NDU_NSU_NGU
387 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
“STUDENT’S PARTY”: FAKULTETDA KO‘NGILOCHAR TADBIR TASHKIL ETILDI

⚡️Tabiiy fanlar fakultet rahbariyati va tyutorlar tashabbusi bilan fakultetning kunduzgi, kechki, sirtqi ta’lim shakli talabalari o‘rtasida “Student's party” hamda “Osh chempionati” bo‘lib o‘tdi.

Unda NavDPI rahbariyati, harbiy qism askarlari, talabalar va boshqa mas’ullar ishtirok etdi.

Tadbir doirasida 17 nafar oshpaz talabalar tomonidan palov tayyorlandi. Tadbirga kelgan mehmonlar esa osh tayyorlash jarayoni bilan qiziqib, tatib ko‘rish asosida baholab bordilar. Mahorat bilan bezatilgan dasturxonlar, bezaklar va 1-3-bosqich talabalarining badiiy chiqishlari, xususan kelin salom, laparlar, aytishuvlar, milliy liboslar, milliy sport o‘yinlari tadbirga ko‘tarinki ruh bag’ishlab, yig’ilganlarga xushkayfiyat va iliq taassurot taqdim etdi.

Tadbirda faol ishtirok etib, mahorat ila osh tayyorlagan talabalar turli nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlanishdi.

Bizni kuzating:
👉
https://t.me/NavDPI_Rasmiy
👍2🎉1
#gulxan_atrofida

Navoiy davlat pedagogika institutining 1-sonli talabalar turar joyida gulxan atrofida madaniy tadbir tashkil qilindi.

Yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida oʻtkazilgan tadbirdagi badiiy chiqishlar, jonli ijroda qoʻshiq va raqslar barchaga koʻtarinki kayfiyat bagʻishladi.

Bizni kuzating
™️:
@NavDPI_Rasmiy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_NIGOHI

NavDPIda “Globallashuv davrida turli tizimli tillar munosabati” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman boʻlib oʻtdi
______
В НавГПИ состоялась международная научно-практическая конференция на тему «отношения различных системных языков в эпоху глобализации».
______
The NavSPI hosted an international scientific and practical conference on ”the relationship of various systematic languages in the era of globalization”.

™️:@NavDPI_Rasmiy
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Mobilografiya

🎥Tabiiy fanlar fakultetda o‘tkazilgan “Student's party” va osh chempionatidan lavha

📲rasmiy kanalimizga obuna bo'ling va kunlik yangiliklardan xabardor bo'ling

™️:@NavDPI_Rasmiy
#Live

Zarafshon vohasini kompleks innovatsion rivojlantirish: yutuqlar, muammolar va istiqbollar

16-17 noyabr kunlari NavDKTUda Navoiy kon-metallurgiya kombinati tashkil etilganligining 65 yilligi munosabati bilan “Zarafshon vohasini kompleks innovatsion rivojlantirish: yutuqlar, muammolar va istiqbollar” mavzusidagi IV xalqaro konferensiya o‘tkazilmoqda.

Anjumanda Rossiya, Germaniya, Turkiya, Polsha, Meksika, Qozog‘iston, Tojikiston kabi 10 dan ziyod mamlakatlarning yetakchi universitetlari olimlari va kompaniyalar vakillari ishtirok etmoqda.

Xalqaro konferensiyada “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruv raisi – Bosh direktori Q.Sanaqulov, Oliy ta’lim muassasalari rektorlari, xususan Toshkent davlat texnika universiteti rektori S.Turabdjanov, Navoiy davlat pedagogika instituti rektori B.Sobirov, Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti rektori B.Mardonov, Farg’ona politexnika instituti rektori O‘.Salomov va boshqa OTM rahbarlari qatnashmoqdalar.

@NavDPI_Rasmiy
16-noyabr — Xalqaro bag’rikenglik kuni

13-19-noyabr kunlari “Bag‘rikenglik haftaligi” doirasida Rus va qozoq filologiyasi fakulteti faollar zalida “O‘zbekiston bag’ri keng diyor” deb nomlangan ma‘naviy-ma‘rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda fakultet dekani D.Shamsiyeva, Yoshlar masalalari bo‘yicha dekan o‘rinbosari F.Aliyev, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi N.Istamova, fakultet tyutorlari va 240 nafar talaba-yoshlar ishtirok etdi.Tadbirda turli millat urf-odatlari, milliy kuy-qo‘shiqlari va raqslar ijro etildi.

👉@NavDPI_edu_uz
👍2
PROFILAKTIK TADBIR JISMONIY MADANIYAT FAKULTETIDA DAVOM ETDI

“Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasida NavDPI Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish boʻlim boshligʻi A.Xalikov Jismoniy madaniyat fakulteti professor-oʻqituvchilari va tyutorlari bilan profilaktik va targ’ibot uchrashuvini o‘tkazdi.

Unda professor-oʻqituvchilar, ishchi-xodimlar va talaba-yoshlar orasida uchrashi mumkin bo‘lgan jinoyatlar hamda ularning profilaktikasi toʻgʻrisida kerakli tavsiyalar, maslahatlar berildi. Shuningdek, oʻquv jarayonlari bilan bogʻliq taʼmagirlik va poraxoʻrlik kabi korrupsion huquqbuzarliklarga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha tushuntirish ishlari olib borildi.

Uchrashuv soʻnggida har bir ishtirokchidan kafolat xati olindi.

™️: @NavDPI_Rasmiy