NDU_NSU_NGU
387 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
O‘zbek milliy taomi – somsa tayyorlash bo‘yicha talabalar bellashishdi

O‘zbek pazandachiligida somsapazlik qadimdan rivojlanib kelgan. Bu taomning varaqi somsa, ko‘k somsa, yalpiz somsa, qovoq somsa kabi ko‘plab turlari nozikta’b xo‘randalarni ham xushnud etgan.

🔰O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining №351-sonli buyrug‘ining 52-band ijrosini ta’minlash, shuningdek, talaba-qizlarni mustaqil oilaviy hayotga har tomonlama tayyorlash, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida joriy yilning 3-noyabr sanasida NavDPI Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakultetida fakultet rahbariyati, professor-o‘qituvchilari va tyutorlar tashabbusi bilan “Mazzali somsa” tanlovi tashkil etildi.

Unda iqtidorli, izlanuvchan, go‘zal talaba-qizlar tomonidan milliy liboslar namoyishi, urf-odatlarimizdan: “Kelin salom” udumi, hunarmandchilikning milliy kashtachilik turidan lavhalar, milliy xalq o‘yinlari hamda pazandachilik qobiliyatlari namoyish etildi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
Rus va qozoq filologiyasi fakultetida Osiyo musobaqalari sovrindorlari bilan uchrashuv o‘tkazildi

✍️Vazirlikning №351-sonli buyrug‘i hamda institutning 2023/24-o‘quv yili kalendar rejasi (sport turlari bo‘yicha olimpiada, jahon, respublika bosqichi g‘oliblari ishtirokida uchrashuvlar o‘tkazish) asosida fakultetda sportning yengil atletika turi bo‘yicha Osiyo o‘yinlari sovrindorlari, O‘zbekiston chempionlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda sportchilar bugungi kunda sportga berilayotgan e’tibor, yoshlarimizning sport bilan shug‘ullanishlari uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar xususida to‘xtalishdi.

“Fakultetimizda talabalarning darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishida “Talabalar ligasi”, “Besh muhim tashabbus” sport o‘yinlari, “Rektor kubogi” bo‘yicha sport o‘yinlariga talabalar muntazam ravishda qatnashib, yuqori o‘rinlarni qo‘lga kiritib kelmoqdalar...” - dotsent F.R.Jumayeva.

Tadbirda talabalarning qiziqtirgan savollariga sportchilar tomonidan batafsil javob berildi.

™️:@NavDPI_Rasmiy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

🎞Navoiy viloyat teleradikompaniyasining “Altыn aymak” koʻrsatuvida NavDPI Matematika-informatika, O‘zbek tili va adabiyoti fakultetlari qozoq tili taʼlim yoʻnalishi talabalarining oʻqish jarayonlari haqida maxsus son tayyorlanib, efirga uzatildi.
@Navoiy_vtrk

📲rasmiy kanalimizga obuna bo'ling va kunlik yangiliklardan xabardor bo'ling

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
Talabalar turar joylari oʻrganildi

⚡️Bugun Navoiy davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Sobirov qariyb 5 soat davomida talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni koʻzdan kechirish, muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, yotoqxonalarning kuz-qish mavsumiga tayyorligi hamda “yashil makon” loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida institutning 1280 oʻringa moʻljallangan 1-2-3-sonli talabalar turar joylarida bo‘ldi.

Talabalar bilan suhbat oʻtkazildi va ularning taklif hamda muammolari tinglandi. Suhbat mobaynida aniqlangan muammolar joyida bartaraf etildi.

Shundan soʻng axborot-resurs markazida fakultet dekanlari va dekan oʻrinbosarlari bilan tanqidiy yigʻilish oʻtkazildi. Yigʻilish ishtirokchilariga yotoqxonalardagi kamchiliklar boʻyicha aniq vazifalar berildi. Topshiriqlarni nazorat qilish prorektorlar zimmasidaligi taʼkidlandi.

™️:@NavDPI_Rasmiy
👏1
Forwarded from Edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezidentimiz - dunyo e’tirofida!

___

Наш Президент глазами мирового сообщества.

___

Our President through the eyes of the world community.

Facebook|Instagram|Twitter
“MILLIY KIYIMLAR — MILLAT KO’RKI” MILLIY KIYIMLAR NAMOYISHI HAMDA “OSH CHEMPIONATI” O‘TKAZILDI

⚡️Navoiy davlat pedagogika instituti Rus va qozoq filologiyasi fakultetida milliy kiyimlar namoyishi tashkil etildi. Talabalar millatimizning, milliy qadriyatlarimizning namunasi bo‘lgan milliy liboslar kiyib, har bir libosning yaratilish tarixi haqida gapirib berishdi.

Shuningdek, fakultetning kechki ta’limdagi talabalari o‘rtasida “Osh chempionati” bo‘lib o‘tdi. Unda talabalar o‘z mahoratlarini ko’rsatib, milliy taomimiz — palovning turli ko‘rinishlarini tayyorlashdi.

™️:@NavDPI_Rasmiy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎞“Maxsus reportaj” | “Oʻzbekiston 2030” strategiyasida ilgari surilgan istiqbolli gʻoyalar haqida

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
👍1
Fakultet dekanlari bilan navbatdagi yigʻilish boʻlib oʻtdi

🏛Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Bahodir Sobirov prorektorlar, fakultet dekanlari va ayrim boʻlim boshliqlari bilan tanqidiy-tahliliy yigʻilish oʻtkazdi.

Yigʻilishda ijro-intizomi va ichki-tartib qoidalariga amal qilish, kuz-qish mavsumi hamda Hemis axborot tizimi boʻyicha olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi. 

Shuningdek, talabalar turar joylarida oʻtkaziladigan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar rejasi hamda texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilish boʻyicha yoʻriqnoma ishlab chiqish topshirigʻi berildi.

Shu bilan birga dekanlar va ularning oʻrinbosarlari, kafedra mudirlari va professor-oʻqituvchilar ham boʻsh vaqtlarida talabalar holidan xabardor boʻlish, gazeta va jurnallarda maqolalar chop ettirish va boshqa turli masalalar boʻyicha tavsiya hamda topshiriqlar berildi.

™️:@NavDPI_Rasmiy