NDU_NSU_NGU
387 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
Xotin-qizlar maslahat kengashi bo‘lib o‘tdi

🔰Navoiy davlat pedagogika institutida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 18-oktabrdagi №466-sonli xatining ilovasi asosida qayd etilgan 31-oktabr “Milliy qadriyatlar kuni” chora tadbir rejasiga asosan Termiz davlat universitetida o’tkazilgan “Talaba-qizlarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash” mavzusidagi seminar taasurotlari asosida Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi N. Tursunova tomonidan dekan maslahatchilari va “Qizlarjon” klubi raislari ishtirokida navbatdagi yig’ilishi tashkil etildi.

Asosiy masala talaba-qizlarni to‘garaklarga jalb qilish, ijtimoiy himoyaga muhtojlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari o‘rganildi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
TARIX FAKULTETIDA “OSH CHEMPIONATI” O‘TKAZILDI

🏛Navoiy davlat pedagogika institutida talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, yoshlar o‘rtasida milliy qadriyatlarimizning keng tarannum etilishini ta’minlash va ahamiyatini oshirish, turli tanlov, tadbirlar orqali yangi-yangi qobiliyatlarni kashf qilish hamda ular uchun munosib shart-sharoitlar yaratish an’anaga aylangan. Shuningdek, 31-oktabr — “Milliy qadriyatlar kuni” munosabati bilan barcha fakultetlarda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tdi.

Xususan, Tarix fakulteti talaba-yoshlari o‘rtasida osh chempionati yangi qobiliyatlarni aniqlab berdi. Fakultet rahbariyati, tyutorlari va professor-o‘qituvchilar tashkilotchiligida 1-4 kurs talabalari 9 ta qozon-o‘choqda osh tayyorladilar. Bir-birovidan mazali palovlarning turli xil ko‘rinishda hakamlar hay’ati baholadi. Shu bilan birga xar bir ishtirokchi rag’batlantirildi.

Fakultet bosqichida g’olib bo‘lgan jamoa keyingi, institut bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

™️@NavDPI_Rasmiy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mobilografiya

📱Ingliz tili va adabiyoti fakultetida “Milliy qadriyatlar kuni” munosabati bilan “Milliy libos”, “Milliy raqs”, “Milliy taom” nominatsiyalari boʻyicha maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.

📲rasmiy kanalimizga obuna bo'ling va kunlik yangiliklardan xabardor bo'ling

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
Forwarded from 🇺🇿 NavDU_YI 🇺🇿 (Nodirbek UMAROV (NavDPI))
#XUSHXABAR

Navoiy davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat fakulteti talabalari Axtamov Kamoliddin hamda Maxmudova Madinalar Toshkent shahrida bo'lib o'tgan Qilichbozlik sport turi bo'yicha O'zbekiston chempionatida faxrli 3-o'rinni egallab, bronza medallarini qo'lga kiritishdi.

Talabalarimizni ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklab, kelgusi sport faoliyatlarida ham ulkan zafarlar tilaymiz!

@NavDPI_YI
#XUSHXABAR

⚡️Navoiy davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat fakulteti talabalari Axtamov Kamoliddin hamda Maxmudova Madinalar Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Qilichbozlik sport turi bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida faxrli 3-o‘rinni egallab, bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.

👏Talabalarimizni ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklab, kelgusi sport faoliyatlarida ham ulkan zafarlar tilaymiz!

™️:@NavDPI_Rasmiy
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️“Talant shou” tanlovining saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi.

🎞Tafsilotlar “Diyor 24” axborot dasturida
@Navoiy_vtrk

™️:@NavDPI_Rasmiy
👍1
#Dayjest

Milliy qadriyatlar – millat maʼnaviyatining koʻzgusi

31-oktyabr — Milliy qadriyatlar kuni munosabati bilan Navoiy davlat pedagogika institutida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar o‘tkazildi.

Jumladan:
🔹O‘zbek tili va adabiyoti fakultetida “Milliy libos”, “Milliy raqs”, “Milliy qo‘shiq” nominatsiyalari bo‘yicha bellashuvlar bo‘lib o‘tdi. Qatag’on qurbonlari xotira muzeyiga talabalar tashrif buyurib, milliy qadriyatlariizni ulug’lovchi ko‘rgazma va eksponatlar bilan tanishdilar.

🔸Ingliz tili va adabiyoti fakultetida “Milliy liboslar, milliy raqs, milliy taomlar'' sayli tashkil etildi. Talabalar o‘zbek milliy taomlaridan, raqslardan, o‘lan va laparlardan, yor-yorlardan namunalar ijro qildilar.

🔹Fizika-texnologiyalar fakultetida “Milliy qadriyatlarimiz doimo tarannum etsin” mavzuida tadbir o‘tkazildi.

🔸San’atshunoslik fakultetida “Milliy liboslar – Mening iftixorim” mavzusida “Milliy liboslar” namoyishi hamda “Milliy maqom san’ati” festivali ko‘tarinki ruhda va yuqori saviyada tashkil etildi. Milliyligimizni, qadriyatlarimizni aks ettiruvchi liboslarni ko‘rib, diltortar maqom ashulalarini tinglagan yoshlarda vatanga muhabbat, milliy g’urur va iftixor tuyg’ularini his qilishdi. Faol ishtirok etgan talabalarning ijod mahsullari alohida e‘tirof etilib, diplom va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.

🔹Tabiiy fanlar fakulteti talabalari tyutorlari boshchiligida Navoiy shahridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazidagi muzeyga sayohat qildilar. Yoshlar tarixiy buyumlar, milliyligimizni aks ettiruvchi liboslarimiz bilan yaqindan tanishdilar.

™️:@NavDPI_Rasmiy