NDU_NSU_NGU
387 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
GIYOHVANDLIK, PSIXOTROP VA KUCHLI TA’SIR QILUVCHI DORI VOSITALARINING NOQONUNIY AYLANISHIGA QARSHI KURASHISH YUZASIDAN HUQUQIY-PROFILAKTIK TADBIR O‘TKAZILDI

🔰Ma’lumki, har yili mamlakatimizda noyabr-dekabr oylarida “Tarkibida giyohvandlik, psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan dori vositalarining noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish” oyligi o’tkazilib kelinadi.

🏛Navoiy davlat pedagogika institutida ham talabalarni ogohlikka chaqirish maqsadida xuddi shunday tadbir tashkil etildi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi IIV Tezkor qidiruv departamenti Jinoyat qidiruv xizmati boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik A.Matlyubov, tezkor vakillar F.Azgarov, B.Savriyev, narkolog vrach K.Shaimova va Navoiy viloyat IIB vakillari ishtirok etishdi.

Tadbir ochiq muloqot tarzida o‘tkazilib, unda mas’ullar mavzu yuzasidan tushunchalar berish qatorida talabalarning bir qator savollariga batafsil javoblar taqdim etishdi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
SHOIR VA TARJIMON VAFO FAYZULLOH BILAN ADABIY UCHRASHUV TASHKIL ETILDI

⚡️NavDPI O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti qoshida tashkil etilgan “Qaqnus” adabiy klubining tashabbusi bilan “So‘z yukida Vatan bor” deb nomlangan tadbir tashkil etildi. Unda atoqli shoir, mohir tarjimon va munaqqid VAFO FAYZULLOH bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muallifning “Iz” nomli saylanmasi va “Belgidan belgigacha” kitoblarining taqdimoti hamda talaba-yoshlar, ijod ahli bilan adabiy uchrashuv o‘tkazildi.

Ilmiy-ijodiy ruhda o‘tkazilgan tadbirda muallif professor-o‘qituvchilar va talabalar tomonidan berilgan savollarga javob berdi.

Adabiyot, ijod, tarjima, adabiy tanqid kabi qator masalalarda o‘z qarashlarini va tavsiyalarini berdi.

Mazkur uchrashuv yig‘ilganlarga xushkayfiyat, yuksak ma’naviy quvvat bag‘ishladi. Bunday tadbirlarning tashkil etilishi adabiyot, manaviyatimiz rivojiga katta hissa qo‘shadi.

™️:@NavDPI_Rasmiy
📌Joriy yilning 9-noyabrdan 9-dekabrga qadar “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasida institut Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish boʻlim boshligʻi A.Xalikov 9-noyabr sanasida Oʻzbek tili va adabiyoti fakulteti professor-oʻqituvchilari va tyutorlari bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Uchrashuvda professor-oʻqituvchilar, ishchi-xodimlar va talaba-yoshlar orasida uchrab turadigan jinoyatlar hamda ularning profilaktikasi toʻgʻrisida toʻxtalib oʻtildi.

Shuningdek, oʻquv jarayonlari bilan bogʻliq taʼmagirlik va poraxoʻrlik kabi korrupsion huquqbuzarliklarga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha tushuntirish ishlari olib borildi.

Uchrashuv soʻnggida har bir professor-oʻqituvchi va tyutorlardan kafolat xati olindi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Diyor 24” NavDPI talaba-yoshlari Navoiy shahridagi “Janubiy ” mahallasi xududida yashillik olamini boyitishga hissa qoʻshmoqda.
@Navoiy_vtrk

™️:@NavDPI_Rasmiy