NDU_NSU_NGU
387 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
⚡️Bugun Navoiy davlat pedagogika instituti Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor Gʻ.Yodgorov, Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplayens nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi boshligʻi A.Xalikov, Taʼlim sifatini nazorat qilish boʻlimi boshligʻi E.Musayevlar Ingliz tili va adabiyot fakulteti professor-oʻqituvchilari bilan yigʻilish oʻtkazdilar.

Yigʻilishda institutda amalgan oshirilayotgan ishlar, yutuqlar hamda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida olib borilayotgan profilaktik suhbatlar va boshqa turli mavzular bo‘yicha axborot berildi.

Telegram | nspi.uz | Facebook | Instagram | You tube
Yo‘l qoidasi — umr foydasi

🏛NavDPI faollar zalida O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti 2-bosqich talabalari uchun ushbu mavzuda davra suhbati tashkil etildi.

Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi mas’ul xodimi Fayoz Qosimov tomonidan piyodalar va transport egalarining yo‘l qoidalariga amal qilishi kerak bo‘lgan jihatlari, baxtsiz hodisalarning oldini olish choralari, transport boshqarish tartib-qoidalari va boshqalar xususida alohida to‘xtalib o‘tildi. Mavzuga oid videolavhalar namoyish etildi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
#hamkorlik

Buxoro davlat pedagogika instituti bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatildi

⚡️Bugun Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Bahodir Sobirov va Buxoro davlat pedagogika instituti rektori, professor Bahodir Ma’murov o‘rtasida memorandum imzolandi.

✍️Kelishuv memorandumida ikki oliy ta’lim muassasalarida birgalikda ilmiy izlanishlar olib borish, dasturlar doirasida ilmiy izlanuvchilar va xodimlar almashish, fan, ta’lim vakillari va amaliyotchilarning birgalikdagi tadbirlarini tashkillashtirish, oliygohlarda tashkil etilayotgan ilmiy tadbir haqida ikkinchi tomonni xabardor etish va qatnashish uchun taklif etish asosida masalalarini yo‘lga qo‘yish haqida kelishib olindi.

Bizni kuzating:
Telegram|nspi.uz |Facebook |Instagram
👍1
O‘zbek milliy taomi – somsa tayyorlash bo‘yicha talabalar bellashishdi

O‘zbek pazandachiligida somsapazlik qadimdan rivojlanib kelgan. Bu taomning varaqi somsa, ko‘k somsa, yalpiz somsa, qovoq somsa kabi ko‘plab turlari nozikta’b xo‘randalarni ham xushnud etgan.

🔰O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining №351-sonli buyrug‘ining 52-band ijrosini ta’minlash, shuningdek, talaba-qizlarni mustaqil oilaviy hayotga har tomonlama tayyorlash, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida joriy yilning 3-noyabr sanasida NavDPI Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakultetida fakultet rahbariyati, professor-o‘qituvchilari va tyutorlar tashabbusi bilan “Mazzali somsa” tanlovi tashkil etildi.

Unda iqtidorli, izlanuvchan, go‘zal talaba-qizlar tomonidan milliy liboslar namoyishi, urf-odatlarimizdan: “Kelin salom” udumi, hunarmandchilikning milliy kashtachilik turidan lavhalar, milliy xalq o‘yinlari hamda pazandachilik qobiliyatlari namoyish etildi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy