NDU_NSU_NGU
387 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
NDU - Navoiy davlat universiteti
#Manaviyat_marafoni_doirasidagi_tadbirlardan_fotolavhalar
#Dayjest

Navoiy davlat pedagogika institutida “Biz bir boʻlsak – yagona xalqmiz, birlashsak – vatanmiz!” gʻoyasi asosidagi “Maʼnaviyat marafoni” loyihasi doirasida o‘tkazilgan tadbirlar:

🔹Maktabgacha va boshlangʻich taʼlim fakultetida bo‘lib o‘tgan tadbirda buyuk tarixga ega xalqimizning urf-odatlari va anʼanalaridan, mumtoz kuy-navolardan namunalar ijro etildi. Qoraqalpoq xalqi milliy raqs va qoʻshiqlari, qozoq xalq kuylarining doʻmbira sadosi ostida ijrosi, buyuk ajdodlarimizni madh etuvchi gʻazallar va sheʼrlar tadbirga yanda koʻtarinki ruh bagʻishladi.

🔸Rus va qozoq filologiyasi fakultetida “Salomlashish – eng ulugʻ qadriyat”, “Salomni unutish – oʻzlikni unutish” mavzularda davra suhbati hamda guruhlar oʻrtasida “Zakovat” oʻyini oʻtkazildi.

🔹Ingliz tili va adabiyoti fakultetida “Osh chempionati” boʻlib oʻtdi.
Talabalar tomonidan 21 ta qozon-oʻchoqda osh tayyorlandi.

🔸Tarix fakultetida ham “Salomni unutish – oʻzlikni unutish” hamda “Ajdodlar mardona, ruhi senga yor” shiori ostida mushoira kechasi oʻtkazildi. Talabalar oʻzlari yod olgan va o‘z ijod namunalaridagi eng sara sheʼrlarini yig’ilganlarni e’tiboriga havola qildilar.

🔹Sanʼatshunoslik fakulteti talabalari ishtirokida “Ajdodlar mardona, ruhi senga yor” shiori ostida tadbir dasturi tashkil etildi. Unda talabalar tomonidan kuy-qoʻshiqlar kuylandi.

🔸Oʻzbek tili va adabiyoti fakultetining iqtidorli talabalari orasida “Ajdodlar mardona, ruhi senga yor” mushoira kechasi boʻlib oʻtdi.

🔹Shuningdek, barcha fakultetlardan talabalar, professor-oʻqituvchi va tyutorlar Navoiy shahridagi Alisher Navoiy nomli istirohat bogʻida oʻtkazilgan “Milliy qadriyatlar – millat koʻrki”, “rasmlar tanlovi”, “yurish marafoni”, “milliy kiyim namoyishi” kabi maʼnaviy-maʼrifiy va madaniy tadbirlarda faol qatnashdilar.

Bizni kuzating
™️:
@NavDPI_Rasmiy
#Keksalar_haftaligi

"KEKSALARGA HURMAT - YOSHLARGA IBRAT"

Joriy yilning 11-noyabr kuni NavDPI Jismoniy madaniyat fakulteti tyutori M.Norqulova boshchiligidagi 1-kurs talabalariga milliy g'ururni, Vatanga sadoqat tuyg'usini singdirish hamda keksalar haftaligi doirasida yoshi ulug‘ bobolarimiz hayotiy tajribasini talaba-yoshlarga yetkazish maqsadida Karmana tumani Do‘rmon qishlog'ida yashovchi, ulug' Vatan urushi qatnashchisi 104 yoshli Pirnazar bobo Turdiyevning xonadoniga tashrif tashkillashtirildi. Suhbat mobaynida Pirnazar bobo talabalarga hayot yo‘li, mehnat faoliyati, ulug‘ vatan urushidagi ishtiroki haqida gapirib berdi hamda bugungi mustaqil va tinchlik davrini qadriga yetishimiz lozimligini ta'kidladi.

Qarisi bor uyning parisi bor deyishadi dono xalqimiz. Zero, yoshi ulug‘ keksalarimizning hayotiy tajribasi doimo yoshlar uchun ibrat maktabidir. Ularni e'zozlash va qadrlash har birimizning burchimizdir!

@NavDPI_YI
👍1
Tibbiyot xodimlariga bayram tabrigi

Hammamizga maʼlumki, noyabr oyining ikkinchi yakshanbasi mamlakatimizda “Tibbiyot xodimlari kuni” bayram sifatida keng nishonlanib kelinadi.

Shu oʻrinda taʼkidlab oʻtish joizki, shifokorlik kasbi – eng mashaqqatli va shu bilan birga sharafli kasblardan biri hisoblanadi. Chunki, ularning professionalizmi, malakasi va maʼsuliyati insonlarning hayoti va taqdirida muhim oʻrin egallaydi.

Ushbu kun - Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan NavDPI jamoasi nomidan institutda tahsil olayotgan Tibbiyot fakulteti talaba-yoshlarini, ularga taʼlim-tarbiya berib kelayotgan tibbiyot xodimlarini, professor-oʻqituvchilarni samimiy muborakbod etamiz.

Bayramingiz muborak boʻlsin!

Bizni kuzating:
@NavDPI_Rasmiy
#sport

“KASABA UYUSHMASI KUBOGI” G’OLIBLARI ANIQLANDI

🏐Xabar qilganimizdek, “11-noyabr – Oʻzbekiston Respublikasi Kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan Navoiy davlat pedagogika institutida faoliyat koʻrsatayotgan professor-oʻqituvchi va ishchi xodimlar oʻrtasida voleybol boʻyicha “Kasaba uyushmasi kubogi” bahslari o‘tkazildi.

Unda professor-oʻqituvchilar va ishchi xodimlardan tarkib topgan 11 ta jamoa musobaqa kubogini qoʻlga kiritish uchun o‘zaro bellashdilar.

🏆Musobaqa yakunida Jismoniy madaniyat fakulteti 1-o‘rinni,Tabiiy fanlar fakulteti 2-o‘rinni, Matematika-informatika fakulteti 3-o‘rinni egalladi.

G‘olib jamoalar institut kasaba uyushmasi tomonidan ko‘chma kubok va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.


Bizni kuzating
™️:
@NavDPI_Rasmiy
O‘ZBEK TILI VA ADABIYOTI FAKULTETIDA SPORT BO‘YICHA JAHON VITSE CHEMPIONI BILAN UCHRASHUV TASHKIL ETILDI.

⚡️Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining №351-sonli buyrug‘i asosida Navoiy davlat pedagogika instituti O‘zbek tili va adabiyoti hamda Jismoniy madaniyat fakultetlari hamkorligida sportchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Fakultetlar rahbariyati va tyutorlari tomonidan tashkil etilgan ushbu uchrashuvda Dzyudo va Sambo bo‘yicha xalqaro toifadagi sport ustasi, Jahon va Osiyo chempioni Gulina Oblaqulova hamda sportning Strett workout turi bo‘yicha Universiada o‘yinlari va Besh tashabbus Respublika turniri sovrindori Umid Ochilovlar ishtirok etib, talabalarga o‘z tajribalarini ulashdi va barcha talabalarni sport bilan shug‘ullanishga chorladi.

@NavDPI_YI
👍1