NDU_NSU_NGU
387 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
#Sport

⚡️Navoiy davlat pedagogika instituti professor-oʻqituvchilari va ishchi xodimlar oʻrtasida futbol boʻyicha “Rektor kubogi” musobaqalari boshlandi.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining №351-sonli buyrugʻi hamda Navoiy davlat pedagogika institutining 2023/2024-oʻquv yili davomida oʻtkaziladigan tadbirlarning kalendar rejasiga muvofiq, sportning mini-futbol turi boʻyicha “Rektor kubogi” uchun oʻyinlar juda qiziqarli uchrashuvlar bilan boshlandi.

“Rektorat” jamoasi hamda Fizika-texnologiya fakulteti oʻrtasida boʻlgan dastlabki oʻyin 5:3 hisobida rektorat jamoasining foydasiga hal boʻldi. Keyingi oʻyinlarda Tabiiy fanlar hamda Jismoniy madaniyat fakultetlari oʻzaro to‘p surdi. Natijada 2:3 hisobida Jismoniy madaniyat fakulteti gʻalaba qozondi.

Oʻzbek tili va adabiyoti hamda Tarix fakultetlari oʻrtasidagi oʻyin 3:2 hisobida tilchilar foydasiga hal bo‘ldi. Matematika-informatika 3:0 hisobda Rus va qozoq filologiyasi fakulteti jamoasi ustidan gʻalaba qozondi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
#LIVE

⏳Ayni paytda Navoiy shahridagi Yoshlar markazida Navoiy davlat pedagogika institutining iqtidorli va iste‘dodli talabalari o‘rtasida "Talant shou" tanlovi bo‘lib o‘tmoqda.

Unda fakultetlardan kelgan yoshlar musiqa va san‘at sohasida o‘z iste‘dodlarini namoyon etishmoqda.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
SPORTCHI TALABALAR BILAN UCHRASHUV TASHKIL ETILDI

⚡️Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining №351-sonli buyrug‘i asosida Navoiy davlat pedagogika instituti Matematika-informatika fakultetida jahon hamda osiyo chempionlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Mazkur uchrashuvda sportchi yoshlar erishgan yutuqlari, barcha sohalar kabi sportga berilayotgan e’tibor haqida batafsil gapirib berishdi.

📲rasmiy kanalimizga obuna bo'ling va kunlik yangiliklardan xabardor bo'ling

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy