NDU_NSU_NGU
387 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
YAXSHI NIYAT BILAN EKILAYOTGAN KO‘CHATLAR

Bugungi kunda ekologik muammolar ko‘plab mamlakatlarning global mavzusiga aylanib ulgurgan. Bu esa, butunjahon hamjamiyatini ona tabiatni asrashga chaqirmoqda. Davlatimiz rahbarining mazkur yo‘nalishdagi faol tashabbusi ortidan yurtimizda “Yashil makon” umummilliy loyihasi amalga oshirilmoqda. Mazkur loyiha asosida har yili O‘zbekistonda ona yer bag‘riga 200 million tup daraxt va buta ko‘chatlari ekish maqsad qilingan. Shuningdek, “Yashil makon” loyihasi umummilliy harakatga aylanib, hozirgi kunda o‘ziga xos qadriyat sifatida namoyon bo‘layotganini kuzatish mumkin.

Navoiy shahridagi “Janubiy” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida NavDPI talaba yoshlari, mahalla faollari va nuroniylar ishtirokida “Yashil makon” loyihasi doirasida manzarali ko‘chatlar ekilib, “Yashil jamoat bog‘i” barpo etildi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
⚡️NavDPIda “Ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi ishlarni tizimli yo‘lga qo‘yishda tyutorlarning o‘rni va roli” mavzusida o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi

Seminarda viloyat Maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi rahbari A.Muqimov ishtirok etib, talabalar orasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni asrab-avaylash, ularni ma’naviy boy va jismonan sog‘lom etib tarbiyalash, talaba-yoshlar o‘rtasidagi “Jaholatga qarshi ma’rifat” tuyg’usini shakllantirish orqali ma’naviyat va ma’rifatga alohida e’tibor qaratish lozimligi haqida to‘xtalib o‘tildi.

Bizni kuzating:
™️:
@NavDPI_Rasmiy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#osh_party

🎬Matematika-informatika hamda San’atshunoslik fakultetlarida bo‘lib o‘tgan “osh party” chempionatidan videoreportaj

Bizni kuzating:
Telegram|nspi.uz |Facebook |Instagram
#Sport

⚡️Bugun Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “5 tashabbus olimpiadasi” musobaqasining respublika final o‘yinlari boshlandi


Bellashuvlar 3-5-noyabr kunlari Buxoro davlat universitetida sportning voleybol, mini-futbol, yengil atletika, stritbol va stol tennisi turlari bo‘yicha bo‘lib o‘tadi.

🏆Navoiy davlat pedagogika instituti sportchi talabalari ham institut rahbariyati boshchiligida Buxoro shahrida bo‘lib, dastlabki o‘yinlarda ishtirok etmoqda.

Jamoamizga omad yor bo‘lsin!

™️:@NavDPI_Rasmiy
#Sport

PARA OSIYO O‘YINLARI ISHTIROKCHILARI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI

⚡️Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining №351-sonli buyrug‘i asosida Navoiy davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat fakultetida Para Osiyo o‘yinlari ishtirokchilari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Fakultet rahbariyati, o‘qituvchi va tyutorlar tomonidan tashkil etilgan mazkur uchrashuvda para yengil atletika bo‘yicha bir necha karra O‘zbekiston chempionlari, Tunis gran-pri musobaqasi sovrindorlari, shuningdek, Xitoyning Xandjou shahrida bo‘lib o‘tgan para osiyo o‘yinlarida munosib ishtirok etgan Jamol Akobirov hamda Shahboz Rajabovlar talabalarga o‘z tajribalarini ulashdi.

Bizni kuzating:
👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy