga keng jalb qilish masalalariga ham alohida toʻxtaldi.

Shuningdek, tyutorlarning keyingi bajarilishi kerak boʻlgan faoliyatlariga oid topshiriqlar belgilandi.

Bizni kuzating:
Telegram|nspi.uz |Facebook |Instagram
25-OKTABR – ICHKI ISHLAR ORGANLARI XODIMLARI KUNI

Hurmatli Ichki ishlar organlari xodimlari!

Sizlarni va xizmat burchini bajarish chog’ida halok bo‘lgan xodimlarning oila a’zolarini, faxriylarni, shuningdek, Navoiy davlat pedagogika instituti profilaktika inspektorlari Nodir Hayitov hamda Surayyo Xusanovalarni kasb bayramlari bilan chin qalbdan samimiy tabrik izhor etamiz!

Vatanimiz tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash, fuqarolarimizning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish, huquq-tartibotni mustahkamlashdek mas’uliyatli, shu bilan birga sharafli xizmat faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Hurmat bilan, Navoiy davlat pedagogika instituti jamoasi

Bizni kuzating:
Telegram|nspi.uz |Facebook |Instagram
#Sport

⚡️Navoiy davlat pedagogika instituti professor-oʻqituvchilari va ishchi xodimlar oʻrtasida futbol boʻyicha “Rektor kubogi” musobaqalari boshlandi.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining №351-sonli buyrugʻi hamda Navoiy davlat pedagogika institutining 2023/2024-oʻquv yili davomida oʻtkaziladigan tadbirlarning kalendar rejasiga muvofiq, sportning mini-futbol turi boʻyicha “Rektor kubogi” uchun oʻyinlar juda qiziqarli uchrashuvlar bilan boshlandi.

“Rektorat” jamoasi hamda Fizika-texnologiya fakulteti oʻrtasida boʻlgan dastlabki oʻyin 5:3 hisobida rektorat jamoasining foydasiga hal boʻldi. Keyingi oʻyinlarda Tabiiy fanlar hamda Jismoniy madaniyat fakultetlari oʻzaro to‘p surdi. Natijada 2:3 hisobida Jismoniy madaniyat fakulteti gʻalaba qozondi.

Oʻzbek tili va adabiyoti hamda Tarix fakultetlari oʻrtasidagi oʻyin 3:2 hisobida tilchilar foydasiga hal bo‘ldi. Matematika-informatika 3:0 hisobda Rus va qozoq filologiyasi fakulteti jamoasi ustidan gʻalaba qozondi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
#LIVE

⏳Ayni paytda Navoiy shahridagi Yoshlar markazida Navoiy davlat pedagogika institutining iqtidorli va iste‘dodli talabalari o‘rtasida "Talant shou" tanlovi bo‘lib o‘tmoqda.

Unda fakultetlardan kelgan yoshlar musiqa va san‘at sohasida o‘z iste‘dodlarini namoyon etishmoqda.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
SPORTCHI TALABALAR BILAN UCHRASHUV TASHKIL ETILDI

⚡️Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining №351-sonli buyrug‘i asosida Navoiy davlat pedagogika instituti Matematika-informatika fakultetida jahon hamda osiyo chempionlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Mazkur uchrashuvda sportchi yoshlar erishgan yutuqlari, barcha sohalar kabi sportga berilayotgan e’tibor haqida batafsil gapirib berishdi.

📲rasmiy kanalimizga obuna bo'ling va kunlik yangiliklardan xabardor bo'ling

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy