NDU_NSU_NGU
387 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
SENATOR VA YOSHLAR UCHRASHUVI

🏛Navoiy davlat pedagogika institutida “Biz bir bo‘lsak — yagona xalqmiz, birlashsak — vatanmiz!” g‘oyasi asosidagi “Ma’naviyat karvoni” loyihasi doirasida “Senator va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi.

Ushbu jarayonda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Qobul Tursunov ishtirok etdi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan tadbirda Q.Tursunov dastlab o‘zining yoshlik davrlari, hozirga qadar bosib o‘tgan faoliyati va tajribalari haqida to‘xtaldi. Shu bilan birga bugungi kunda Yangi O‘zbekistonning jahon siyosatida tutgan o‘rni, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar mohiyati xususida batafsil gapirib berdi.

Talabalar tomonidan berilgan savollarga javob berish mobaynida ularga o‘z maqsadlari yo‘lida shijoat bilan harakat qilishlari lozimligi ta’kidlandi.

Bizni kuzating
™️:
@NavDPI_Rasmiy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Rektor kubogi” uchun oʻtkazilgan futbol musobaqasidan #videoreportaj

👉@NavDPI_edu_uz
#Tanlov

🎨Xabar qilganimizdek
, bugun San’atshunoslik fakultetida “9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” va “Aksilkorrupsiya oyligi” munosabati bilan “BIZ YOSHLAR KORRUPSIYAGA QARSHIMIZ” mavzusida rasmlar tanlovi o‘tkazildi.

Tanlovni birinchi prorektor X.Qurbonov hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig’i A.Xalikovlar ochib, o‘tkazilayotgan mazkur tanlovlarning ahamiyati haqida to‘xtaldilar.

🎰Hakamlar hay’atining xulosasiga ko‘ra 1-o‘rinni Qudratova Muhabbat Odil qizi, 2-o‘rinni Hamroqulov Elbek Otabek o‘g’li va Norsharipova Orzigul Hasan qizi, 3-o‘rinni Rashidova Nigora Ziyodullayevna, Qalandarova Sevinchoy Madrahim qizi va Ergasheva Bahoroy Ilhom qizi egalladilar.

Tanlov g’oliblari diplom va esdalik sovg’alari bilan taqdirlanadi.

📲rasmiy kanalimizga obuna bo'ling va kunlik yangiliklardan xabardor bo'ling

™️:@NavDPI_Rasmiy
Magistrlar bog’i barpo etildi

#Yashil_makon. Navoiy davlat pedagogika instituti Magistratura bo‘limi va magistrlarning tashabbusi bilan institutning “Umid” qo‘rg’oni hududida joylashgan Jismoniy madaniyat hamda Tabiiy fanlar fakultetlari yer maydonida 100 tup mevali daraxt ko‘chatlari ekilib, “Magistrlar bog’i” tashkil etildi.

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash joizki, NavDPIda bundan tashqari “Professor-oʻqituvchilar bogʻi”, “Talaba-yoshlar bogʻi”, “Tyutorlar bog’i” ham bor.

Bizni kuzating
™️:
@NavDPI_Rasmiy
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH BORASIDA PROFILAKTIK UCHRASHUV SAN’ATSHUNOSLIK FAKULTETI JAMOASI BILAN O‘TKAZILDI

Joriy yilning 14-noyabr sanasida “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasida NavDPI Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish boʻlim boshligʻi A.Xalikov San‘atshunoslik fakulteti professor-oʻqituvchilari va tyutorlari ishtirokida profilaktik va targ’ibot uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda professor-oʻqituvchilar, ishchi-xodimlar va talaba-yoshlar orasida uchrashi mumkin bo‘lgan jinoyatlar hamda ularning profilaktikasi toʻgʻrisida kerakli tavsiyalar, maslahatlar berildi. Shuningdek, oʻquv jarayonlari bilan bogʻliq taʼmagirlik va poraxoʻrlik kabi korrupsion huquqbuzarliklarga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha tushuntirish ishlari olib borildi.

Uchrashuv soʻnggida har bir ishtirokchidan kafolat xati olindi.

™️: @NavDPI_Rasmiy