NDU_NSU_NGU
387 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
#LIVE

⏳Oʻzbek tili va adabiyoti fakulteti tashabbusi bilan oʻtkazilayotgan anjuman avvalida Navoiy davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Sobirovning tabrik soʻzi oʻqib eshittirildi.

Xalqaro anjumanda NavDPI professor-oʻqituvchilari, doktorantlar, magistrant va talabalar, shu bilan birga respublika va xorijiy oliy taʼlim muassasalari professorlari, oʻqituvchi va talabalari onlayn formatda ishtirok etmoqda.

Bizni kuzating
™️:
@NavDPI_Rasmiy
⚡️Navoiy davlat pedagogika instituti 2022/2023-o‘quv yili bitiruvchi talabalarining ishga kirish ko‘rsatkichlari to‘g’risida anonim so‘rovnoma

So‘rovnomada ishtirok etish uchun
https://forms.gle/jAdc7zzzRNvnRsLf6 ushbu havola ustiga bosing

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
#LIVE

⚡️Boʻlib oʻtayotgan xalqaro konferensiyada institutimiz professor-oʻqituvchilari, doktorantlar, magistrant va talabalar, respublika hamda xorijiy mutaxassislar (onlayn) ishtirok etayapti.

👨‍🔬Ozarbayjon Respublikasidan professor Almaz Ülvi Binnətova, Sevil Balaeva, Tojikistondan professor Baxtiyor Fayzulloyev, dotsent Tohir Turdiboyev va boshqa olimlarning maʼruzalari tinglanmoqda.

🎥🎤Mazkur jarayonlar Ommaviy axborot vositalarida, jumladan televideniye, radio, matbuot va bosma nashralarda yoritiladi.

Anjuman davom etmoqda...

™️: @NavDPI_Rasmiy
🗞Bosma nashr: “Nurlы jol” gazetasining 15-noyabr, №91-sonida NavDPI Rus va qozoqa filologiyasi fakulteti tyutori Perizat Mingtayevaning “Студенттер қолонер шеберi” nomli maqolasi chop etildi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
#Hayrli_tashabbus

NURGA TALPINGAN KO’ZLAR


Oramizda ko’z nurlari qalb nuriga aylangan insonlar bor, bunday insonlarni imkoniyati cheklangan insonlar deb ataymiz, biroq imkoniyati cheklangan bo’lsa-da, jismoniy imkoniyati doirasida ular ham kasb-hunar egallashga qodir ekanini ko’rsata oladilar, ma’naviy jihatdan kitobxon bo’lib, nurga-ziyoga talpinadilar.

“13-noyabr — Xalqaro ko‘zi ojizlar va zaif ko‘ruvchilar kuni” munosabati bilan Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti dekani G.Shamsidinova, Yoshlar masalalari bo‘yicha dekan o‘rinbosari Q.Umarov, Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Sh.Alimova, tyutorlar hamda fakultet talabalari tomonidan Navoiy shahridagi ko‘rish imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan “Nurli maskan” maktab-internatida tahsil olayotgan 137 nafar bolajonlar holidan xabar olinib, ular uchun bayram dasturxoni tuzaldi.

™️: @NavDPI_Rasmiy
👍2
“STUDENT’S PARTY”: FAKULTETDA KO‘NGILOCHAR TADBIR TASHKIL ETILDI

⚡️Tabiiy fanlar fakultet rahbariyati va tyutorlar tashabbusi bilan fakultetning kunduzgi, kechki, sirtqi ta’lim shakli talabalari o‘rtasida “Student's party” hamda “Osh chempionati” bo‘lib o‘tdi.

Unda NavDPI rahbariyati, harbiy qism askarlari, talabalar va boshqa mas’ullar ishtirok etdi.

Tadbir doirasida 17 nafar oshpaz talabalar tomonidan palov tayyorlandi. Tadbirga kelgan mehmonlar esa osh tayyorlash jarayoni bilan qiziqib, tatib ko‘rish asosida baholab bordilar. Mahorat bilan bezatilgan dasturxonlar, bezaklar va 1-3-bosqich talabalarining badiiy chiqishlari, xususan kelin salom, laparlar, aytishuvlar, milliy liboslar, milliy sport o‘yinlari tadbirga ko‘tarinki ruh bag’ishlab, yig’ilganlarga xushkayfiyat va iliq taassurot taqdim etdi.

Tadbirda faol ishtirok etib, mahorat ila osh tayyorlagan talabalar turli nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlanishdi.

Bizni kuzating:
👉
https://t.me/NavDPI_Rasmiy
👍2🎉1