NDU_NSU_NGU
387 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
16-noyabr — Xalqaro bag’rikenglik kuni

13-19-noyabr kunlari “Bag‘rikenglik haftaligi” doirasida Rus va qozoq filologiyasi fakulteti faollar zalida “O‘zbekiston bag’ri keng diyor” deb nomlangan ma‘naviy-ma‘rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda fakultet dekani D.Shamsiyeva, Yoshlar masalalari bo‘yicha dekan o‘rinbosari F.Aliyev, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi N.Istamova, fakultet tyutorlari va 240 nafar talaba-yoshlar ishtirok etdi.Tadbirda turli millat urf-odatlari, milliy kuy-qo‘shiqlari va raqslar ijro etildi.

👉@NavDPI_edu_uz
👍2
PROFILAKTIK TADBIR JISMONIY MADANIYAT FAKULTETIDA DAVOM ETDI

“Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasida NavDPI Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish boʻlim boshligʻi A.Xalikov Jismoniy madaniyat fakulteti professor-oʻqituvchilari va tyutorlari bilan profilaktik va targ’ibot uchrashuvini o‘tkazdi.

Unda professor-oʻqituvchilar, ishchi-xodimlar va talaba-yoshlar orasida uchrashi mumkin bo‘lgan jinoyatlar hamda ularning profilaktikasi toʻgʻrisida kerakli tavsiyalar, maslahatlar berildi. Shuningdek, oʻquv jarayonlari bilan bogʻliq taʼmagirlik va poraxoʻrlik kabi korrupsion huquqbuzarliklarga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha tushuntirish ishlari olib borildi.

Uchrashuv soʻnggida har bir ishtirokchidan kafolat xati olindi.

™️: @NavDPI_Rasmiy
“Biz Ibn Sino izdoshlarimiz” nomli madaniy-ma’rifiy tadbir hamda Tibbiyot fakulteti birinchi kurs talaba-yoshlari uchun qasamyod o‘tkazildi

🏛Bugun Navoiy davlat pedagogika instituti Tibbiyot fakultetiga 1-bosqichga qabul qilingan talaba-yoshlar, ularning ota-onalari va yaqinlari ishtirokida “Talabalar qasamyodi” tadbiri boʻlib oʻtdi.

Boʻlajak shifokorlar kasbiga sadoqatli boʻlish, har qanday sharoitda tibbiy yordam koʻrsatishga, oʻz manfaatiga berilmaslik uchun bor kuch va gʻayratini sarflashga, halol boʻlishga qasamyod qildilar.

Tadbirda prorektorlar X.Qurbonov, G’.Ro‘ziyev, fakultet dekani G’.Aslonov, Xotin-qizlar kengashi vakillari talabalarni yuksak va mas’uliyatli kasbga ilk qadamlari bilan muborakbod etib, bir qator talabalarga tashakkurnoma va kitoblar taqdim etdilar.

Shundan soʻng, tadbirning badiiy qismida turli mavzularda sheʼriy va musiqiy chiqishlar namoyish etilib, ishtirokchilarga xushkayfiyat ulashildi.

Bizni kuzating
™️:
@NavDPI_Rasmiy
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
San’atshunoslik fakultetida “Xalqaro defektolog: Logopedlar kuni” munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.

Har yili 14-noyabr butun Respublikamiz miqyosida “Logopedlar kuni” sifatida nishonlanib kelinadi. Ushbu soha vakillari nutqida nuqsoni bor bolalar bilan ishlash boʻyicha jonkuyarlik bilan faoliyat yuritib, soha rivojiga oʻz hissalarini qoʻshib kelmoqdalar.

———
На факультете искусствоведения состоялось духовно-просветительское мероприятие, посвященное Международному дню дефектолога: логопеда.

Ежегодно 14 ноября отмечается по всей республике как «день логопеда». Представители данной сферы активно занимаются работой с детьми с нарушениями речи, вносят свой вклад в развитие отрасли.

™️: @NavDPI_Rasmiy
🎓17-noyabr — Xalqaro talabalar kuni

Ushbu kun munosabati bilan barcha talaba-yoshlarni samimiy tabriklaymiz!

Kelajakda oʻz sohalarining ustasi boʻlib, mamlakatimiz taraqqiyoti uchun munosib hissalaringizni qoʻshishingizga omad hamda zafarlar tilab qolamiz.

Hamisha hozirgiday kuch-quvvatga toʻla, ser-gʻayrat boʻlib yuring!

NavDPI Matbuot xizmati

Bizni kuzating
™️:
@NavDPI_Rasmiy
Viloyat Maʼnaviyat va maʼrifat markazida Rus va qozoq filologiyasi fakulteti Rus tili va adabiyoti kafedrasi oʻqituvchisi N.Ibragimova rahbarligida “Kreativ-innovatsiya-molodyoj” toʻgarak aʼzolari: 4-bosqich talabalarining “Stuudentʻs party” madaniy koʻngilochar tadbiri boʻlib oʻtdi.

Ushbu tadbirda NavDPI rahbariyati, fakultet professor-oʻqituvchilari ishtirok etdi.

Talabalar tomonidan turli xil sahna ko‘rinishlari namoyish etildi va tadbirda faol bo‘lgan talabalar taqdirlandi.

™️:@NavDPI_Rasmiy