NDU_NSU_NGU
387 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
NAVDPI JAMOASI MA’NAVIYAT MARAFONIDA FAOL ISHTIROK ETDI

⚡️Navoiy davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari hamda talabalar “Biz bir bo‘lsak — yagona xalqmiz, birlashsak — vatanmiz!” g‘oyasi asosidagi “Ma’naviyat marafoni” loyihasi doirasida Navoiy shahridagi Alisher Navoiy nomli istirohat bog‘ida o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy va madaniy tadbirlarda faol qatnashdilar.

“Milliy qadriyatlar – millat ko‘rki”, “rasmlar tanlovi”, “yurish marafoni”, “milliy kiyim namoyishi” kabi yo‘nalishlarda bayram tadbirlari va loyihalar amalga oshirildi.

Mazkur marafondan ko‘zlangan maqsad — yoshlar o‘rtasida milliy g‘urur, vatanparvarlik tuyg‘ularini yuksaltirish, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni keng targ‘ib qilish sanaladi.

Telegram|nspi.uz |Facebook |Instagram
FAKULTETDA OSH CHEMPIONATI O‘TKAZILDI

🔰Navoiy davlat pedagogika instituti Ingliz tili va adabiyoti fakulteti talaba-yoshlari o‘rtasida “Biz bir bo‘lsak — yagona xalqmiz, birlashsak — Vatanmiz!” g‘oyasi asosidagi “Ma’naviyat marafoni” loyihasi doirasida “Milliy taomimiz — Osh chempionati” bo‘lib o‘tdi.

✔️Unda fakultet rahbariyati, tyutorlari va professor-o‘qituvchilar tashkilotchiligida talabalar 21 ta qozon-o‘choqda osh tayyorladilar. Bir-birovidan mazali palovlarning turli xil ko‘rinishda institut rahbariyati va hakamlar hay’ati baholab bordi.

Oliy o‘rin fakultetning 306-guruh talabalariga nasib etdi. Shuningdek, birinchi o‘rinni 307, 303, 205-guruhlar, ikkinchi o‘rinni 106, 204, 308-guruhlar, uchinchi o‘rinni 302, 101, 203, 305-guruhlar egalladi.

Oliy o‘rin olgan jamoa keyingi, institut bosqichida ishtirok etadi.

📲rasmiy kanalimizga obuna bo'ling va kunlik yangiliklardan xabardor bo'ling


™️:@NavDPI_Rasmiy
❤1
11-noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni!

Muhtaram Prezidentimizning tashabbuslari bilan 11-noyabr Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni etib belgilangan.

Navoiy davlat pedagogika instituti jamoasi mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan barcha kasaba uyushmalari vakillarini, shu jumladan, institut kasaba uyushma qoʻmitasi raisi Bekmurodov Normurod Rashidovich va fakultetlarda faoliyat olib borayotgan barcha kasaba qo‘mitasi vakillarini kasb bayramlari bilan samimiy muborakbod etamiz.

Barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy hotirjamlik, baxt va omad, mas’uliyatli faoliyatingizda zafarlar tilaymiz!

Hurmat bilan, NavDPI jamoasi.

Bizni kuzating
™️:
@NavDPI_Rasmiy
⚡️Joriy yilning 9-noyabrdan 9-dekabrga qadar “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasida institut Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish boʻlim boshligʻi A.Xalikov 9-noyabr sanasida Tarix fakulteti professor-oʻqituvchilari va tyutorlar bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Uchrashuvda professor-oʻqituvchilar, ishchi-xodimlar va talaba-yoshlar orasida uchrashi mumkin bo‘lgan jinoyatlar hamda ularning profilaktikasi toʻgʻrisida toʻxtalib oʻtildi.

Shuningdek, oʻquv jarayonlari bilan bogʻliq taʼmagirlik va poraxoʻrlik kabi korrupsion huquqbuzarliklarga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha tushuntirish ishlari olib borildi.

Uchrashuv soʻnggida har bir professor-oʻqituvchi va tyutordan kafolat xati olindi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yashil_makon

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida NavDPI Talabalar turar joyida “Yoshlar bogʻi” tashkil etildi. Ushbu bogʻga 100 tup mevali daraxt ko‘chatlari ekildi.

➖➖➖
В рамках общенационального проекта «Яшил макон» в студенческом общежитии Навоийского государственного педагогического института создан «Молодежный сад». В этом саду посажено 100 кустов саженцев фруктовых деревьев.

➖➖➖
As part of the nationwide project “Yashil Makon”, a “Youth garden” was created in the student dormitory of the Navoi state pedagogical institute. 100 bushes of fruit tree seedlings were planted in this garden.

™️:@NavDPI_Rasmiy