NDU_NSU_NGU
387 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
SHOIR VA TARJIMON VAFO FAYZULLOH BILAN ADABIY UCHRASHUV TASHKIL ETILDI

⚡️NavDPI O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti qoshida tashkil etilgan “Qaqnus” adabiy klubining tashabbusi bilan “So‘z yukida Vatan bor” deb nomlangan tadbir tashkil etildi. Unda atoqli shoir, mohir tarjimon va munaqqid VAFO FAYZULLOH bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muallifning “Iz” nomli saylanmasi va “Belgidan belgigacha” kitoblarining taqdimoti hamda talaba-yoshlar, ijod ahli bilan adabiy uchrashuv o‘tkazildi.

Ilmiy-ijodiy ruhda o‘tkazilgan tadbirda muallif professor-o‘qituvchilar va talabalar tomonidan berilgan savollarga javob berdi.

Adabiyot, ijod, tarjima, adabiy tanqid kabi qator masalalarda o‘z qarashlarini va tavsiyalarini berdi.

Mazkur uchrashuv yig‘ilganlarga xushkayfiyat, yuksak ma’naviy quvvat bag‘ishladi. Bunday tadbirlarning tashkil etilishi adabiyot, manaviyatimiz rivojiga katta hissa qo‘shadi.

™️:@NavDPI_Rasmiy
📌Joriy yilning 9-noyabrdan 9-dekabrga qadar “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasida institut Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish boʻlim boshligʻi A.Xalikov 9-noyabr sanasida Oʻzbek tili va adabiyoti fakulteti professor-oʻqituvchilari va tyutorlari bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Uchrashuvda professor-oʻqituvchilar, ishchi-xodimlar va talaba-yoshlar orasida uchrab turadigan jinoyatlar hamda ularning profilaktikasi toʻgʻrisida toʻxtalib oʻtildi.

Shuningdek, oʻquv jarayonlari bilan bogʻliq taʼmagirlik va poraxoʻrlik kabi korrupsion huquqbuzarliklarga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha tushuntirish ishlari olib borildi.

Uchrashuv soʻnggida har bir professor-oʻqituvchi va tyutorlardan kafolat xati olindi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Diyor 24” NavDPI talaba-yoshlari Navoiy shahridagi “Janubiy ” mahallasi xududida yashillik olamini boyitishga hissa qoʻshmoqda.
@Navoiy_vtrk

™️:@NavDPI_Rasmiy
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ёнимиздаги_қаҳрамонлар

Матонат ва жасорат тимсоли: НавДПИ Жисмоний маданият факултети талабаси Ойбек Йўлдошев ҳақида телеочерк.

@NavDPI_YI
10-noyabr — Xalqaro buxgalteriya kuni

⚡️Bugun aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan soha vakillari oʻzlarining kasb bayramlarini nishonlashmoqda. Aynan shu kuni, yaʼni 10-noyabr dunyoda Xalqaro buxgalteriya kuni (International Accounting Day) etib belgilangan. Uni yana Buxgalterlar kuni (Accountantʼs Day) deb ham atashadi. Hatto koʻplab mamlakatlarda mazkur sana milliy bayram hisoblanadi.

Ushbu kun munosabati bilan Navoiy davlat pedagogika instituti hisobchi xodimlarini, masʼuliyatli soha egalarini kasb bayramlari bilan samimiy tabriklaymiz! Ularning fidokorona va mashaqqatli ishlariga omad, oilaviy farovonlik va barokatlar tilaymiz.

Bizni kuzating:
Telegram|nspi.uz |Facebook |Instagram
MAQSADIMIZ BARCHANI SPORTGA OSHNO ETISH

🏐Sogʻlom turmush tarzini targʻib etish, xodimlarni sportning ommaviy turlariga qiziqishini kuchaytirish hamda 11-noyabr – Oʻzbekiston Respublikasi Kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan Navoiy davlat pedagogika institutida faoliyat koʻrsatayotgan professor-oʻqituvchi va ishchi xodimlar oʻrtasida voleybol boʻyicha “KASABA UYUSHMASI KUBOGI” bahslari boʻlib oʻtmoqda.

Unda professor-oʻqituvchilar va ishchi xodimlardan tarkib topgan 11 ta jamoa musobaqa kubogini qoʻlga kiritish uchun bellashmoqda. “A” va “B” guruh oʻyinlarida Jismoniy madaniyat fakulteti 12 “ochko” bilan, Tabiiy fanlar fakulteti 9 “ochko” bilan, Fizika texnologiya fakulteti 12 “ochko” bilan yarim final bahslariga yoʻllanma oldi.

Musobaqaning yarim final va final oʻyinlari 10-noyabr kuni oʻtkaziladi. Gʻolib jamoa tashkilotchilar tomonidan kubok, diplom, medallar va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadi.

™️:@NavDPI_Rasmiy